J. R. Zaynalov, S. S. Aliyeva, Z. O


Qo‘shilgan qiymat solig‘ining soliq solish obyekti


Download 3.38 Mb.
bet43/122
Sana03.06.2024
Hajmi3.38 Mb.
#1842083
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   122
Bog'liq
2222. Солиқ дарслиги 364 bet

5.2. Qo‘shilgan qiymat solig‘ining soliq solish obyekti

Qo‘shilgan qiymat solig‘ining to‘lovchilari bo‘lib, amaldagi qonun hujjatlariga asosan ushbu soliqni byudjet oldida hisob-kitobini amalga oshiruvchi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar tushuniladi. Jumladan:



  1. soliq solinadigan oborotlarga ega bo‘lgan yuridik shaxslar;

  2. O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan amalga oshirilayotgan soliq solinadigan oborotlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lash bo‘yicha majburiyat yuklatiladigan yuridik shaxslar;

  3. tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar (o‘z ehtiyojlari uchun bojsiz olib kirish normalari doirasida tovarlar olib kiruvchi jismoniy shaxslar bundan mustasno);

  4. oddiy shirkat soliq solinadigan oborotlarni amalga oshirayotganda zimmasiga uning ishlarini yuritish yuklatilgan (ishonchli shaxs) oddiy shirkat shartnomasining sherigi (ishtirokchisi).

Notijorat tashkilotlar (tadbirkorlik faoliyati doirasida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish oborotlari mustasno) hamda soliq solishning soddatlashtirilgan tartibi bo‘yicha soliq to‘lovchilar qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchilari bo‘lib hisoblanishmaydi.
Soliq qonunchiligida nazarda tutilgan holda yagona soliq to‘lovini to‘lovchilar bo‘lgan yuridik shaxslar soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga yilning navbatdagi choragi boshlanguniga qadar bir oydan kechiktirmasdan, yangi tashkil etilayotgan yagona soliq to‘lovini to‘lovchilar bo‘lgan yuridik shaxslar esa faoliyat boshlanguniga qadar taqdim etiladigan yozma bildirishga asosan ixtiyoriy asosda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashi mumkin.
Tovarlarni (ishlar, xizmatlarni ) import qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar import qilinayotgan ana shu tovarlar bo‘yicha soliq to‘lovchilari hisoblanadilar.
Soliq solish obyekti quyidagilardir:

Tovarlarni (ish va xizmatlarni) realizatsiya qilish aylanmasi deganda – yuklab jo‘natilgan tovarlar (ish va xizmatlar) qiymati tushuniladi, ya’ni yuklab jo‘natilgan tovarlar (ish va xizmatlar) uchun mablag‘i kelib tushishi davridan qat’iy nazar korxona qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha byudjet oldida hisob-kitoblarni amalga oshirishi shart.
Soliq solinadigan import deganda esa – O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarlar hisoblanadi (qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etilgan import tovarlardan tashqari

Download 3.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling