J. R. Zaynalov, S. S. Aliyeva, Z. O


Download 3.38 Mb.
bet27/122
Sana03.06.2024
Hajmi3.38 Mb.
#1842083
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   122
Bog'liq
2222. Солиқ дарслиги 364 bet

joylashgan joyiga qarab:




aholisi soni yuz ming nafar va undan ko‘p kishidan iborat shaharlarda

4

boshqa aholi punktlarida

2

borish qiyin bo‘lgan va tog‘li tumanlarda

1

9.2

joylashgan joyidan qat’i nazar:




alkogolli mahsulotlar, tamaki mahsulotlari, benzin, dizel yoqilg‘isi va suyultirilgan gazni realizatsiya qilishdan tovar aylanmasi bo‘yicha

4

10

Ulgurji, shuningdek, ulgurji-chakana savdoni amalga oshiradigan savdo korxonalari (11-bandda ko‘rsatilganlaridan tashqari)

4

11

Quyidagi joylarda joylashgan ulgurji va chakana dorixona tashkilotlari:




aholisi soni yuz ming nafar va undan ko‘p kishidan iborat shaharlarda

3

boshqa aholi punktlarida

2

borish qiyin bo‘lgan va tog‘li tumanlarda

1

12

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib oluvchi, saralovchi, saqlovchi va qadoqlovchi tayyorlov tashkilotlari

tovar aylanmasining 4%i
yoki yalpi daromadning 25%i

13

Elektron tijorat subyektlarining Milliy reestriga kiritilgan soliq to‘lovchilar

2

14

Yagona ishtirokchisi nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari, “Nuroniy” jamg‘armasi va “O‘zbekiston Chernobilchilari” assotsiatsiyasi bo‘lgan va umumiy sonida nogironlar, urush va 1941–1945- yillar mehnat fronti veteranlari 50 foizdan kam bo‘lmagan va nogironlar, urush va 1941–1945-yillar mehnat fronti veteranlarining mehnatiga haq to‘lash fondi umumiy mehnatga haq to‘lash fondining 50 foizidan kam bo‘lmagan soliq to‘lovchilar

0

Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga, soliq solish maqsadlarida, o‘tgan hisobot yili yakuni bo‘yicha asosiy faoliyat turi savdo faoliyati, umumiy ovqatlanish sohasidagi faoliyat hisoblanadigan yuridik shaxslar kiradi.


Savdo faoliyati deganda – qayta sotish maqsadida xarid qilingan tovarlarni sotish bo‘yicha faoliyat tushuniladi.
Quyidagilar savdo faoliyati sifatida qaralmaydi:

  • o‘zi ishlab chiqargan mahsulot hisoblanadigan tovarlarni realizatsiya qilish, jumladan, ularni mustaqil yuridik shaxs hisoblanmaydigan firma do‘konlari orqali realizatsiya qilish;

  • komissioner (ishonchli vakil) tomonidan vositachilik (topshiriq) shartnomalari bo‘yicha tovarlarni realizatsiya qilish, jumladan, davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni realizatsiya qilish;

  • tayyorlov va ta’minot – sotish faoliyati bilan shug‘ullanadigan korxonalar tomonidan tovarlarni realizatsiya qilish;

Umumiy ovqatlanish sohasidagi faoliyat deganda kulinariya, shuningdek, boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash, realizatsiya qilish va tashkil etish bo‘yicha faoliyat tushuniladi.
Umumiy ovqatlanish asosiy (soha) faoliyat turi savdo faoliyati (umumiy ovqatlanish sohasidagi faoliyat) hisoblangan yuridik shaxslar Kodeksda belgilangan tartibda hisobot yili boshidan boshlab yagona soliq to‘lovchilari hisoblanadilar.


3.6. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha taqdim etilgan imtiyozlar va preferensiyalar. Aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha hisob-kitoblarni topshirish muddatlari

Yagona soliq to‘lovini to‘lashdan nogironlarning jamoat birlashmalari, “Nuroniy” jamg‘armasi va “O‘zbekiston chernobilchilari” assotsiatsiyasi mulkida bo‘lgan, ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar, 1941–1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari tashkil etadigan yuridik shaxslar ozod qilinar edi, bundan savdo, vositachilik, ta’minot-sotish va tayyorlov faoliyati hamda lotereyalar tashkil etish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar mustasno. Ushbu imtiyozni olish huquqi belgilanayotganda xodimlarning umumiy soniga shtatda bo‘lgan xodimlar kiritilar edi.


Kalendar yil soliq davridir.
Yil choragi hisobot davridir.
Aylanmadan olinadigan soliq soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar uchun aylanmadan olinadigan soliq summasi byudjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasiga, lekin aylanmadan olinadigan soliq summasining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorga kamaytiriladi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini ixtiyoriy ravishda to‘lashga kalendar yil boshidan e’tiboran o‘tmagan to‘lovchilar aylanmadan olinadigan soliq summasini qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblab chiqarilgan hisobot davriga to‘g‘ri keladigan summaga kamaytiradi.
Aylanmadan olinadigan soliqning hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi.
Hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha soliq summasi soliq to‘lovchi tomonidan mustaqil aniqlanadi.
Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, hisobot davri yakunlari bo‘yicha soliq summasi soliq davri boshidan ortib boruvchi yakun bilan soliq bazasining mos soliq stavkasiga foiz ulushi sifatida hisoblab chiqariladi.
Soliq hisoboti soliq to‘lovchi tomonidan soliq hisobida turgan joyidagi soliq organiga quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:
1) hisobot davri yakunlari bo‘yicha – hisobot davridan keyingi oyning o‘n beshinchi kunidan kechiktirmay;
2) soliq davri yakunlari bo‘yicha – soliq davridan keyingi davrning 15 fevralidan kechiktirmay;
Hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha soliqni to‘lash tegishli hisobot (soliq) davri uchun soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Agar yuridik shaxslar hisobot yili yakunlari bo‘yicha Soliq kodeksi 463-moddasining to‘rtinchi qismida belgilangan shartlarga javob bermasalar, ular kelgusi yil boshidan boshlab umumbelgilangan soliqlar to‘lashga o‘tishlari kerak, soliq solish tartibini tanlash huquqi saqlab qolinadigan mikrofirmalar va kichik korxonalar bundan mustasno. Bunda mikrofirmalar va kichik korxonalar Soliq kodeksi 350-moddasining to‘rtinchi qismida belgilangan shartlarga javob bermay qolingan hisobot yili tugaganidan keyingi yilning 1-fevralidan kechiktirmay soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga soliq solish tartibi tanlaganligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan shaklda yozma bildirish taqdim etishlari shart.



Download 3.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling