Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni va o‘ziga xosligi
Ishlab chiqarish jarayoni – bu kishilarning iste’moli uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy ne’matlarni yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyatidir. Iqtisodiy ne’matlar yaratish, turli xizmatlar ko‘rsatish jarayoni kishilar faoliyatining asosiy tomoni, chunki bu jarayonda kishilar o‘rtasida bo‘ladigan munosabatlar boshqa hamma sohalarda (ayriboshlash, taqsimot va iste’mol sohalarida) ro‘y beradigan munosabatlarning xususiyatlarini va yo‘nalishini belgilab beradi.
Ishlab chiqarishdan maqsad iste’mol, lekin bozor xo‘jaligida pirovard maqsad bilan tovar ishlab chiqaruvchining maqsadi mos kelmasligi mumkin. Pirovard maqsad iste’mol, ya’niehtiyojni qondirish bo‘lsa, tovar ishlab chiqaruvchining maqsadi xarajatlarni qoplab, foyda olishdir. Buning uchun ishlab chiqarilgan mahsulot to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’molga kelmasdan bozorda ayriboshlanadi va keyin iste’molga kelib tushadi.
Ishlab chiqarish omillari va uning tarkibi
Iqtisodiy ne’matlarni yaratish, xizmatlar ko‘rsatish inson hayoti, uning yashashi va kamol topishi uchun moddiy asosdir. Shuning uchun ishlab chiqarishning to‘xtovsiz takrorlanishi va uni rivojlantirish har doim eng muhim obyektiv zaruriyatdir.
Hozirgi fan-texnika inqilobi davrida ishlab chiqarishning rivojlanishida mehnat predmetlarining ahamiyati o‘zgacha. Materiallarning tabiatda tayyor holda uchramaydigan yangi turlari paydo bo‘lib boradi. Ishlab chiqarish vositalari uning moddiy, ishchi kuchi esa shaxsiy omilini tashkil qiladi.
Ishlab chiqarish omillariningo‘zaro ta’sir usuli texnologiyada o‘z ifodasini topadi. Кishilar buyumlarning ilgari ma’lum bo‘lmagan xususiyatlarini anglab, tovar va xizmatlarning yangi turlarini tayyorlash sirlarini bilib oladilar, ilg‘or texnologiyani qo‘llaydilar, yangi materiallardan, energiya turlaridan foydalanadilar. Ishlab chiqarish omillari va texnologiyaningo‘zgarishi ishlab chiqarishni tashkil etishning mazmuni va shakliningo‘zgarishiga, uning takomillashuviga sabab bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham:
|