J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy


XMKga a'zolikka kirishda quyidagi shartlarga amal qilinadi: XTTB a'zoligi; XM


Download 1.93 Mb.
bet24/131
Sana15.03.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1271692
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   131
Bog'liq
J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy

XMKga a'zolikka kirishda quyidagi shartlarga amal qilinadi:

  • XTTB a'zoligi;

  • XM K kelishuv moddasini imzolash.

XMK turli xii tarmoqlardagi loyihalarni moliyalashtiradi, ularga qishloq xo'jaligi, tog' sanoati, ishlab chiqarish, turizm va boshqalarni kiritish mumkin. Ammo birinchi navbatdagi yo'nalish, xususiy sektor bo'lib hisoblanadi. XM K faoliyatining to'rtta asosiy yo'nalishini ajratib ko'rsatish mumkin:

  • xususiy sektor loyihalarini moliyalashtirish;

  • rivojlanayotgan mamlakatlardagi tashkilotlarga xalqaro moliya bozorlaridan kapital jalb qilishda yordamlashish;

  • ta'lim, sog'liqni saqlash va infratuzilmani rivojlantirishga yo'naltirilgan xususiy investitsiyalar yo'lidagi to'siqlarni bartaraf etish, shuningdek, innovatsion moliyaviy mahsulotlardan foy­ dalanish va salohiyatni oshirish orqali ichki moliya bozorlarini rivojlantirish;

  • hukumatlarga maslahat va texnik yordam ko'rsatish.

XMK rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlardagi yuqori rentabelli korxonalarni kreditlaydi. XMK kreditlarining muddati odatda 15 yildan oshmaydi, o'rtacha muddat esa 3- 7 yildir.
XMKning xususiyati shundaki, uning mablag'laridan inves­ titsiya olish uchun korxona va tashkilotlarga kredit berilganda, JTTB va XRA talab qilgandek a'zo mamlakatlarga hukumat ka­ folatlari talab qilinmaydi. Bu xususiy kompaniyalar uchun ular faoliyati ustidan davlat nazoratidan saqlaydi va rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotiga chet el kapitalini jalb qilish manfaat­ lariga xizmat qiladi.
Investitsiyalarni kafolatlash bo'yicha ko'p tomonlama agent­ lik (IKKA) (ing. Multilateral Investment Guarantee Agen­ sy) - Jahon banki guruhiga kiruvchi mustaqil xalqaro tash­ kilotdir. IKKAning asosiy maqsadi bo'lib, rivojlanayotgan mamlakatlarga xorijiy to'g'ri investitsiyalarni yo'naltirishga ko'maklashish, shuningdek, axborot va konsultatsiya xizmat­ larini ko'rsatish hisoblanadi. Shu bilan birga IKKA siyosiy risklardan sug'urtalashni yoki rivojlanayotgan mamlakatlarga xorijiy to'g'ri investitsiyalarni rag'batlantirish maqsadida kafolat berishni amalga oshiradi.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling