J izzax politexnika instituti «iqtisodiyot va menejment» kafedrasi «iqtisodiyot nazariyasi» fanidan
-mavzu Klassik iqtisodiy maktabning vujudga kelishi, rivojlanishi va yakunlanishi
«IQTISODIYOT VA MENEJMENT» maruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.P.Buagilberning iqtisodiy ta’limoti Fransiya klassik iqtisodiy maktabining asoschisi Per Buagilber (1646–1714)
- «Fransiya holatining mufassal tavsifi, uning farovonligining pasayishi sabablari va qayta tiklanishining oddiy usullari...»
5-mavzu
|
Klassik iqtisodiy maktabning vujudga kelishi, rivojlanishi va yakunlanishi |
1.U.Pettining iqtisodiy ta’limoti
Uilyam Petti (1623–1687) – Angliya klassik siyosiy iqtisodining asoschisidir. K.Marks so’zi bilan aytganda, U.Petti-«Siyosiy iqtisodning otasi... buyuk tadqiqotchi - iqtisodchi». U.Petti har tomonlama yuksak bilimli odam bo’lgan. U Angliyaning janubidagi Romsi shahrida hunarmand-matochi oilasida tug’ildi. O’n to’rt yoshida ota kasbini egallashdan voz kechgan U.Petti uydan chiqib ketadi va kemada yollanma dengizchi (yunga) bo’lib xizmat qiladi. Oradan bir yil o’tgach, taqdir taqozosi bilan oyog’i lat egan U.Petti Frantsiya hududidagi bir qirg’oqda qoldirib ketiladi. Bu notanish chet o’lkalarda lotin tilini bilganligi tufayli u Kan kollejiga qabul qilindi va tinglovchi sifatida moddiy jihatdan ta’minlandi. Kollej unga frantsuz va grek tillarini, matematika, astronomiyani o’rganishga imkoniyat yaratib berdi. 1640 yili kollejni bitirib, U.Petti Londonga qaytib keldi. Keyinchalik, Oksford universitetida tibbiyot sohasida tahsil oldi.
1650 yili 27 yoshida U.Petti fizika bo’yicha doktorlik darajasini oldi, Angliya kollejlarining birida professor bo’lib ishladi. U.Petti iqtisodiy muammolarga bag’ishlangan «Soliqlar va yig’imlar to’g’risida traktat» (1662 y), «Donishmandlarga so’z» (1665 y), «Irlandiyaning siyosiy anatomiyasi» (1672 y), «Siyosiy arifmetika» (1683 y) va boshqa asarlarni yozdi. U.Petti dastlab o’z asarlarida merkantilistlarning ijobiy savdo balansi g’oyasini va sanoatni rag’batlantirish maqsadida davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvini qo’llab-quvvatladi. Ammo U.Petti asta-sekin tadqiqot ob’ektini o’zgartirdi va asosiy e’tiborni savdo muammosidan ishlab chiqarish muammosiga qaratdi. Uning qayd qilishicha, boylik ishlab chiqarishda yaratiladi, muomala sohasida esa u faqat taqsimlanadi.
2.P.Buagilberning iqtisodiy ta’limoti
Fransiya klassik iqtisodiy maktabining asoschisi Per Buagilber (1646–1714) hisoblanadi. U Angliya klassik iqtisodiy maktabining asoschisi U.Petti kabi professional iqtisodchi-olim bo’lgan emas. P.Buagilber xuddi otasiga o’xshab huquqshunoslikdan ta’lim oldi. 31 yoshida Normandiyada sudyalik lavozimini egalladi. U bu lavozimda 25 yil mobaynida, ya’ni deyarli umrining oxirigacha ishladi, faqat o’limidan ikki oy oldin bu lavozimni katta o’g’liga topshirib ketdi.
Sinchkov aql, jamiyatdagi yuqori ijtimoiy mavqe P.Buagilberda mamlakatning iqtisodiy muammolarini bilishga, XVII asrning oxiri XVIII asrning boshidagi Fransiya viloyatlaridagi aholi turmush darajasining pastligi sabablarini aniqlashga bo’lgan qiziqish uyg’otdi. U o’zining birinchi islohotlar to’g’risidagi mulohazalarini (merkantilistlarga qarshi) 50 yoshida yozgan «Fransiya holatining mufassal tavsifi, uning farovonligining pasayishi sabablari va qayta tiklanishining oddiy usullari...» asarida e’lon qildi. P.Buagilber bu asarida merkantilizm iqtisodiy siyosatini qattiq tanqid qildi. Bu siyosatning boshida o’sha davrdagi Lyudovik XIV qirolligida moliya vaziri lavozimini egallab turgan Jan Batist Kolber turar edi. U Frantsiya tovarlari eksportini rag’batlantirishni, Fransiyaga keladigan import tovarlarni esa cheklashni, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishiga yuqori soliq belgilashni qonunlashtirgan. Bu sanoat ishlab chiqarishiga hamda bir butun milliy iqtisodiyotga salbiy ta’sir ko’rsatdi.
Download 0.58 Mb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling