J. R. Zaynalov, S. S. Aliyeva, Z. O


Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushum


Download 3.38 Mb.
bet113/122
Sana03.06.2024
Hajmi3.38 Mb.
#1842083
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   122
Bog'liq
2222. Солиқ дарслиги 364 bet

Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushum - realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun olingan (olinishi lozim bo‘lgan) mablag‘lar summasi, shu jumladan realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun haq to‘lash yoki qarzni uzish hisobiga tushadigan mol-mulk qiymati.
Tovarlarni eksport qilish - O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan tovarlarni, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, qayta olib kirish majburiyatisiz olib chiqish.
To‘g‘ri (bevosita) soliqlar - daromad solig‘i, foyda solig‘i, resurs to‘lovlari, mol-mulk solig‘i va boshqalardan iborat bo‘lib, ularga egalik qilish va ulardan foydalanish soliqqa tortish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
To‘lov qobiliyati - xo‘jalikning muddati kelgan to‘lov majburiyatlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni etarli yoki kamchiligini aniqlash tushuniladi.
To‘lov manbai - soliq to‘lovchiga to‘lovlarni amalga oshiruvchi yuridik shaxs.
O‘zbekiston Respublikasi soliq to‘lovchilarining yagona reestri - soliq to‘lovchilarga oid davlat ma’lumotlar bazasi tizimi.
Uy-joy solig‘i - ko‘chmas mulk solig‘ining kurinishlaridan biri bo‘lib, bu soliqa uy-joyga ega bo‘lganlar tortiladi. Masalan, Frantsiyada qo‘llanib kelmoqda.
Umidsiz qarz - sud qaroriga binoan majburiyatlarning tugatilishi, qarzdorning bankrotligi, tugatilishi yoki vafot etishi oqibatida yoxud da’vo qilish muddati o‘tishi oqibatida uzish mumkin bo‘lmagan qarz.
Umumiy kapitalning chaqqonlik koeffitsiyenti - bu korxonaning umumiy aylanma aktivlarini uning molmulki kimmatiga bulish yuli bilan aniqlanib, u korxonaning umuman mablag‘lar bilan ta’minlanganligini va o‘z majburiyatlaridan kutilish saloxiyatini ko‘rsatadi. Bu ko‘rsatkichga korxonaning mol-mulkini tarkibi - uzlik manbalar va korxona majburiyatlari urtasidagi uzaro nisbat ta’sir ko‘rsatadi.
Favqulodda holatlar - taraflarning xohish-irodasi va harakatlariga bog‘liq bo‘lmagan, tabiat hodisalari (zilzila, ko‘chkilar, bo‘ron, qurg‘oqchilik va boshqalar), boshqa tabiiy ofatlar yoki ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlar (urush holati, qamal holati, davlat manfaatlarini ko‘zlab importni hamda eksportni taqiqlash va boshqalar) keltirib chiqargan muayyan sharoitlardagi favqulodda, oldini olib bo‘lmaydigan va kutilmagan holatlar bo‘lib, qabul qilingan majburiyatlar shular tufayli bajarila olmaydi.

Download 3.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling