J. R. Zaynalov, S. S. Aliyeva, Z. O


Download 3.38 Mb.
bet29/122
Sana03.06.2024
Hajmi3.38 Mb.
#1842083
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   122
Bog'liq
2222. Солиқ дарслиги 364 bet

Tayanch so‘z va iboralar
Jismoniy shaxs, daromad, daromad solig‘i, deklaratsiya, soliq imtiyozlari.


4.1. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va uning o‘ziga xosligi

Jismoniy shaxslar mehnatiga haq to‘lashni tashkil qilishi va foydalanilishi bozor iqtisodiy sharoitida rag‘batlantirish tizimida markaziy o‘rin tutadi. Hozirgi sharoitda bozor iqtisodiyoti mexanizmining ta’sirchanligi, inson omilining kuchayishi ushbu masalalar qanday hal etilishiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Mazkur muammoni hal etish borasidagi izlanishlarning asosiy yo‘nalishi ish haqini soliq obyekti sifatida soliq tizimiga qo‘shib olishdan iboratdir. Mehnatga haq to‘lash jamg‘armasini tashkil etish tartibi korxonalarning daromadini yaratishning turli xildagi variantlari uchun, ya’ni “foydali” va “pudrat” variantlari uchun bir xil emas. Bu o‘rinda shuni qayd qilamizki, mehnatga haq to‘lashni qanday tamoyilga ko‘ra shakllantirish masalasini korxonaning mehnat kollektivi hal qiladi (faqat davlat tashkilotlaridan tashqari).


Bunda mehnatga haq to‘lashni miqdori ikkita qismdan asosiy va qo‘shimcha ish haqidan hosil bo‘ladi. Asosiy ish haqi mahsulot tannarxiga qo‘shiladi. Qo‘shimcha ish haqi esa foyda hisobiga shakllanadi. Shuni aytish kerakki, har bir ish haqi turini tashkil etishda alohida normativlardan ham foydalanish mumkin.
Ko‘p mulkchilik tizimiga o‘tilishi iqtisodiy poliformizmni yuzaga chiqarib, xilma-xil daromadlarni shakllantiradi. Ularni shartli ravishda ikki bo‘g‘inga ajratish mumkin: bu – bozor va nobozor. Nobozor munosabatlarning o‘zida ham ikki jihat bor. Biri – ma’muriy tizim belgilari bo‘lsa, ikkinchisi umumiqtisodiy, insonparvarlik munosabatlaridir.
Daromad bozor qonunlariga binoan ishlab topilgan daromad bo‘lib, uning miqdori iqtisodiy resurslarning naqadar samarali ishlatilishiga, aniqrog‘i yaxshi iqtisodiy natijaga erishishga bog‘liq bo‘ladi. Daromad miqdorlari cheklangan emas, chunki uni ishlab topish uchun yetarli shart- sharoit mavjud. Daromad tarkiban tadbirkorlik daromadi, mulkdan kelgan daromadi va bozor talabiga qarab ishlovchi korxona va tashkilotlardan tegadigan ish haqidan iborat.
Faoliyat yurgizish orqali daromadlar asosiy qilib olingan bo‘lsa, notijorat daromadi ularning hosilasi ikkilamchi daromaddir. Shu sababli bozor daromadi qanchalik ko‘p bo‘lsa, o‘z hisobidan shakllangan, notijorat daromadlar ham ortib boradi.
Iqtisodda resurslarining ishtirokiga ko‘ra, notijorat daromadlari mazmunan turlicha bo‘lsada, uning asosiy turi tadbirkorlik daromadlari bo‘ladi. Uni tadbirkorlar sinfi o‘zlashtiradi. Iqtisodiy islohotlar jarayonida ishchi, dehqon va xizmatchilar orasidan tadbirkorlar bu turli katta-kichik firma sohiblari va ularning sheriklaridan iborat bo‘lsa, keng ma’noda fermer va yakka tartibda ishlovchilardan tashkil topadi. Tadbirkorlarning o‘z qobiliyatlarini ishga solib, kapital sarflab, tavakkalchilikka borgani uchun topadigan pul va daromadlar ular boyligining manbai bo‘lib xizmat qiladi. Tadbirkorlikdan bozor daromadi kelsa, yollanib ishlash mehnat daromadini beradi, u ham bo‘lsa ish haqidir. Uning miqdori mehnat samaradorligiga bog‘liq, chunki bozor iqtisodiyotida har qanday daromad resurslarini naqadar unumli ishlatishning natijasi bo‘ladi. Ular unumli ishlatilsa, daromad ortadi va aksincha. Shu sababli ish haqi miqdori mehnat unumdorlik darajasidan kelib chiqadi. Bu qoida moddiy ishlab chiqarish sohalari (sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, qurilish va hokazo)dagi ish haqi ishlab chiqarishda yaratilgan daromadlarning byudjet orqali taqsimlanishiga bog‘liq bo‘ladi. Shu sababli byudjetdan moliyalashtiriluvchi tashkilot va muassasalardagi ish haqi byudjet imkoniyatlaridan kelib chiqadi va davlat tomonidan qayta ko‘rib turiladi.
Jismoniy shaxslarning daromad solig‘ini zamonaviy darajaga ko‘tarish quyidagi vazifalarni hal qilishda muhim rol o‘ynaydi, ya’ni:

  • ishchi va xizmatchilar daromadini tinimsiz oshib borishiga va uni davlat tomonidan tartiblashtirib turilishiga;

  • jismoniy shaxslarga qonunlar doirasida turli o‘rindoshlik ish joylarini yuzaga keltirish orqali ularning daromadlarini oshirib borishiga;

  • jismoniy shaxslarga turli faoliyatlar bilan shug‘ullanish orqali ko‘proq daromadlarni qo‘lga kiritilishiga;

  • jismoniy shaxslarga chegaralanmagan darajada daromad olish imkoniyatini yaratilishi yo‘lida yangi infrastrukturalarni yuzada keltirish va ularda ishlash uchun jismoniy shaxslarni jalb etishga va hokazo.




Download 3.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling