Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi
Ehtiyojlarningdoimo yuksalib borishi resurslarning cheklanganligi sababli ularni to‘la qondirish uchun zarur bo‘lgan miqdorda tovar (xizmat)larni ishlab chiqarishning imkonini bermaydi. Shu sababli, cheklanganlik tanlovda muqobillikni taqozo etadi.
Resurslar cheklanganligi sharoitida ularni tejab ishlatish tovar turlarining muqobil variantlaridan eng optimal darajasini tanlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Shuning uchun korxonalar, mahsulot turini ko‘paytirsa resurslar tejalishi evaziga xarajatlarni pasaytirishga erishadi.
Tanlovningvariantlari nihoyatda xilma-xil bo‘lib, bu qaror qabul qilishni qiyinlashtiradi. Muqobil variantlardan birini tanlash uchun ularga qilinadigan sarf - xarajatlarni taqqoslashga to‘g‘ri keladi.
Shunday qilib, turli variantlardan birini tanlash qolganlaridan voz kechishga yoki ularning miqdorini kamaytirishga olib keladi. Insonning butun hayoti tanlov asosida qanday qarorga kelishiga bog‘liq.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining asosiy vazifasi ham ana shu tanlovningeng maqbul yo‘llarini topib, to‘g‘ri qaror chiqarishni o‘rganishdir.
4. Ishlab chiqarishning natijalari. Ishlab chiqarish funksiyasi
Har bir ishlab chiqarish bo‘g‘inida turli omillarning birgalikda ishlatilishi natijasida mahsulot, ya’ni tovar va xizmatlar yaratiladi.
Ular qiymat o‘lchovida korxonalar darajasida yalpi mahsulotni milliy iqtisodiyot ko‘lamida milliy mahsulotni tashkil qiladi.
Ishlab chiqarish omillari bilan uning natijalari o‘rtasidagi bog‘liqlik ishlab chiqarish funksiyasi deb ataladi.
Umumiy mahsulot jalb qilingan asosiy kapital, ishchi kuchi, xomashyo va materiallardan foydalanish evaziga olingan mahsulotningmutlaqhajmidir.
O‘rtacha mahsulot (O‘M) esa jalb qilingan ishchi kuchi (V) yoki kapitalning (К) birbirligiga to‘g‘ri keladigan mahsulotga aytiladi. Bu esa umumiy mahsulot (M) miqdorini umumiy resurs (ishchi kuchi yoki kapital) miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. O‘M=M/V. (yoki O‘M=M/K)
Qo‘shilgan mahsulot deb,eng keyingi qo‘shilgan (o‘sgan) ishchi kuchi yoki kapital miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan qo‘shilgan omil, ya’ni qo‘shilgan kapital yoki qo‘shilgan ishchi kuchi unumdorligi aniqlanadi.
Har bir qo‘shilgan resurs evaziga olingan qo‘shilgan mahsulot esa qo‘shilgan resurs unumdorligi deb aytiladi.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |