4.4. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliqning stavkasi va soliq bo‘yicha imtiyozlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari hamda 2020–2021-yillarga byudjet mo‘ljallari to‘g‘risida”gi PQ–4086-sonli Qarori hamda Soliq kodeksining 181-moddasiga binoan, 2019-yil 1-yanvardan boshlab jismoniy shaxsning daromadlariga, bundan dividendlar va foizlar tarzida to‘lanadigan daromadlar mustasno, 12 foizli stavka bo‘yicha soliq solinadi.
2019-yildan O‘zbekiston Respublikasining rezidentlariga dividendlar va foizlar tarzida to‘lanadigan daromadlarga 5 foizli stavka bo‘yicha soliq solinadi.
2018-yilda undirilgan daromad solig‘i stavkalari 4.1-jadvalda aks ettirildi.
4.1-jadval
2018-yilda jismoniy shaxslar daromad solig‘i stavkalari26
(tarixiy qarash)
Jami daromad miqdori
|
Soliq summasi
|
Eng kam ish haqining 1 baravar miqdorigacha
|
0 foizi
|
Eng kam ish haqining 1 baravaridan (+1 so‘m) 5 baravar miqdorigacha
|
Daromad summasining 7,5 foizi
|
Eng kam ish haqining 5 baravari miqdoridan (+1 so‘m)dan 10 baravar miqdorigacha
|
Eng kam ish haqining 5 baravar miqdoridan olinadigan soliq +4 baravaridan oshadigan summaning 16,5 foizi
|
Eng kam ish haqining 10 baravari miqdoridan (+1 so‘m)dan va undan yuqori miqdorigacha
|
Eng kam ish haqining 10 baravar miqdoridan olinadigan soliq +10 baravaridan oshadigan summaning 22,5 foizi
|
Do'stlaringiz bilan baham: |