J. R. Zaynalov, S. S. Aliyeva, Z. O


O‘zbekistonda qo‘shilgan qiymat solig‘i joriy qilinishining iqtisodiy sabablari va ahamiyati


Download 3.38 Mb.
bet40/122
Sana03.06.2024
Hajmi3.38 Mb.
#1842083
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   122
Bog'liq
2222. Солиқ дарслиги 364 bet

5.1. O‘zbekistonda qo‘shilgan qiymat solig‘i joriy qilinishining iqtisodiy sabablari va ahamiyati


Har qanday buyum, narsa, voqelikni chukur bilish uchun uning mohiyatini chuqur tushunib etmoq zarur. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini ham boshqa soliqlar kabi mohiyati, ya’ni soliq subyektlari o‘rtasidagi munosabatlarni ifodalashda o‘z aksini topadi. Shunday ekan, qo‘shilgan qiymat solig‘ining mohiyatini shakllantirishda uni qat’iy doimiy takrorlanib turadigan munosabat deb tushunishimiz lozim. Qo‘shilgan qiymat solig‘ining doimiy takrorlanib turishi uni iqtisodiy toifa sifatida namoyon bulishi bilan bog‘liq, shu bois qo‘shilgan qiymat solig‘ining faqat qiymat toifasi orqali maqsadga muvofiqdir. Shuni ham ta’kidlab o‘tish zarurki, har qanday iqtisodiy toifa avvalo qiymat toifasi sifatida shakllanadi, sung bunday voqelik harakati iqtisodiy munosabatlarda o‘z ifodasini topadi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i esa bundan istisno emas. Shunday qilib qo‘shilgan qiymat solig‘i iqtisodiy toifa sifatida yaratilgan jami ijtimoiy mahsulotning bir qismi bo‘lib hisoblanadi. U mehnat mahsulidir. Qo‘shilgan qiymat solig‘ining yuzaga kelishi yaratilgan qiymatning taqsimotiga asoslanadi. Bu o‘z vaqtida moliyaviy munosabatlarda va uni harakatga keltiruvchi jarayonlarda to‘liq o‘z ifodasini topadi. Shu bois qo‘shilgan qiymat solig‘ining yuzaga kelishi va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga ta’sir etishi bevosita qiymatning yaratilishi bilan bog‘liqdir. Qo‘shilgan qiymat solig‘ining (QQS) yaratilishi bir vaqtning o‘zida uziga xos unga mos soliq munosabatlarini yuzaga keltiradi va uning takomillashtirilib borilishini ta’minlaydi. Shunday ekan, qo‘shilgan klimat solig‘ining mohiyati boshqa soliqlarga mansub munosabatlar doirasida shakllantiriladi va rivojlantiriladi.
Amaliyotda QQS deganda bevosita byudjetga tushadigan majburiy pul to‘lovi tushuniladi. Bu esa QQSni boshqa soliq turlariga tenglashtirilayotganligidan dalolat berishi, qolaversa QQSni mohiyati boshqa soliq turlariga bog‘liq holda befarq deb ta’riflanishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Bunda soliqlarni guruhlash orqali ularning mohiyati va ahamiyatini asoslashga ehtiyoj qolmagan bo‘lar edi. Shuni etiborga olish joizki, QQS bilvosita soliqlarning funktsional elementidir. Uning to‘lovchilari iste’molchilar bo‘lib hisoblanadi. QQSni ana shunday tabiatidan kelib chiqqan holda, uning mohiyatini ifodalovchi darajada ta’rif berish maqsadga muvofiqdir. Shunday qilib, QQS - bu tovarlar, ishlar xizmatlarni realizatsiya qilish jarayonida yuzaga keladigan pul munosabatlari doirasida yangi hosil qilingan qiymatning bir qismini byudjet daromadiga iste’molchilar hisobidan majburiy to‘lov sifatida undirilishidir. Bir qismini davlat QQS davlat ixtiyoriga iste’molchilar tomonidan yaratilgan yangi qiymatni bir qismini sof daromad sifatida undirilishi aniqdandi. QQS majburiy tartibda Oliy Majlis tomonidan tasdikdangan va huquqiy qonunlar bilan ta’minlangandir.
Shunday ekan, QQSni to‘lamaslikka, soliq obyektini kamaytirib ko‘rsatishga huquqiy shaxslarning haqqi yuk. QQSni to‘lash xo‘jalik subyekti bilan davlat o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlarni bozor iqtisodiyoti davridagi asosiy shakli, daromadlarni bir qismini xo‘jalik subyektlari bilan davlat o‘rtasida taqsimlashning asosiy vositasi hisoblanadi.
QQSning mohiyatini ifodalashda uning eng avvalo majburiy to‘lov sifatida izohlashga harakat qiluvchi iqtisodchilar yo‘q emas. To‘g‘ri, QQSni to‘lashda majburiylik bor, lekin bu majburiylik demokratiyaning oliy timsoli bo‘lmish Oliy Majlis qarori, ya’ni qonun bilan kiritiladi va QQSni to‘lovchilari bilan davlatning eng asosiy talablari e’tiborga olinadi. Demak QQSdagi majburiylik huquqiy demokratik me’yorlar asosida Oliy Majlis tomonidan kiritiladi. Vaholanki, majburiylik boshqa soliq turlariga ham xos xususiyatdir. Qolaversa byudjetga boshqa maxsus jamg‘armalarga to‘lovlar va ajratmalar ham majburiylik xarakteriga ega. Shunday qilib QQC o‘z moxiyatiga ko‘ra, uzoq yillarga mo‘ljallangan majburiylik munosabatlarini ifodalaydi.
Masalan, sobiq sovetlar davrida oborot solig‘i 62 yil o‘zgarmasdan iqtisodiyotga xizmat qildi. Bizning mustaqil Respublikamizda QQS ham ana shunday uzoq yillarga xizmat qiladigan oddiy, hammaga tushunarli bilvosita soliq bo‘lishi kerak. Buning uchun ular Respublika iqtisodiyotiga xos xususiyatlarni tuliq ifoda eta oladigan va ilmiy asoslangan bo‘lishi zarur.
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotning rivojlanishi erkin bozor munosabatlari bilan ifodalanadigan bo‘lsa, davlat bilan bozor munosabatlari sharoitida ishlaydigan korxona, birlashma va tashkilotlar o‘rtasidagi munosabat faqat huquqiy munosabat asosida bulishi taqozo etiladi. Bunday munosabatlar qisman QQS bilan amalga oshiriladi.
Shunday qilib xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, QQC – bu iqtisodiy qiymat toifasi bo‘lib, ma’lum bir iqtisodiy munosabatni o‘zida shakllantiradi. Bunday iqtisodiy munosabat qiymat harakati bilan o‘z ifodasini topadi, Avvalo QQC - bu jami ijtimoiy mahsulotning bir qismi bo‘lib hisoblanadi. QQSning iqtisodiy-ijtimoiy mohiyati, uning ta’sir doirasi bilan belgilanadi. Uning hosil bo‘lishi va ishlatilishining uziga xos mexanizmi (to‘lashning shartligi, to‘lov muddatlari va mulkdorlarning qayd qilinishi) unga mablag‘larni jamlashning soliq usuliga oid boshqa belgilarni kasb etadi.
QQS bizning Respublikamizda soliq turlarining tarkibida etakchi o‘rin egallab barcha iqtisodiy ko‘rsatgichlarni harakatga keltirishi bilan ham ajralib turadi. QQS bir taraqqiyot bosqichidan ikkinchi boskichiga o‘tishning mahsuli bo‘lib hisoblanmaydi. U kishilik jamiyatining, ishlab chiqarish jarayonlarinish shakllangirilib borishi bilan bog‘liqdir.
QQS o‘zining nomini o‘zgartirishi mumkin, lekin o‘z tabiatini o‘zgartira olmaydi. QQS o‘z mohiyati jihatidan ilgari amal qilib kelgan oborot solig‘iga o‘xshab ketadi. Oborot solig‘i markazlashgan sof daromad deb hisoblanib, qatiy ravishda byudjetga o‘tkazilardi va xo‘jalikda oshiqcha fond bo‘lishiga yo‘l qo‘ymas edi, xo‘jalik hisobi tamoyillarini mustahkamlash manbai bo‘lib xizmat qiladi. Uning iqtisodiy taraqqiyotdagi ahamiyati benihoya katga bo‘lib, byudjetni mustahkamlash manbai sifatida xizmat kdladi. Oborot solig‘i asosan davlat belgilagan baholar sifatida hisoblanar edi. Korxona va tashkilotlarga o‘z tovar va xizmatlariga baholarni o‘zlari belgilashi huquqi berilganligi davlat qulidan bu huquqni olib qo‘ydi. Natijada oborot solig‘i tubdan o‘zgartirilib, qo‘shilgan qiymat solig‘i yosh, mustaqil respublikamizning soliq tizimiga kirib keldi.
O‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan soliqlar orasida QQC muhim o‘rin tutmoqda. Bilvosita tusdagi bu soliq byudjet tushumlari orasida juda katta qiyosiy salmoqqa ham ega.
QQS ko‘pgina mamlakatlar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlantirishda katta rol o‘ynamoqda. Uni savdoda soliqqa tortishning muvaffaqiyatli chorasi deb tan olinib ham kelinmoqda. Shu soliq, sharofati bilan eksport solig‘ini aniq belgilash va qaytarish sharafiga ega bo‘linmoqda. QQS tashqi savdoga va texnik usullarga nisbatan neytral o‘rin tutadi. Bundan tashqari, biznes yuritishning shakl va usullari QQSga ta’sir o‘tkazmaydi. QQSni shu tariqa ijobiy baholash mumkin, zero resurslarni taqsimlash chog‘ida bozor vositalari uchun tanlash erkinligini beruvchi iqtisodiyot sharoitida yuqorida aytilgan shartlar QQSning muhim jihatlari hisoblanadi.
Yuqorida aytilgan ijobiy tomonlardan tashqari QQS nihoyatda barqarordir, chunki stavka o‘zgarishi daromadlar ko‘payishi yoki kamayishiga ta’sir etmaydi. Buning ustiga, operatsiyalar o‘tkazish chog‘ida undiriladigan oddiy soliq bulgan QQS soliqqa tortishniig ishonchli va nisbatan oson tushuniladigan vositasi sifatida soliq, munosabatlari tarkibida alohida ahamiyatga ega bo‘lib kelmoqda.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida nafaqat soliq munosabatlari doirasiga qo‘shilgan qiymat solig‘ini undirish, balki shu undirishda muhim rol o‘ynashi mumkin bo‘lgan nisbiy ko‘rsatkichni, ya’ni uni stavkasini ma’lum bir miqdorda belgilanishi taqozo qilinmoqda. Qolaversa soliq to‘lovlari bevosita soliq stavkasiga, uni belgilanish tartibiga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Umuman soliq stavkasining o‘tgan davrning birinchi bosqichida shartli qilib belgilanishi iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotiga salbiy ta’siri bilan alohida ajralib turadi. Avvalo uning 30 foiz qilib belgilanishi soliq munosabatlari doirasida QQC bo‘yicha umumdavlat byudjet tushumlarini anchagina oshirgan bo‘lsa ham, bunday nisbiy ko‘rsatkich boshqa to‘g‘ri soliq to‘lovlari harakatlarini sekinlashtirilishiga sabab bo‘ldi. Chunki QQS byudjet tushumlari orasida eng katta salmoqda ega edi. Shuningdek 1992 yilda (yanvar) qabul qilingan «Korxonalar, birlashma va tashkilotlardan undiriladigan soliqlar to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq uning undirilishida turli miqdoriy ko‘rsatkichlar ishtirok etgan (5.1-chizmaga qaralsin).





Download 3.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling