J. R. Zaynalov, S. S. Aliyeva, Z. O


Download 3.38 Mb.
bet42/122
Sana03.06.2024
Hajmi3.38 Mb.
#1842083
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   122
Bog'liq
2222. Солиқ дарслиги 364 bet

birinchidan, qo‘shilgan qiymat solig‘i dunyoda birinchi marta Evropa davlati bo‘lgan Frantsiyada joriy etildi;

  • ikkinchidan, 1977 yilda qabul qilingan Direktivaga asosan qo‘shilgan qiymat solig‘i bir vaqtning o‘zida Evropaning bir necha davlatlarida joriy etildi;

  • uchinchidan, qo‘shilgan qiymat solig‘i G‘arbiy Evropadagi integratsion jarayonlarni shakllantirish va rivojlantirishda muhim rol o‘ynadi.

    Hozirgi vaqtda qo‘shilgan qiymat solig‘i Evropa Ittifoqiga a’zo bo‘lgan mamlakatlarning davlat byudjetlarining daromadlarini shakllantirishda muhim o‘rin egallaydi. Evropa mamlakatlarida egri soliqlarning roli AQSh, Yaponiya, Kanada va Avstraliyaga qaraganda yuqoridir. Evropa mamlakatlarida jami soliq tushumlarining hajmida egri soliqlarning salmog‘i 40 foizdan yuqori bo‘lib, ayrim mamlakatlarda 50 foizni tashkil etadi. Mazkur ko‘rsatkich 50 foizdan yuqori bo‘lgan mamlakatlar guruhiga Meksika, Turkiya va Koreya kiradi. AQSh, Yaponiya, Kanada va Avstraliyada esa ushbu ko‘rsatkich 25-30 foizni tashkil qiladi.
    Evropa Ittifoqiga a’zo bo‘lgan mamlakatlarda soliq tushumlarining tarkibida egri soliqlarni yuqori salmoqqa ega ekanligining asosiy sabablaridan biri, bu mamlakatlarda soliq stavkalarini umumlashtiril-ganligi va soliqqa tortish bazasini o‘zaro uyg‘unlashtirilganligi hisoblanadi. Bu masalaning O‘zbekiston Respublikasi uchun amaliy ahamiyatga ega ekanligi shundaki, mamlakatimiz tovaroborotining sezilarli qismi Rossiya Federatsiyasi, Ukraina va Qozog‘iston Respublikalariga to‘g‘ri keladi. Hozirga qadar mazkur mamlakatlar o‘rtasida qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkalarini umumlashtirish va soliqqa tortish bazasini uyg‘unlashtirish masalasi hal qilinmagan. Bu esa, ushbu mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro tashqi savdo munosabatlarini rivojlantirishga to‘sqinlik qiladi.
    O‘zbekiston soliq tizimida qo‘shilgan qiymat solig‘i 1992 yildan buyon amal qilmoqda. Ushbu soliq oborotdan olinadigan soliq va sotuvdan olinadigan soliqlar o‘rniga aksiz solig‘i bilan birgalikda kiritilgan. Bu soliq oborot solig‘idan farqli ravishda faqat qo‘shilgan qiymatdan undiriladi. Oborot solig‘i markazlashgan sof daromad deb hisoblanib, qat’iiy ravishda byudjetga o‘tkaziladi va xo‘jalikda ortiqcha foyda bo‘lishiga yo‘l qo‘ymas edi.Oborot solig‘i bir marotaba umumiy oborotdan olinar edi Oborot solig‘i asosan davlat belgilagan baholar sifatida hisoblanar edi. Korxona va tashkilotlarga o‘z tavar va xizmatlariga o‘zlari belgilashi xuquqi berilganlig davlat qo‘lidan bu xuquqni olib qo‘ydi. Natijada oborot solig‘i tubdan o‘zgartirilib, qo‘shilgan qiymat solig‘i yosh, mustaqil Respublikamizni soliq tizimiga kirib keldi.
    QQS o‘zining nomin o‘zgartirishi mukin lekin o‘z tabiyatini o‘zgartira olmaydi. Xo‘jalik hisobi tomoyinlarini mustahkamlash manbai bo‘lib xizmat qiladi. Uning iqtisodiy taraqiyotdagi ahamiyati benihoya katta bo‘lib byudjetni mustahkamlash manbayi sifatida xizmat qiladi.
    Qo‘shilgan qiymat solig‘i esa ishlab chiqarish va muomala jarayonining har bir bosqichidan olinadi.



    Download 3.38 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   122




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling