J. R. Qobulov


Download 0.54 Mb.
bet6/18
Sana19.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1625745
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
GULOMJONOV H

Qabul qilish parki:



Qabul qilish parkining 41 yo‘lidan N-41 chiqish svetofori orqali Yaypan stansiyasiga

A) Yo‘l qogozi (DU-50)
B)DU-54 shakldagi yashil rangli ruxsatnoma blankasini 1-punktni to‘ldirib.
V) Shimoliy park stansiya navbatchisi-ning radioaloqa orqali berilgan qayd etuvchi bo‘yrug‘i.

Shimoliy park stansiya navbatchisi ko‘rsatmasiga asosan DSP operatori blankalarni mashinistga elitib beradi yoki DSS, poezd tuzuvchi, DSZ, DSG,DS orqali yetkazadi.



1. Radioaloqa orqali stansiya navbatchisining ko‘rsatmasiga asosan.
2.Ruxsatnomani taqdim qilgan shaxs tomonidan jo‘nash ishorasi beriladi.

Qabul qilish parkining 41 yo‘lidan ChM-41 marshrut svetofori orqali Tranzit parkiga

a) Shimoliy park stansiya navbatchi -sining radioaloqa orqali berilgan qayd etuvchi bo‘yrug‘i
b) yozma ruxsatnoma

Shimoliy park stansiya navbatchisi ko‘rsatmasiga asosan DSP operatori blankalarni mashinistga elitib beradi yoki DSS, poezd tuzuvchi, DSZ, DSG,DS orqali yetkazadi.

1. Radioaloqa orqali stansiya navbatchisining ko‘rsatmasiga asosan.
2.Ruxsatnomani taqdim qilgan shaxs tomonidan jo‘nash ishorasi beriladi.



Namangan parki:



Namangan parkining 1B, 63 yo‘llaridan
N-1B, N-63 chiqish svetoforlari bilan Buvayda stansiyasiga

A) Yo‘l qog‘ozi (DU-50)
B)DU-52 shakldagi yashil rangli ruxsatnoma blankasini 1-punktni to‘ldirib.



Markaziy park stansiya navbatchisi ko‘rsatmasiga asosan 20-post DSPPsi blankalarni to‘ldirib, 20-post signalisti orqali mashinistga elitib beradi yoki poezd tuzuvchi, DSZ, DSG,DS orqali yetkazadi.

1. Radioaloqa orqali stansiya navbatchisining ko‘rsatmasiga asosan.
2.Ruxsatnomani taqdim qilgan shaxs tomonidan jo‘nash ishorasi beriladi.

Namangan parkining 1B, 63 yo‘llaridan
ChM-1B, ChM-63 chiqish svetoforlari bilan Markaziy va Tranzit parklarga o‘tish.

a) Markaziy park stansiya navbatchi -sining radioaloqa orqali berilgan qayd etuvchi bo‘yrug‘i
b) yozma ruxsatnoma

Markaziy park stansiya navbatchisi ko‘rsatmasiga asosan 20-post DSPPsi blankalarni to‘ldirib, 20-post signalisti orqali mashinistga elitib beradi yoki poezd tuzuvchi

1. Radioaloqa orqali stansiya navbatchisining ko‘rsatmasiga asosan.




Ayrim poezdlar harakatlanishining aloxida shartlari to‘g‘risidagi ko‘zda tutilgan ogohlantirishlarni berish tartibi: Aloxida poezdlarning maxsus yurish shartlari bo‘yicha ogohlantirishlar, poezdlarni shakllantirish stansiyalarida yoki belgilangan tezlikda xarakatlana olmaydigan tarkibni poezdga ulagan stansiyalarda beriladi. Tarkibida maxsus yurish shartlariga rioya etish zarurligi bo‘lgan yuklar va xarakat tarkiblari bo‘lgan poezdlarga lokomotiv yoki lokomotiv brigadalari almashgan stansiyalarda ogoxlantirishlar “O‘TY” AJ ning poezd dispetcheri tomonidan yoki telegramma orqali beriladi.
03.05.2018 yil kungi №833-NZ sonli farmoyishga asosan Qo‘qon stansiyasi yakka lokomotivlarga, yo‘lovchi va yuk poezdlariga amaldagi ogohlantirishlarni berish punkti hisoblanadi.
Toq yo‘nalishda – Angren stansiyasigacha, Tojikiston Temir yo‘llarining Istiqlol stansiyasigacha, Namangan, Uchqurg‘on va yangi liniyaning Pop-2 stansiyasigacha.
Juft yo‘nalishda – Andijon-1, Marg‘ilon stansiyalarigacha.
Markaziy park (8-post) DSPPsi va Shimoliy park stansiya navbatchisi ogohlantirishlarni yozib, lokomotiv mashinistlariga va mashinist yordamchilariga taqdim qiladi yoki Markaziy park signalisti, shimoliy park DSP operatori orqali yetkazadi. Stansiyada yuritiladigan DU-60 shakldagi ogohlantirishlarni qayd etish kitobiga barcha ogohlantirish talabnomalari ro‘yxatga olinadi. Yozuvlarni Markaziy park DSPPsi kiritadi. Ogoxlantirishlarga xar oyning birinchi sanasidan soat 00-00dan boshlab tartib raqami qo‘yiladi. Amaldagi ogoxlantirishlar (ko‘chirilganda) qaytadan yoziladi. 2-4 satrlarni to‘ldirishga, olingan talabnoma asos bo‘ladi. Olib borilayotgan ishlar rahbari ogohlantirishni aniq tugash vaqtini aniqlay olmasa, ogohlantirishni qayta beradi. Ogohlantirish aniq bir muddatga berilganda va uni muddatini uzaytirishga xabarnoma bo‘lmaganda 8-10 satrlar to‘ldirilmaydi. Barcha bekor qilingan ogohlantirishlar shuningdek muddati o‘tib ketgan ogohlantirishlar chizib tashlanadi. Ogohlantirishlar bekor qilinganlik va ularga muddat belgilangan muddatidan oldin amali tugagan ogohlantirishlar poezd dispetcheriga xabar beriladi. DU-60 shakldagi kitobda qayd etilgan talabnomalarga asosan, Shimoliy park stansiya navbatchisi va Markaziy park 8-post DSPPsi DU-61 shaklli ogoxlantirish blankasini to‘ldirib, poezd mashinistlariga taqdim etishadi.
Poezdlarni qabul qilish va jo‘natishda qo‘shimcha ko‘rsatmalar:
1. Poezdlarni qabul qilish va jo‘natishda, qabul qilish va jo‘natish marshrutiga chiquvchi qo‘shni yo‘lda manyovr ishlarini bajarish taqiqlanadi.
2. Kirib kelgan tarkibni tormoz boshmoqlari bilan maxkamlangandan so‘ng lokomotiv mashinistlariga tarkibdan uzilishga ruxsat beriladi.
3.Poezd qabul qilish,jo‘natish va manyovr harakatlarida stansiya hududida joylashgan Markaziy va Namangan parki o‘rtasidagi 2km, Namangan parkining juft tomonida joylashgan 3 km, Markaziy va Tranzit parkining o‘rtasidagi 189km va Qo‘qon-Qaqir peregonidagi 192 km Markaziy park stansiya navbatchisi qo‘riqlanuvchi temir yo‘l kesishmalar navbatchilarini ogohlantiradi, Shimoliy park 20-post DSPPsi 189km PK10 kesishma navbatchisini ogohlantiradi.
4. Kirish va chiqish signallarining taqiq ko‘rsatkichlari bilan poezdlarni qabul qilish va jo‘natishda Markaziy va Shimoliy park stansiya navbatchilari marshrut tayyorligiga to‘la ishonch hosil qilgandan so‘ng, lokomotiv mashinistlariga barcha turdagi ruxsatnomalar beradi.
5. Stansiyaga to‘xtab turuvchi (jadval bo‘yicha to‘xtab turuvchi poezdlar bundan mustasno) poezdlarni qabul qilishda, ularni yon bosh yo‘l bilan o‘tkazish, variantli marshrutlar yoki yo‘nalish marshrutini o‘zgartirish bilan, shuningdek poezdlarni taqiqlovchi kirish va chiqish signallari oldida ushlab turilsa, pult-tabloda birinchi yaqinlashish uchastkasida ushbu poezd ko‘ringanida, stansiya navbatchisi darhol poezd mashinistini radioaloqa orqali chaqirib, qabul qilish, jo‘natish yoki yo‘nalishning o‘zgargan tartibi to‘g‘risida ma’lumot beradi. Poezd mashinisti ma’lumotni olgach, uni takrorlash orqali tasdiqlaydi.
6. Favqulodda holatlar (krushenie, avariya va xokazo) yuzaga kelganda Markaziy va Shimoliy park stansiya navbatchilari “Xabar berish tizimi”ga asosan ish tutadi.
7. Poezdlarni qabul qilish, jo‘natish va o‘tkazishda stansiya navbatchisi mashinistni radioaloqa orqali chaqirishi va radio aloqani tekshirishi, barcha poezdlar bilan qabul qilish, jo‘natish yo‘li va signallar ko‘rsatkichlarini mashinistga ko‘rsatma beradi. Lokomotiv brigadadan javob bo‘lmagan xolda, ularning xushyorligini tekshirish maqsadida stansiya navbatchisi poezd dispetcheri bilan xamkorlikda ushbu poezdni to‘xtatish choralarini ko‘rishadi. Shunda poezdlar xarakati jurnalida va poezdlarning xarakatlanish grafigida qaydlar kiritadi.
8. Lokomotiv brigadasi charchaganda, uyqusi kelganda yoki tobi qochganda poezd radioaloqasi orqali poezd dispetcheriga xabar beradi. Poezd dispetcheri stansiya navbatchisiga ushbu poezdni yon bosh yo‘lga qabul qilib va to‘xtatishga ko‘rsatma beradi. Mashinistdan yurishga tayyorlik to‘g‘risida xabarnoma oladi yoki lokomotiv brigadasini almatirish chorasini ko‘radi.
9. Stansiya navbatchisi charchaganda, tobi qochganda yoki uyqusi kelganda, u poezd dispetcheriga xabar beradi va o‘zini o‘rniga stansiya boshlig‘ini, stansiya boshlig‘ining tezkor ishlar bo‘yicha o‘rinbosarini yoki navbatchilikdan tashqari bo‘sh stansiya navbatchisini chaqiradi. Qolgan hodimlarni (navbatchilikdagi ishchilarni) o‘rnini almashtirishda smena rahbari - DSS, DSZ yoki stansiya rahbari qaror qabul qiladi.


Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling