J. R. Zaynalov, S. S. Aliyeva, Z. O


Mahalliy byudjet daromadlarini shakllantirishda yig‘imlarning ahamiyatini oshirish


Download 3.38 Mb.
bet88/122
Sana03.06.2024
Hajmi3.38 Mb.
#1842083
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   122
Bog'liq
2222. Солиқ дарслиги 364 bet

11.4. Mahalliy byudjet daromadlarini shakllantirishda yig‘imlarning ahamiyatini oshirish

Mahalliy soliqlar va yig‘imlar mahalliy hukumatlar bajaradigan vazifalariga kura belgilanib, ular ixtiyoriga to‘liq, biriktirilib berilishi mumkindir. Ammo, bu soliqlar va yig‘imlar bugungi kunda mahalliy byudjet xarajatlarining atiga 30-40 foizini moliyalashtiradi. Bizningcha, kelgusida mahalliy byudjet daromadlarida mahalliy soliqlar va yig‘imlar salmog‘ini 50-60 foizga etkazish maqsadga muvofiqdir. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash boskichining dolzarb vazifalaridan biri- mahalliy byudjet daromadlarini bopshcha soliqsiz to‘lovlar evaziga ko‘paytirish masalasi bo‘lib kelmoqda.


Soliq yukini oshirish imkoniyatlarining chegaralanganligi uchun, mahalliy byudjetlarning daromad qismida soliqsiz yig‘imlarning ahamiyatini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Mahalliy hokimiyat organlari uzlariga tegishli bo‘lgan mulkdan daromad manbalarini oshirish maqsadida foydalanishga utishlari uchun tegishli huquqiy va ma’muriy asoslar hamda chora-tadbirlar majmuasi ishlab chiqilib amaliyotga tadbiq etilishi lozim.
Bu borada quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiq deb uylaymiz, ya’ni:

  • iqtisodiy salohiyatiga bog‘liq bo‘lmagan, tabiiy geografik joylashuvining qulayligi tufayli yuzaga keladigan renta daromadlariga faqat mahalliy byudjetlarga tushadigan va mahalliy hokimiyatlar tomonidan undiriladigan mahalliy renta to‘lovini joriy etishga ruxsat berish kerak. Bu amaliyot mahalliy hokimiyatlarda o‘z hududlaridagi tabiiy va iqtisodiy resurslarga nisbatan tejamkorlik bilan yondashish va ularni tejab-tergab foydalanishga bo‘lgan manfaatdorligini oshiradi va mahalliy byudjet daromadlarini real oshirish imkoniyatlarini yaratadi.

  • bu amaliyotni joriy etish va nazoratini olib borish vakolatini mahalliy hokimiyatlar ga yuklatish lozimdir. Bizning fikrimizcha, soliqdarning respublika byudjetidan mahalliy byudjetlarga har yili qayta taqsimlanadigan me’yorlari ilmiy jihatdan asoslanmagan bo‘lib, amaldagi extiyojlardan kelib chikib belgilanmoqda. Bu esa, mahalliy hukumatda bokimandachilik kayfiyatlarini qaror toptirib, hududlarining iqtisodiy va soliq salohiyatidan samarali foydalanishga bo‘lgan harakatlarini susaytirmoqda.

  • bugungi kunda mahalliy byudjetlarni shakllantirish mexanizmi tub islohotlar amalga oshirilishini taqozo etadi. Bizningcha, ushbu yo‘nalishda quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim:

  • mahalliy hukumat organlariga o‘z hududlarida soliqlarni undirish va o‘z byudjetini tuzishda ularga moliyaviy mustaqillik berilishi maqsadga muvofits bular edi. Bunga amaliyotda xazinachilik xizmatlarini joriy etish orqali erishish mumkin.

  • mahalliy hukumat organlariga soliq va byudjet mustaqilligini berish bilan bir qatorda, ularning moddiy javobgarligini oshirishxam kuzda tutiladi.

  • turli darajadagi hukumat organlarining byudjet extiyojlari baholanishi me’yorlar usuliga o‘tkazilib, byudjet xarajatlari va transfertlari yagona me’yorlar asosida amalga oshirilishi talab etiladi. Darhaqiqat, respublikamizda 2000 yildan boshlab xarajatlarning ba’zi turlariga me’yorlar belgilangan bo‘lsa-da, ammo amaliyotda qo‘llanilmayapti Bizningcha, besh yildan kam bo‘lmagan muddatga byudjet xarajatlarining barqaror me’yorlarini joriy etish maqsadga muvofiqdir.

Rivojlangan mamlakatlar tajribasi ko‘rsatishicha, davlatning iqtisodiy rivojlanishi ma’lum chegaraga etgunga kadar, o‘z zimmasidagi ijtimoiy muammolarni xal etish uchun moliyaviy mablag‘lar markazlashtirilishining kuchaytirilishi takozo etiladi. Ayrim mamlakatlarda davlat iqtisodiyotining ijtimoiy yo‘naltirilganligiga qarab, soliq yukining simlanish darajasi turlicha bo‘lishi mumkin.



Download 3.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling