J. R. Zaynalov, S. S. Aliyeva, Z. O


Soliq badallari (to‘lovlari)


Download 3.38 Mb.
bet109/122
Sana03.06.2024
Hajmi3.38 Mb.
#1842083
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   122
Bog'liq
2222. Солиқ дарслиги 364 bet

Soliq badallari (to‘lovlari) - soliq qonunchiligi bo‘yicha belgilangan tartibda va muddatda soliq to‘lovchilar tomonidan tulanadigan, hisoblangan yoki qat’iylashtirilgan summalardir. Ularni hisoblash tartibi xar bir soliq turi bo‘yicha qonunga binoan aniqlanadi.
Soliq imtiyozi - soliq to‘lovchining soliq majburiyatlari hajmining tulik yoki qisman qisqarishi, to‘lov muddatining kechiktirilishi yoki orqaga surilishi. Soliqlarning rag‘batlantiruvchi funksiyasi soliq imtiyozlari tizimi orqali amalga oshiriladi. Soliq imtiyozi soliqqa tortish obyektining o‘zgarishida, soliqqa tortish bazasining kamayishida (qisqarishida), soliq stavkalarining pasaytirilishida va boshqalarda o‘z ifodasini topadi.
Soliq inspektsiyalari - Davlat soliq qo‘mitasining yagona tizimi tarkibiga kiruvchi tuzilmaviy birlik. Ularning tarkibiy tuzilishi funktsional belgiga kura aniqlanadi. Buning asosi sifatida turli belgilar: mulkchilik shakli, xo‘jalik faoliyatining turi, to‘lovlar hajmi, soliqlarning turlari va h.k.lar olinishi mumkin. Fuqarolarning faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish uchun soliq inspektsiyasi nazorati ostida bo‘lgan hudud uchastkalarga bo‘linadi.
Soliq inspektsiyasi - O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining yagona tizimiga kiruvchi tarkibiy tuzilma birligi. Inspektsiyalarning tarkibiy tuzilishi funktsional belgilarga karab belgilanadi: mulkchilik shakli; xo‘jalik faoliyatining turi; to‘lovlar hajmi va boshqalar.
Soliq qonunchiligi - davlatda soliqlarning turi, ularni undirish mexanizmi va soliq majburiyatlarining vujudga kelishi, o‘zgarishi va tuxtatishini tartibga solib turuvchi yuridik me’yorlar yigindisi; moliyaviy huquq instituti. Soliq huquqi davlatning ijtimoiy – iqtisodiy tuzilishi (qurilishi), uning vazifasi va funksiyalari bilan belgilanadi.
Soliq krediti - mintaqaviy soliq organi tomonidan korxonaga beriladigan va tegishli shartnoma bilan rasmiylashtiriladigan kredit. Odatda investitsiyalar va innovatsion xarajatlarni amalga oshirish uchun kaytaruvchanlik va haqlilik asosida beriladi.
Soliq qarzi - soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarz summasi, shu jumladan ushbu Kodeksda belgilangan muddatida to‘lanmagan moliyaviy sanktsiyalar;
Soliq nazorati - yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning tulik va o‘z vaqtida tulanishini ta’minlash ustidan nazorat. Nazorat tekshiruv ishlarini amalga oshirish davomida bevosita korxonaninng o‘zida (hujjatli tekshiruv) yoki korxonalar tomonidan belgilangan muddatlarda takdim etiladigan va soliq organi ixtiyoriga kelib tushadigan bank hujjatlari, buxgalteriya hisobotlari va hisob-kitoblari asosida (kameril tekshiruv) amalga oshirilishi mumkin. Korxonalar ustidan doimiy nazoratga soliq organlarida xar bir soliq turi va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash va kelib tushish ustidan operativ buxgalteriya hisobini joriy etish orqali erishiladi.

Download 3.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling