J. R. Zaynalov, S. S. Aliyeva, Z. O


Ishlanmagan vaqt uchun haq to‘lashga quyidagilar kiradi


Download 3.38 Mb.
bet32/122
Sana03.06.2024
Hajmi3.38 Mb.
#1842083
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   122
Bog'liq
2222. Солиқ дарслиги 364 bet

Ishlanmagan vaqt uchun haq to‘lashga quyidagilar kiradi:
1) qonun hujjatlariga muvofiq:
a) yillik asosiy (uzaytirilgan asosiy) ta’tilga haq to‘lash, shuningdek, ushbu ta’tildan foydalanilmaganda, shu jumladan, xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda pullik kompensatsiya to‘lash;
b) noqulay va o‘ziga xos mehnat sharoitlarida, shuningdek, og‘ir va noqulay tabiiy-iqlim sharoitlarida ishlaganligi uchun ayrim tarmoqlarning xodimlariga beriladigan qo‘shimcha ta’tilga haq to‘lash;
d) o‘qish bilan bog‘liq ta’tilga va ijodiy ta’tillarga haq to‘lash;
e) o‘n ikki yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq bolasi yoki o‘n olti yoshga to‘lmagan nogiron bolasi bor ayollarga berilgan qo‘shimcha ta’tilga haq to‘lash;
2) asosiy ish haqi qisman saqlanib qolgan holda majburiy ta’tilda bo‘lgan xodimlarga beriladigan to‘lovlar;
3) donor xodimlarga ko‘rikdan o‘tish, qon topshirish va qon topshirilgan har bir kundan keyin beriladigan dam olish kunlari uchun haq to‘lash;
4) O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganlik uchun mehnatga haq to‘lash;
5) qishloq xo‘jaligi va boshqa ishlarga jalb qilinadigan xodimlarning asosiy ish joyi bo‘yicha saqlab qolinadigan ish haqi;
6) boshqa yuridik shaxslardan avvalgi ish joyida lavozim bo‘yicha maoshi miqdorlari ma’lum bir muddat davomida saqlab qolingan holda ishga olingan, shuningdek vaqtinchalik vazifani bajarib turganda xodimlarga maoshdagi farqni to‘lash;
7) yuridik shaxslarning xodimlariga kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimida ishdan ajralgan holda o‘qishlari vaqtida asosiy ish joyi bo‘yicha ularga to‘lanadigan ish haqi;
8) xodimning aybisiz bekor turib qolingan vaqt uchun haq to‘lash;
9) mehnat layoqatini vaqtincha yo‘qotgan xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash;
10) qonun hujjatlariga muvofiq yoki yuridik shaxsning qarori bilan majburiy progul vaqti yoki kam haq to‘lanadigan ishni bajarganlik uchun haq to‘lash;
11) o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning imtiyozli soatlariga, onalarga bolani ovqatlantirishi uchun ishda beriladigan tanaffuslarga, shuningdek, tibbiy ko‘rikdan o‘tish bilan bog‘liq vaqt uchun haq to‘lash;
12) yuridik shaxslarning asosiy ishidan ozod qilingan va ozod qilinmagan holda xodimlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun hamda o‘quvchilar va talabalarning ishlab chiqarish amaliyotiga rahbarlik qilish uchun jalb qilinadigan yuqori malakali xodimlari mehnatiga haq to‘lash;
15) yuridik shaxsning mablag‘lari hisobidan to‘lanadigan pensiyalar va nafaqalarga qo‘shimchalar, stipendiyalar;
16) oliy o‘quv yurtini tamomlaganidan keyin yosh mutaxassislarga ta’til vaqti uchun yuridik shaxs hisobidan to‘lanadigan nafaqalar.

Download 3.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling