J. R. Zaynalov, S. S. Aliyeva, Z. O


Soliqlar klassifikatsiyasi


Download 3.38 Mb.
bet112/122
Sana03.06.2024
Hajmi3.38 Mb.
#1842083
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   122
Bog'liq
2222. Солиқ дарслиги 364 bet

Soliqlar klassifikatsiyasi - soliqlarning undirish uslubi, qo‘llaniladigan stavkaklarning xarakteri, soliq imtiyozlari, soliqqa tortish manbai va obe’ktikabi belgilar bo‘yicha guruxlarga ajratilishi (bulinishi).
Sotib olish solig‘i - davlat daromadlarini ko‘paytirish yoki ayrim tovarlarni ishlab chiqarishni cheklab quyish maqsadida mamlakatda ishlab chiqarilayotgan ayrim tovarlardan olinadigan soliq. Odatda eksportga muljallangan tovarlardan olinmaydi.
Sotish solig‘i - tovarlarning sotish qiymatiga nisbatan foizlarda belgilanadi va ishlab chiqaruvchi tomonidan tulanadi. Aktsizlarning kurinishlaridan iborat.
Sotishdan olinadigan soliq - ayrim xorijiy mamlakatlarda (masalan, AKShning ayrim shtatlarida) qo‘llaniladi va iste’molchidan olinadigan egri (bilvosita) soliqni o‘zida gavdalantiradi, odatda bu soliqqa iste’mol tovarlari (restoranlar bundan mustasno) tortilmaydi.
Sof tushum - tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxida hisobga olinadigan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hamda aksiz solig‘i summalarini kiritmagan holda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushum.
Sof foyda - soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan keyin yuridik shaxs ixtiyorida qoladigan foyda.
Taqsimlanmagan foyda solig‘i - alohida soliq to‘lovchi sifatida tan olingan aksionerlik kompaniyalari, banklar va boshqa institutlar foydasining dividentlarga taqsimlanmagan qismidan olinadi.
Tannarx - mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatishda foydalaniladigan moddiy resurslarning, asosiy fondlarning, mehnat resurslarining, shuningdek tovarlar ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish jarayonini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan boshqa turdagi xarajatlarning qiymat bahosi. Tannarx buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Tovar oboroti - muayyan davr ichida savdo faoliyatini amalga oshirish chog‘ida tovarlarni sotishdan olingan (olinishi lozim bo‘lgan), pulda ifodalangan mablag‘lar.

Download 3.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling