J. R. Qobulov
Qo‘qon stansiyasida poezdlarni qabul qilish va jo‘natish
Download 0.54 Mb.
|
GULOMJONOV H
1.2 Qo‘qon stansiyasida poezdlarni qabul qilish va jo‘natish.
Stansiya navbatchisi, post navbatchisi va park navbatchilarining majburiyatlari va ularga biriktirilgan hududlarni boshqarish. Markaziy park stansiya navbatchisi Markaziy parkda poezdlarni qabul qilish va jo‘natish, Tranzit parkining toq tomonida va Namangan parkida poezdlarni o‘tkazish ishlarini (stansiya dispetcheri va Shimoliy park navbatchisi bilan kelishgan holda) amalga oshiradi. Qaqir va Buvayda stansiyalari navbatchilari, tegishli yo‘nalish poezd dispetcherlari, 2km, 3 km, 189km, 192 km temir yo‘l kesishmalari navbatchilari bilan o‘zaro aloqa qiladi. № 161/163, 169/175, 171, 173, 175, 177, 183, 185, 189, 187/191, 193/195, 197, 199, 201/203, 101/ 103 strelkalar (Tranzit parkining toq tomonida); № 4, 6, 28/30, 24/26, 20, 36, 38, 40/42, 44, 60/62, 58, 72, 52, 56, 54, 68, 70, 66, 80, 1/3, 7, 9/11, 15/17, 31/33, 35, 39, 37, 41, 43 strelkalar (Markaziy parkning juft va toq tomonlarida);№ 301, 307/305, 309, 311, 313, 302/304, 310/312 (Namangan parki) strelkalarni boshqaradi. «ChN», «N» kirish va N-1B, N-63, Ch-2, Ch-3, Ch-4, Ch-5, Ch-6 chiqish, NM-2, NM-3, NM-4, NM-5, NM-6, NM-8, ChM-1B, ChM-63, ChM-51, ChM-52, ChM-53, ChM-54, ChM-55, ChM-1A, ChM-2A, ChM-3A, NM-1A, NM-2A, NM—3A marshrut va M-302, 306, 304, 315, 317, 313, 311, 309, 307, 305, 301manyovr signallari (Namangan parkida), M-2, 10, 16, 36, 18, 32, 44, 38, 50, 52, 54, 58, 56, 60, 68, 64, 62, 70, 72, 74, 76, 1, 3, 9, 11, 15, 17, 19, 21, 23, 27, 31, 35 (Markaziy park) manyovr signallarini boshqaradi. Markaziy va Namangan parklarida shuningdek Tranzit parkining toq tomonida manyovr marshrutlarini tayyorlaydi va manyovr ishlarini boshqaradi. Poezdlar harakati paytida asosiy aloqa vositalari nosozligida poezd dispetcheri nazorati ostida dispetcherlik aloqa orqali Qo‘qon-Qaqir va Qo‘qon-Buvayda peregonlarida poezd telefonogrammalari bilan almashishadi. Peregonning haqiqiy bandligida va Qaqir, Buvayda stansiyalari tomon chiqish signalini ochish imkoni yo‘qligida, markaziy park stansiya navbatchisi poezdni jo‘nashidan oldin maxsus ruxsatnoma orqali jezla kaliti yordamida blok tizimni bloklashi majbur, shuningdek marshrutga kiruvchi barcha strelkalar dastaklarini marshrutga xos yo‘naltiradi va qizil qopqoqchalar kiydiradi yoki bloklab qo‘yish uchun manyovr svetoforini ochib qo‘yadi. Poezd va texnik xujjatlarni yuritadi: DU-2, DU-46, DU-47, DU-57, DU-57a kitob va jurnallarini, kirish svetoforida poezdlar ushlanishini qayd etish kitobini yuritadi. 8-post Markaziy park DSPPsi va signalisti ishi ustidan nazorat o‘rnatadi. Poezdlarni qabul qilish va jo‘natish xamda manyovr ishlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri telefon aloqasi orqali PTO operatorini, 8-post Markaziy park va 20- post Shimoliy park DSPPlarini shaxsan ogoxlantiradi. Signalistlar, PKO, PTO, VOXR, PCh, ShCh, ECh xodimlarini PTO operatori baland ovozli karnay orqali ogoxlantiradi. Tranzit va Markaziy park, Markaziy va Namangan parklari o‘rtasida poezdlar harakati va manyovr ishlarida 189km PK10, 2km PK3 va 3km qo‘riqlanuvchi temir yo‘l kesishmasi navbatchilarini ogohlantiradi. Shimoliy park stansiya navbatchisi: Shimoliy park stansiya navbatchisi Tranzit va Qabul qilish parkida poezdlarni qabul qilish va jo‘natish ishlarini amalga oshiradi. Yaypan stansiyasi navbatchisi va tegishli yo‘nalish poezd dispetcherlari bilan (stansiya dispetcheri va Markaziy park navbatchisi bilan kelishgan holda) poezdlar xarakati to‘g‘risida uzaro aloqa qiladi. № 102/104, 106, 112, 130/132, 206, 214/218, 224 markazlashtirilgan strelkalar (Qabul qilish parkining juft va toq tomonida); № 144/146, 148/150, 154/156, 158, 160, 162, 164 markazlashtirilgan strelkalar (Tranzit parkining juft tomonida). «Ch» Kirish signali va «N-41», “N-42”, “N-44”, ChM-44”chiqish signallari; NM-51, NM-52, NM-53, NM-54, NM-55, M-56, NM-57, ChM-41, ChM-42, M-208, M-116, M-114, M-118, M-120, M-128, M-132, M-110, M—122, M-204, M-106, M-108, M-126, M-134 marshrut va manyovr signallarini boshqaradi. Markaziy park stansiya navbatchisi bilan o‘zaro kelishilgan xolda poezd va manyovr lokomotivlarini o‘tkazish tartibini amalga oshiradi. Poezdni qabul qilish va jo‘natishdan oldin manyovr ishlarini to‘xtatish tartibi: Qabul qilish va Tranzit parkiga poezdni qabul qilish yoki jo‘natish to‘g‘risida Shimoliy park stansiya navbatchisi poezd tuzuvchi va lokomotiv mashinistlarini radiomanyovr va poezd aloqasi orqali ogohlantiradi. Stansiya navbatchisi tomonidan berilgan ogohlantirishni poezd tuzuvchi va manyovr lokomotivi mashinistlari qabul qilganligini radiomanyovr aloqasi va so‘zlashuv qo‘rilmasi yordamida qisqa qaytarishi orqali ishonch xosil qiladi. Markaziy, Namangan parkiga va Tranzit parkining toq tomoniga poezdni qabul qilish yoki jo‘natish to‘g‘risida Markaziy park stansiya navbatchisi poezd tuzuvchi va lokomotiv mashinistlarini radiomanyovr va poezd aloqasi orqali ogohlantiradi. Stansiya navbatchisi tomonidan berilgan ogohlantirishni poezd tuzuvchi va manyovr lokomotivi mashinistlari qabul qilganligini radiomanyovr aloqasi va so‘zlashuv qo‘rilmasi yordamida qisqa qaytarishi orqali ishonch xosil qiladi. Baland ovozli karnay aloqasi, poezd va manyovr radioaloqasi nosozligida Markaziy va Shimoliy park stansiya navbatchilari DSP operatori, Markaziy (8-post) va Shimoliy (20-post) park DSPPlari, Markaziy (8-post) va Shimoliy (20-post) park signalistlari orqali poezdni qabul qilish yoki jo‘natish to‘g‘risidagi ma’lumotni poezd tuzuvchisiga yetkazadi. Poezd tuzuvchi ma’lumotni olgach, darhol manyovr lokomotivi mashinistiga “TO‘XTA” tovushli va ko‘rinuvchi ishorasini beradi, mashinist o‘z o‘rnida ishorani to‘g‘ri qabul qilganligi to‘g‘risida “TO‘XTASh” uchta qisqa tovushli signal ishorasini qaytaradi. Qabul qilish parki va Tranzit parkining juft tomonida shunt sezgirligi yo‘qolganida, Shimoliy park stansiya navbatchisi yo‘lning bo‘shligini DSP operatori, poezd tuzuvchi, DSS, DSG, DSZ, DS orqali tekshiradi. Markaziy, Namangan parklarida va Tranzit parkining toq tomonida shunt sezgirligi yo‘qolganida, Markaziy park stansiya navbatchisi yo‘lning bo‘shligini Shimoliy (20-post) va Markaziy(8-post) DSPPlari, Shimoliy va Markaziy park signalistlari, poezd tuzuvchi, DSG, DSZ, DS orqali tekshiradi. Shimoliy park stansiya navbatchisi DU-3 va Markaziy park navbatchisi DU-2 shaklidagi «Poezdlar va lokomotivlar harakati» jurnalida yo‘lning bo‘shligi tekshirilganligini rasmiylashtiradi 2.Stansiya (post, park) navbatchisi poezdlarni qabul qilish, jo‘natish marshrutlarini to‘g‘ri tayyorlanganligiga qanday ishonch hosil qiladi. SMB qurilmalari me’yoriy ishlash buzilganida va signallardan foydalanish saqlangan xolda o‘chirilishida, stansiya navbatchisi poezdlar harkati va manyovr ishlari bo‘yicha Yo‘riqnomaning 13-bo‘limiga asosan xarakat qiladi. SMB nazorat asboblaridagi ko‘rsatmalarning me’yoridan og‘ishi kuzatilganda stansiya navbatchisi O‘z.Res. “Poezdlar xarakati va manyovr ishlari bo‘yicha” yo‘riqnomaning № 381-band talablariga binoan, ushbu holat quyidagilar oqibati emasligini tekshirishi kerak: vagonni ketib qolishini; xarakat birliklarining o‘z-o‘zidan chiqib ketishi; strelka kesilish; xarakat tarkibining yo‘ldan tushishi o‘zining yoki boshqa xodimlarning noto‘g‘ri harakatlari. Yuqorida ko‘rsatilgan biror bir xolat yuzaga kelganda, stansiya navbatchisi uni bartaraf etish yoki oqibatlarini kamaytirish choralarini ko‘rishi kerak. SMB qurilmalarida nosozlikni aniqlagandan so‘ng stansiya navbatchisi quyidagi tartibda harakat qiladi. 1) Qabul qilish yo‘lining soxta bandligida Markaziy va Shimoliy park stansiya navbatchilari shaxsan o‘zi yoki DSP operatori, poezd tuzuvchi, Markaziy va Shimoliy park DSPPsi, 8-chi va 20-chi post signalistlari, DSZ, DSG, DS yoki navbatchilikdan ozod stansiya navbatchilari orqali uning harakat tarkibidan bo‘sh ekanligiga ishonch xosil qilishi kerak. Stansiya navbatchisi darhol ko‘rik jurnalida (DU-46 shakldagi) buni qayd etadi va elektromexanikka, yo‘l ustasiga, signalizatsiya va aloqa masofasining navbatchi muxandisiga, yo‘l masofasi navbatchi muxandisiga, DSZ, DS, poezd dispetcheriga va MTU navbatchisiga xabar berishi kerak. Shundan so‘ng nosozlik bartaraf etilguncha, DU-46 shakldagi ko‘rik jurnaliga yozib, plomba uzadi va ushbu strelkalar yordamchi knopka orqali boshqariladi. Nosozlik bartaraf etilguncha stansiya navbatchisi yordamchi knopkalar orqali, DU-46 shakldagi ko‘rik jurnalga qayd etgan xolda ta’luqli uchastkalarni sun’iy ajratadi. Strelkali o‘tkazgichni soxta bandligida ShCh elektromexanik tomonidan nosozlik bartaraf etilguncha, stansiya navbatchisi avariya o‘tkazish knopkalari yordamida boshqarish uchun poezd dispetcheridan qayd etuvchi buyruq olib, strelkalarni yordamchi knopkalar orqali boshqaradi, yordamchi knopkalar orqali strelkalarni aylantirish iloji bo‘lmaganda, strelkalarni aylantirish kurbel orqali amalga oshiriladi. Peregondan(ga) poezdlarni qabul qilish (jo‘natish) paytida: - Yaypan yo‘nalishiga – birinchi uzoqlashish blok-uchastkani bo‘shligini O‘z.Res. Poezdlar xarakati va manyovr ishlari bo‘yicha yo‘riqnomaning 32-bandida ko‘rsatilgandek amalga oshiradi. Kirish svetoforini taqiqlovchi ishorasida stansiya navbatchisi O‘zRes Poezdlar xarakati va manyovr ishlari bo‘yicha yo‘riqnomaning 9-bo‘lim, 265-bandiga asosan poezdni stansiyaga qabul qiladi. Poezdlarni jo‘natishda stansiya navbatchisi O‘z.Res. Poezdlar xarakati va manyovr ishlari bo‘yicha yo‘riqnomaning 1-bo‘lim, 31-bandiga va 3-bo‘lim, 80-bandiga asosan poezd dispetcheridan oraliq peregonni poezdlardan bo‘shligini tasdiqlovchi qayd etuvchi bo‘yruqga asosan poezdlarni jo‘natadi. 2) Markazlashtirilgan strelkalar holatining nazorati bo‘lmaganda: Markazlashtirilgan strelkalar holatining nazorati bo‘lmaganda, DSP operatori, poezd tuzuvchi, Markaziy va Shimoliy park DSPPsi, 8-chi va 20-chi post signalistlari, DSZ, DSG, DS yoki navbatchilikdan ozod stansiya navbatchilari orqali uning sozligi va marshrutda to‘g‘ri xolatdaligiga ishonch xosil qiladi. Stansiya navbatchisi darhol ko‘rik jurnaliga (DU-46 shaklidagi) buni qayd etadi va elektromexanikka, yo‘l ustasiga, signalizatsiya va aloqa masofasining navbatchi muxandisiga, yo‘l masofasi navbatchi muxandisiga, DSZ, DS, poezd dispetcheriga va MTU navbatchisiga xabar beradi. Strelkaga zakladka tashlab osma qulf bilan qulflanadi, qulflangan strelka kaliti stansiya navbatchisida, Markaziy park 8-post va Shimoliy park 20-post DSPPlarida saqlanadi. Ushbu strelkalarda harakat nosozlik bartaraf etilguncha svetoforning taqiqlovchi ishorasi bilan amalga oshiriladi. Nosozlik bartaraf etilgach, poezdlar xarakati svetoforning ruxsat etuvchi ishorasi bilan amalga oshiriladi. Qo‘qon-Qaqir, Qo‘qon-Buvayda peregonidan kelgan poezdni to‘liq tarkibda kelganligini so‘nggi vagonni signali orqali Markaziy park stansiya navbatchisi poezd tuzuvchi, signalist, Markaziy va Shimoliy park DSPPlari yoki PTO operatori orqali ishonch xosil qiladi va poezd dispetcheriga shu haqida ma’lumot beradi. Qo‘shni peregonning bo‘shligini tekshirgandan so‘ng, dispetcherlik aloqasi orqali poezd dispetcheridan sohta bandlikni bartaraf etish uchun qayd etuvchi bo‘yruq oladi. Ikki stansiya navbatchilari bir paytni o‘zida DU-46 shakldagi kurik jurnaliga qayd etgan holda, pult-tablodagi NIFP yoki ChIFP tugmalaridan plombani o‘zib, poezdga sun’iy kirib kelish ishorasini beruvchi tugmasini va soxta bandlikni yechuvchi xos tugmalarni bosadi. Qo‘qon-Yaypan peregonidan Shimoliy park stansiya navbatchisi DSP operatori, poezd tuzuvchi, signalist, Shimoliy park DSPPsi va PTO operatoridan kelgan poezdni to‘liq tarkibda kelganligini so‘nggi vagonni signali orqali ishonch hosil qiladi va poezd dispetcheriga shu haqda ma’lumot beradi. Qo‘shni peregonning bo‘shligini tekshirgandan so‘ng, dispetcherlik aloqasi orqali poezd dispetcheridan yo‘nalish almashinuvini yordamchi tizimga o‘tkazishga qayd etuvchi bo‘yruq oladi. Ikki stansiya navbatchilari bir paytning o‘zida yo‘nalish almashinuvining yordamchi tizim tugmasini pult-tablodan plombasini uzib DU-46 shakldagi ko‘rik jurnaliga qayd etib bosadi. Poezd ruxsat beruvchi ishora bilan jo‘nab ketadi. Agar yordamchi tizimda yo‘nalish o‘zgarmasa, stansiya navbatchisi poezd dispetcheridan avtomatik Boshqaruv apparatidagi bo‘yruqlar tanlash va yordamchi tugmalarni bosish operatsiyalarini bajarish ketma-ketligi markazlashtirilgan rele-marshrut qurilmalaridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi tasdiqlangan yo‘riqnomada belgilangan tartibda stansiya navbatchisi tomonidan amalga oshiriladi. AB, MPAB, MPB qurilmalarining yuqorida ko‘rsatilgan mavjud kamchiliklarini aniqlab, stansiya navbatchisi DU-46 shakldagi ko‘rik jurnaliga tegishli yozuvni qayd etishi va nosozlik to‘g‘risida aloqa elektromexanigiga, zarurat bo‘lganda esa tegishli xo‘jalik ishchilariga xam kamchilik yuzasidan xabar beradi. Poezdlarni qabul qilish uchun: Yaypan stansiyasidan Qo‘qon stansiyasiga qabul qilish parkining 41-yo‘li orqali Tranzit parkining 55- yo‘liga 40 minut; Buvayda stansiyasidan Qo‘qon stansiyasiga Namangan parkining 1B-yo‘li orqali Tranzit parkining 55- yo‘liga 45 minut; Buvayda stansiyasidan Qo‘qon stansiyasiga Namangan parkining 1B-yo‘li orqali Markaziy parkining 5- yo‘liga 45 minut; Qaqir stansiyasidan Qo‘qon stansiyasiga Markaziy parkining 5- yo‘liga 35 minut. Poezdlarni jo‘natish uchun: Qo‘qon stansiyasining Tranzit parkini 55-yo‘lidan Qabul kilish parkining 41- yo‘li orqali ; Yaypan stansiyasiga 40 minut; Qo‘qon stansiyasining Tranzit parkini 55-yo‘lidan Namangan parkining 1B- yo‘li orqali Buvayda stansiyasiga 45 minut; Qo‘qon stansiyasining Markaziy parkini 5-yo‘lidan Namangan parkining 1B-yo‘li orqali Buvayda stansiyasiga 45 minut; Qo‘qon stansiyasining Markaziy parkini 5-yo‘lidan Qaqir stansiyasiga 35 minut Markaziy parkning uchinchi yo‘lida yo‘lovchi poezd turganida va ikkinchi yo‘ldan yuk poezdini, manyovr tarkibni yoki yakka lokomotivni o‘tkazish zarurati bo‘lganida, Markaziy park stansiya navbatchisi poezd radio alokasi va radiomanyovr aloqa orqali lokomotiv brigadalarni oldindan ogoxlantiradi, baland ovozli karnay orqali esa yo‘lovchilarni xavfsizlik choralariga rioya etishga xabar beradi. Manyovr lokomotiv mashinstlari va poezd tuzuvchi o‘ta xushyorlik bilan tez-tez ogoxlantiruvchi ishora signallarini berib borishi kerak. Yo‘lovchi poezdi 3 yo‘lda turganda xamma vagonlar tamburi ochiq bo‘lishi shart, u xaqda vokzal navbatchisi baland ovozli karnay orqali vagon kuzatuvchilarini ogoxlantiradi. Stansiyaga keladigan poezdlarni kutib olish. O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘llarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bo‘yicha yo‘riqnomaning 272-bandi va temir yo‘llarda Texnikaviy foydalanish qoidalarining 238-bandiga asosan yordamchi lokomotivlar, vagonsiz lokomotivlar, o‘t o‘chirish poezdi, tiklash poezdi, qor tozalagichlar, maxsus o‘zi yurar harakat tarkiblari, xo‘jalik poezdlari, motor-vagon harakat tarkiblarini “Ch”, “N”, “ChN” kirish svetoforining taqiqlovchi signali bilan stansiyaning band bo‘lgan yo‘lini bo‘sh uchastkasiga qabul qilish mumkin (yo‘lovchi, odami bor va 1-toifali xavfli (VM) yuklar ortilgan vagonlar turgan yo‘llar bundan istisno qilinadi). Yaypan stansiyasidan juft poezdlarni qabul qilishda, ushbu poezd mashinistlari “Ch” kirish svetoforini taqiqlovchi ishorasi bilan M-208 manyovr svetoforigacha boradi, M-208 manyovr svetoforining ruxsat beruvchi ishorasi bilan Qabul qilish parkining 41 yoki 42 band yo‘llarining bo‘sh uchastkasida harakatni bajaradi. Keyinchalik xarakatlanishlar Shimoliy park stansiya navbatchisining ko‘rsatmalariga asosan ChM 41 yoki ChM-42, M-116, M-120, M-128, M-134 manyovr svetoforlarining ruxsat beruvchi ishorasi bilan Tranzit parkning 51, 52, 53, 54, 55, 56, 57 yo‘llariga o‘tadi, O‘z.Res. Poezdlar xarakati va manyovr ishlari bo‘yicha yo‘riqnomaning 302-bandiga asosan manyovr svetoforlar nosozligida esa stansiya navbatchisining og‘zaki ko‘rsatmasiga asosan ushbu svetoforlardan taqiqlovchi ishorada o‘tadi. Buvayda stansiyasidan juft poezdlarni qabul qilishda, ushbu poezd mashinistlari “ChN” kirish svetoforini taqiqlovchi ishorasi bilan M-302 manyovr svetoforigacha boradi, M-302 manyovr svetoforining ruxsat beruvchi ishorasi bilan Namangan parkining 1B yoki 63 band yo‘llarining bo‘sh uchastkasiga xarakatlanadi. Keyinchalik xarakatlanishlar Markaziy park stansiya navbatchisining ko‘rsatmalariga asosan ChM 1B yoki ChM-63, M-309, NM-55A, M-117 yoki M-121, M-129, M-133 manyovr svetoforlarining ruxsat beruvchi ishorasi bilan Tranzit parkning 51, 52, 53, 54, 55, yo‘llariga o‘tadi, O‘z.Res. Poezdlar xarakati va manyovr ishlari bo‘yicha yo‘riqnomaning 302-bandiga asosan manyovr svetoforlari nosozligida esa stansiya navbatchisining og‘zaki ko‘rsatmasiga asosan ushbu svetoforlardan taqiqlovchi ishorada o‘tadi. Buvayda stansiyasidan juft poezdlarni qabul qilishda, ushbu poezd mashinistlari “ChN” kirish svetoforini taqiqlovchi ishorasi bilan M-302 manyovr svetoforigacha boradi, M-302 manyovr svetoforining ruxsat beruvchi ishorasi bilan Namangan parkining 1B yoki 63-band yo‘llarining bo‘sh uchastkasida xarakatlanadi. Keyinchalik xarakatlanishlar Markaziy park stansiya navbatchisining ko‘rsatmalariga asosan ChM 1B yoki ChM-63, M-309, ChM-1A, M-44, M-54 manyovr svetoforlarining ruxsat beruvchi ishorasi bilan Markaziy parkning 2, 3, 4, 5, 6 yo‘llariga o‘tadi. Stansiyadan poezdlarni chiqish svetoforini taqiq signalida yoki chiqish svetofori bo‘lmagan yo‘llardan jo‘natish tartibi 1.3- jadvalda keltirilgan: 1.2 jadval
Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling