J. R. Zaynalov, S. S. Aliyeva, Z. O


Foyda - absolyut ko‘rsatkich bo‘lib, u korxonalar faoliyati samarasini ifodalaydi Foyda solig‘i


Download 3.38 Mb.
bet114/122
Sana03.06.2024
Hajmi3.38 Mb.
#1842083
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   122
Bog'liq
2222. Солиқ дарслиги 364 bet

Foyda - absolyut ko‘rsatkich bo‘lib, u korxonalar faoliyati samarasini ifodalaydi
Foyda solig‘i - xo‘jalik yurituvchi subyektlarning foydasidan olinib, byudjetning asosiy daromadlaridan biri hisoblanadi. Bu to‘g‘ri (bevosita) soliqdir. Uning summasi soliq to‘lovchi korxonaning yakuniy moliyaviy natijasiga bog‘liq bo‘ladi. Moliya yilida soliq solinadigan foydaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar foyda solig‘ini to‘lovchilar hisoblanadi. Yalpi foyda bilan ma’lum chegirmalar urtasidagi farq sifatida xisolangan foyda soliqqa tortish obyektidir. Foyda solig‘i barcha soliqlar tulangandan sung korxona ixtiyoriga kolgan foyda hisobidan to‘lanadi.
Foizlar - har qanday turdagi qarz talablaridan olingan daromad, shu jumladan obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar, shuningdek depozit qo‘yilmalar va boshqa qarz majburiyatlaridan olingan daromad.
Xo‘jalik faoliyatidan olingan foyda (yoki zarar) - bu asosiy faoliyatdan olingan foyda summasi, plyus moliyaviy faoliyatdan ko‘rilgan daromadlar va minus zararlar sifatida aniqlanadi.
Xususiy kapital - korxonaning moliyaviy holatini tavsiflovchi muxim ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.
Hisoblanmagan soliqlar summasi - nazoratni amalga oshirishda obyektiv va subyektiv xarakterdagi ko‘p omillarga bog‘liqdir: a) soliq inspektsiyasi xodimlarining malakasiga; b) soliq qonunchiligini soliq to‘lovchilarga tushuntirish ishlarining olib borilish darajasiga; v) korxoanlarning qonunga itoatkorligiga va h.k. boshqa sharoitlar teng bo‘lgan takdirda eng muxim omil bo‘lib, soliqqa tortish bazasi (asosi) ning ulchami hisoblanadi. Soliqqa tortish bazasi (asosi) kancha katta bo‘lsa, nazoratni amalga oshirish jarayonida soliqlarni qo‘shimcha hisoblash va soliq to‘lovchilarga moliyaviy jazolarni berish imkonyatini shuncha ko‘p bo‘ladi.
Hujjat bilan tasdiqlangan xarajatlar - operatsiya sanasini, summasini, xususiyatini aniqlash va uning ishtirokchilarini identifikatsiya qilish imkonini beradigan hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlar.

Download 3.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling