J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy


Egiluvchan kredit liniyasi


Download 1.93 Mb.
bet22/131
Sana15.03.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1271692
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   131
Bog'liq
J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy

Egiluvchan kredit liniyasi. Egiluvchan kredit liniyasi asosiy iqtisodiy ko'rsatkichlari juda yaxshi bo'lgan mamlakatlar uchun mo'ljallangan. Egiluvchan kredit liniyasi to'g'risidagi bitim foy­ dalanish bo'yicha o'rnatilgan talablarga oldindan javob beruvchi mamlakatlar uchun tasdiqlanadi.
Egiluvchan kredit liniyasining qo'llanilish muddati bir-ikki yil­ dan iborat bo'ladi, qaytarish muddati esa stend-bay mexanizmiga o'xshash hisoblanadi. Ushbu mexanizmdan foydalanish aniq ho­ latlarni hisobga olish orqali belgilanadi, unga odatdagi foydala-
nish cheklovlari qo'llanilmaydi, mablag' esa bosqichma-bosqich emas balki, bitta to'lov bilan beriladi.
Oldini oluvchi kredit liniyasi. Oldini oluvchi kredit liniyasi asosiy iqtisodiy ko'rsatkichlari ishonchli bo'lgan asoslangan iqti­ sodiy siyosatga va bunday siyosatni o'tkazishning yuqori tajriba­ siga ega bo'lgan mamlakatlar uchun mo'ljallangan. Oldini oluvchi kredit liniyasining davom etish muddati bir yildan ikki yilgacha bo'lishi mumkin.
Favqulodda yordam. XVF tabiiy ofatni boshdan kechirayot­ gan yoki urush oqibatlarini bartaraf etayotgan mamlakatlar uchun favqulodda yordam ko'rsatadi. Favqulodda kreditlar bo'yicha yig'imlarning baza stavkasi undiriladi, kreditlar 3-5 yil davomida qaytarilishi kerak.
XVFning resurslaridan foydalanish uchun mamlakat o'zining to'lov balansini moliyalashtirishga bo'lgan ehtiyojni asoslab beri­ shi lozim. Moliyalashtirish zaruriyatini belgilovchi mezonlar si­ fatida XVF mamlakat to'lov balansining holati, uning xalqaro zaxiralar qoldig'i va mamlakatning zaxira pozitsiyasi dinamika­ sidan foydalanadi. Shuningdek, to'lov balansi tengsizligi sababla­ rini bartaraf etish uchun mamlakat tomonidan qabul qilingan chora-tadbirlar samaradorligi ham hisobga olinadi.

    1. Jahon banki guruhi va unga kiruvchi tashkilotlar faoliyati

Jahon banki 190 dan ortiq rivojlangan hamda rivojlanayot­ gan mamlakatlarga moliyaviy yordam ko'rsatuvchi xalqaro moliya tashkilotidir.
Jahon bankining bosh maqsadi - iqtisodiy o'sish davrini boshdan kechirayotgan rivojlanayotgan mamlakatlarni kredit­ lash yo'li bilan kambag'allik darajasini pasaytirish hisoblanadi. Kreditlar ushbu davlatdagi iqtisodiy o'sishni jadallashtirish­ ga hamda fuqarolarning hayot darajasi yaxshilanishiga imkon tug'diradi.
Hozirgi davrda Jahon banki ming yillik Deklaratsiyasiga mu­ vofiq o'z faoliyatining asosiy vazifalarini belgilab olgan. Ming
yillikdagi rivojlanish maqsadlariga 2015-yilgacha erishish lozim bo'lib, u o'z ichiga quyidagilami olgan:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling