J. R. Zaynalov, S. S. Aliyeva, Z. O


Quyidagi hollarda O‘zbekiston Respublikasi hududi ishlarni, xizmatlarni realizatsiya qilish joyi deb e’tirof etiladi, agar


Download 3.38 Mb.
bet45/122
Sana03.06.2024
Hajmi3.38 Mb.
#1842083
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   122
Bog'liq
2222. Солиқ дарслиги 364 bet

Quyidagi hollarda O‘zbekiston Respublikasi hududi ishlarni, xizmatlarni realizatsiya qilish joyi deb e’tirof etiladi, agar:

  1. ishlar, xizmatlar O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bo‘lsa. Bunday ishlar, xizmatlar jumlasiga, xususan, qurilish, montaj, qurilish-montaj, ishga tushirish-sozlash, ta’mirlash, restavratsiya qilish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari, shuningdek ko‘chmas mulkni ijaraga berish kiradi;

  2. ishlar, xizmatlar O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan ko‘char mulk (transport vositalari bundan mustasno) bilan bog‘liq bo‘lsa;

  3. xizmatlar haqiqatda O‘zbekiston Respublikasi hududida turizm, madaniyat, san’at, ta’lim, jismoniy tarbiya va sport sohasida ko‘rsatilayotgan bo‘lsa;

  4. ishlarni, xizmatlarni sotib oluvchi faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirayotgan bo‘lsa. Ishlarni (xizmatlarni) sotib oluvchi yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi asosida, bunday asos bo‘lmagan taqdirda esa, yuridik shaxsning ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilgan joy, yuridik shaxsning doimiy faoliyat ko‘rsatadigan ijro etuvchi organi joylashgan er, agar ishlar (xizmatlar) muayyan doimiy muassasa orqali bajarilgan (ko‘rsatilgan) bo‘lsa, ushbu doimiy muassasa joylashgan er asosida O‘zbekiston Respublikasining hududida haqiqatda hozir bo‘lib turgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining hududi sotib oluvchining faoliyati amalga oshiriladigan joy hisoblanadi. Ushbu bandning qoidalari quyidagi hollarda qo‘llaniladi:

  • intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquq o‘tkazilgan yoki ulardan foydalanish huquqi berilganda;

  • maslahat berish, auditorlik, yuridik (advokatlik), buxgalterlik, reklama, injiniring xizmatlari, shuningdek axborotga ishlov berish xizmatlari ko‘rsatilganda. Injiniring xizmatlari jumlasiga mahsulotni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqarish va realizatsiya qilish jarayoniga tayyorgarlik, sanoat, qishloq xo‘jaligi va boshqa obyektlar qurilishi hamda ulardan foydalanilishga tayyorgarlik bo‘yicha muhandislik-maslahat berish yo‘sinidagi xizmatlar, loyihalash oldi va loyihalash xizmatlari (texnik-iqtisodiy asoslarni, loyiha-konstruktorlik echimlarini tayyorlash va boshqa shunga o‘xshash xizmatlar) kiradi. Axborotga ishlov berish xizmatlari jumlasiga axborot massivlarini to‘plash va umumlashtirish, tizimlashtirish hamda bu axborotga ishlov berish natijalarini foydalanuvchilar tasarrufiga taqdim etish xizmatlari kiradi;

  • xodimlar berish agar xodimlar sotib oluvchi o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan joyda ishlayotgan bo‘lsa;

  • ko‘char mulk ijaraga berilganda, transport vositalari bundan mustasno;

  • tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) olish bo‘yicha vositachi (ishonchli shaxs), shuningdek ushbu qismda nazarda tutilgan xizmatlarni amalga oshirish uchun shartnomaning (kontraktning) asosiy ishtirokchisi nomidan jalb etuvchi shaxs xizmatlari ko‘rsatilganda;

  • chet ellik aloqa operatorlari tomonidan aloqa xizmatlari ko‘rsatilganda.

Agar ishlarni, xizmatlarni realizatsiya qilish boshqa asosiy ishlarni, xizmatlarni realizatsiya qilishga nisbatan yordamchi xususiyatga ega bo‘lsa, asosiy ishlar, xizmatlar realizatsiya qilingan joy yordamchi realizatsiya qilish joyi sifatida e’tirof etiladi.

Download 3.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling