J. R. Qobulov


Shaxobcha yo‘llari ro‘yxati va ularning tutashgan joyi 1.1-jadvalda keltirilgan


Download 0.54 Mb.
bet3/18
Sana19.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1625745
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
GULOMJONOV H

Shaxobcha yo‘llari ro‘yxati va ularning tutashgan joyi 1.1-jadvalda keltirilgan:
1.1-jadval





Shaxobcha yo‘lida faoliyat yuritadigan korxona (tashkilot) nomi

Tegishliligi



Tutashgan joyi va shaxobcha yo‘lining chegarasi

Shaxobcha yo‘li harakat tarkibini chiqib ketishini oldini oluvchi muhofaza choralarining mavjudligi

Tranzit parki:

1

“Qo‘qon maxsus qurilish”MChJ

MChJ ga

199- sonli strelkali o‘tkazgich orqali stansiyaning 75- sonli yo‘lga, ShYCh- M-143 manyovr svetoforini izolyatsiyalangan ulanish joyi

Yo‘q

Markaziy park:

2

«INDORAMA KOKAND FERTILIZERS AND CHEMICAALS» J.S.C.

J.S.C ga

1/3- sonli strelkali o‘tkazgiya orqali stansiyaning 79-sonli yo‘lga, ShYCh - M-3 manyovr svetoforini izolyatsiyalangan
ulanish joyi

Muhofazali berk yo‘li mavjud

3

«Qo‘qon qurilish montaj servis» MChJ

MChJ ga

1-sonli strelkali o‘tkazgich orqali stansiyaning 79-sonli yo‘lga, ShYCh – 1-sonli strelkali o‘tkazgichning rama relsining ulangan joyi

Tutib qoluvchi
berk yo‘l mavjud

4

«KOKAND - LOGISTIC» MChJ

“O‘TY” AJ ga

9-sonli strelkali o‘tkazgich orqali Markaziy parkning 3- sonli yo‘liga, ShYCh –9- sonli strelkali o‘tkazgichning rama relsining ulangan joyi

Yo‘q

5

"Farg‘ona temir yo‘l ta’minot" MChJ



“O‘TY” AJ ga

7-sonli strelkali o‘tkazgich orqali stansiyaning 79a- sonli yo‘liga, ShYCh - M-11 manyovr svetoforini izolyatsiyalangan ulanish joyi

Yo‘q

6

"EFFEKTIV OIL"
MChJ Xorijiy korxona ko‘rinishida

MChJ ga

60/62-sonli strelkali o‘tkazgich orqali stansiyaning 101-sonli yo‘lga, ShYCh - M-58 manyovr svetoforini izolyatsiyalangan ulanish joyi

Yo‘q

7

«QURILISH TA`MIR DIZAYN» MChJ

“O‘TY” AJ ga

90-sonli strelkali o‘tkazgich orqali stansiyaning 102-sonli yo‘lga, ShYCh – 90-sonli strelkali o‘tkazgichning rama
relsini ulanish joyi

Yo‘q

8

«VODIY TERMINAL TRADE» MChJ

“O‘TY” AJ ga

92-sonli strelkali o‘tkazgich orqali stansiyaning 92-sonli yo‘lga, ShYCh –96-sonli strelkali o‘tkazgichning rama
relsini ulanish joyi

Yo‘q

9

«AZIA KRAFT KOKAND» MChJ

“O‘TY” AJ ga

20-sonli strelkali o‘tkazgich orqali stansiya yo‘liga, ShYCh –20-sonli strelkali o‘tkazgichning rama
relsini ulanish joyi

Yo‘q

Namangan parki:

10

«Qo‘qon yog‘ - moy» AJ

AJ ga

301-sonli strelkali o‘tkazgich orqali stansiyaning 1AP-sonli yo‘liga, ShYCh - M-301 manyovr svetoforining izolyatsiyalangan
ulanish joyi

Yo‘q

11

«Farg‘ona neft bazasi» MChJ
Qo‘qon filiali

MChJ ga

310/312-sonli strelkali o‘tkazgich orqali
stansiyaning 1B-sonli yo‘liga, ShYCh - M-306 manyovr svetoforining izolyatsiyalangan ulanish joyi

Tutib qoluvchi
berk yo‘l mavjud

12

"Qo‘qon don mahsulotlari" AJ

AJ ga

304-sonli strelkali o‘tkazgich orqali stansiyaning 63-sonli yo‘lga, ShYCh –M-304 manyovr svetoforining qarshisida o‘rnatilgan «Shahobcha chegarasi» belgisi

Yo‘q

Saralash parki:

13

«SHARQ ARENA QURILISH» MChJ
(MTU va korxona o‘rtasidagi shartnomaga asosan 33-yo‘l ishlatishga topshirilgan )

“O‘TY” AJ ga

145-sonli strelkali o‘tkazgich orqali stansiyaning 32-sonli yo‘lga, ShYCh – yo‘lning PK0+86,7m. da o‘rnatilgan «Shahobcha chegarasi» belgisi

Yo‘q.

Temir yo‘l tashkiloti va korxonalarining stansiya yo‘llariga tutashgan joyi va ularning chegaralari.


VChD-4 Qo‘qon – 305-sonli strelkali o‘tkazgich orqali stansiyaning Namangan parki 1B-sonli yo‘liga tutashgan va boshlanish chegarsi M-305 manyovr svetoforining izolyatsiyalangan ulanish joyi hisoblanadi. 4291-sonli Tiklash poezdi bazasi – 197-sonli strelkali o‘tkazgich orqali stansiyaning Tranzit parki 75-sonli yo‘lining juft tomoniga va toq tomoniga 177-sonli strelkali o‘tkazgich orqali tutashgan bo‘lib, boshlanish chegarsi M-125 va M-135 manevr svetoforlarining izolyatsiyalangan ulanish joyi hisoblanadi. VChD-4 Qo‘qon joriy ta’mirlash (tekuщiy otsepochnыy remont) – 201-sonli strelkali o‘tkazgich orqali Tranzit parkiga tutashgan va boshlanish chegarsi M-145 manyovr svetoforining izolyatsiyalangan ulanish joyi hisoblanadi.
Xavfli yuklar ortilgan, portlovchi moddalari (VM) bo‘lgan nogabarit yukli poezdlarni qabul qilish, jo‘natish va o‘tkazish uchun va xavfli yukli vagonlar turishi uchun ajratilgan yo‘llar.
Xavfli yuklar ortilgan,(VM) portlovchi moddalari bo‘lgan poezdlarni qabul qilish, jo‘natish va o‘tkazish uchun ajratilgan yo‘llar:
Qabul qilish parki - 41, 42 – yo‘llar;
Tranzit parki - 51, 52, 53, 54, 55, 56, 57 – yo‘llar;
Markaziy parki - 3, 4, 5, 6 –yo‘llar;
Namangan parki – 1B, 63 – yo‘llar.
Xavfli yuklar ortilgan, (VM) portlovchi moddalari bo‘lgan poezdlar va suyultirilgan gazli sisternalar, poezddan tashqari turishi uchun ajratilgan yo‘llar. Ushbu yo‘llarga vagonlar qo‘yilganda strelkalar qanday holatda turishi va strelkalarni qulflash va qulflangan strelkalarning kaliti saqlanishi joyi:
Xavfli yuklarni tashish qoidalarining 12-ilovasiga asosan Qo‘qon stansiyasida xavfli yuklarni ortish, tushirish, qayta ortish-tushirish va saqlash man etiladi.
Yuk hujjatlarida “Tepachadan tushirilmasin” shtempeli qo‘yilgan xavfli yuk ortilgan vagonlar, suyultirilgan gaz, suyultirilgan gazdan bo‘shagan sisternalar saralanishda vaqtincha saralash parkining №32-yo‘liga qo‘yiladi. №32-yo‘lga tutash №44 va 145-sonli strelkalar ushbu yo‘lga kirmaydigan holatga qo‘yiladi. №44-strelka dastagiga DSPG boshqaruv pult-tablosida qizil qolpoqcha kiydiriladi, №145-strelka esa strelkadagi qulflash moslamasi orqali qulflanib, kalit 20-post navbatchisida saqlanadi. 20-post navbatchisi pult-tablosida №145-strelka dastagiga qizil qalpoqcha kiydiriladi.
Saralash parkining №32-yo‘lga qo‘yilgan poezddan tashqari vagonlar zudlik bilan tormoz boshmoqlari bilan mahkamlanishi kerak. Birinchi qo‘yilgan tormoz boshmoqlari bilan mahkamlangan vagon boshmog‘ining orasi 50 metrdan kam bo‘lmagan masofada xar 25 metr masofaga qo‘yiladi.
Poezdlarni shakllantirish va saralash to‘liq tartibi saralashtepachasining ishlash yo‘riqnomasida batafsil keltirilgan. Stansiyaga kelgan barcha xavfli yuk ortilgan vagonlar ikki soat ichida yuk oluvchining shaxobcha yo‘liga beriladi. Xavfli yuk ortilgan vagonlarning yuklarini oqib, to‘kilib ketishi yoki hosil bo‘lgan vaziyatda xalokatli vaziyat (avariya) kartochkasida belgilangan shartlarga asosan vagonlarni yo‘naltirishi lozim bo‘lgan yo‘llar (joylar): Havfli yuklar ortilgan vagonlarda yong‘in, to‘kilish va oqish holatlari yuzaga kelganda, shunaqa yuklar ortilgan vagonlar saralash parkining 32-yo‘liga yoki qabul qilish parkining 46-yo‘liga yo‘naltiriladi, chunki ushbu yo‘llarda avtotransport kirishi imkoni bor va aholi yashash hududidan chekkada joylashgan. Vagonlar tormoz boshmog‘i bilan mahkamlangan va to‘xtash ishorasini beruvchi qizil qalqon bilan to‘siladi. 32-yo‘ldan tashqari ushbu yo‘llarga tutashgan strelkalar shu yo‘lga kirishni cheklovchi holatga o‘tkaziladi va qulflash moslamasi orqali osma qulf bilan qulflanadi. Vagonlarni to‘sish ishlarini manyovr ishlarini olib boruvchi poezd tuzuvchisi amalga oshiradi. Osma qulflar kalitlari Shimoliy park stansiya navbatchisida saqlanadi. Vagonlar tijoriy nuqsonlarini bartaraf etish uchun “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ Qo‘qon Logistika markazining 83, 85 va 88-yo‘llariga yo‘naltiriladi, vagonlarni texnik nosozliklarini bartaraf etish uchun Qo‘qon VChD-4 ning joriy ta’mir yo‘llariga yo‘naltiriladi.
Xalokatli vaziyat (avariya) vagonlari bilan manyovr ishlarini bajarishni mutlaqo iloji yo‘qligida, stansiya navbatchisi avariya vagonning o‘chog‘idan boshqa vagonlarni olib chiqish chorasini ko‘radi. Odamlarni va ayniqsa begona shaxslarni avariya o‘chog‘iga yaqinlashmaslik choralarini ko‘radi. Ushbu yukni avariya kartochkasida belgilangan chora-tadbirlarning bajarilishini rioya etish avariya o‘chog‘ini bartaraf etishda qatnashayotgan barcha ishtirokchilardan talab qilinadi. Tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarda poezdlar xarakati havfsizligi buzilishi xolati xaqida tasdiqlangan ogoxlantirish chizmasiga asosan darxol xabar berishni tashkillashtiriladi.
Nogabarit yuklar ortilgan poyezdlarni qabul qilish, jo‘natish va o‘tkazish uchun mo‘ljallangan yo‘llar.
Qabul qilish parkining - 41-chi yo‘li barcha toifadagi nogabarit yuki bor bo‘lgan poezdlarni o‘tkaziladi;
Tranzit parkining - №51, 52, 53, 54, 55-yo‘llaridan barcha toifadagi nogabarit yuki bor bo‘lgan poezdlarni qabul qilish, jo‘natish va beto‘xtov o‘tkaziladi;
Markaziy parkining - №III, 4, 5-yo‘llaridan barcha toifadagi nogabarit yuki bor bo‘lgan poezdlarni qabul qilish, jo‘natish va beto‘xtov o‘tkaziladi;
Namangan parkining - № 1B, 63-yo‘llaridan barcha toifadagi nogabarit yuki bor bo‘lgan poezdlarni o‘tkaziladi;



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling