J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy


IKKA 1988-yilda a'zo mamlakatlarning badallari evaziga tashkil topgan. Hozirgi kunda 2010-yil holatiga ko'ra IKKAga


Download 1.93 Mb.
bet25/131
Sana15.03.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1271692
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   131
Bog'liq
J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy

IKKA 1988-yilda a'zo mamlakatlarning badallari evaziga tashkil topgan. Hozirgi kunda 2010-yil holatiga ko'ra IKKAga 175 mamlakat a'zolikka qabul qilingan 10IKKA xalqaro tashki­ loti to'g'risidagi konvensiya 1985-yil 11-oktabrda Vashingtonda imzolangan. Shuningdek, shtab-kvartirasi ham Vashingtonda joylashgan.
IKKA kafolati investorlarni, shartnoma shartlarini buzish­ dagi, harbiy va fuqarolar g'alayonidagi, musodara qilishdagi hamda mablag'larni o'tkazishdagi cheklovlarda yuzaga keladigan risklardan himoya qiladi. Ammo tijorat risklarini sug'urtalash, masalan, bankrotlik riski amalga oshirilmaydi. IKKA shuning-



10 www.mfino.ru.
dek, rivojlanayotgan mamlakatlar o'rtasida bo'ladigan investitsiya munosabatlarini ham sug'urtalashni amalga oshiradi.
IKKA kafolatiga mamlakatda ro'yxatdan o'tmagan faoliyati
investitsiya bilan bog'liq bo'lgan xususiy firma va fuqarolar ham da'vogarlik qilishi mumkin. Kafolat 3 yildan tortib 15-20 yil muddatgacha amalga oshiriladi. Jahon banki kafolatidan farqli tomoni shundaki, investitsiyalash uchun mamlakat hukumatidan qarshi kafolat talab qilinmaydi.
Shu bilan birgalikda IKKA kreditlar bermaydi hamda mus­
taqil investor bo'lib hisoblanmaydi. Alkogol va tamaki mahsu­ lotlarini ishlab chiqarish hamda qimor o'yinlarini tashkil etish uchun qilingan investitsiyalarga kafolat berilmaydi. Hozirgi payt­ da kafolatlashning maksimal miqdori bitta investitsion loyiha uchun I IO min AQSH dollarini hamda bitta mamlakat uchun
440 min AQSH dollarini tashkil qiladi. Qayta sug'urtalash va birgalashib sug'urtalashda ushbu chegara sezilarli darajada ortiq bo'lishi mum kin11.
Shuningdek, rivojlanayotgan mamlakatlarda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan notijorat risklar quyidagilar bo'lishi mumkin:

  • milliy valutaning erkin ayirboshlashni to'xtatish va bu bi­ Ian bog'liq investor mamlakatiga daromadlarni o'tkazish bilan bo'ladigan muammolar;

  • investor mulkining barbod bo'lishi;

  • harbiy harakatlar;

  • to'ntarishlar va ijtimoiy-siyosiy vaziyatning o'zgarishi;

  • hukumat qarori natijasida shartnomaning bajarilmay qoli- shi.

O'z oldiga qo'ygan maqsadni amalga oshirish uchun IKKA
yuqorida keltirilgan notijorat risklarga kafolatlarnigina emas, bal­ ki shuningdek, rivojlanayotgan a'zo mamlakatlarning hukumat organlariga siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirishga nisbatan





11 http://www.miga.org/about.
dastur va tartib yuzasidan maslahatlar beradi hamda chet el in­ vestorlarini qo'llab-quvvatlaydi.
Investitsion bahslarni hal qilish bo'yicha xalqaro markaz (ing. ICSID - International Centre for Settlement of Investment Dis­ putes) - yuqorida ko'rib o'tgan tashkilotlarimizdek Jahon banki guruhiga kiruvchi mustaqil xalqaro tashkilot bo'lishi bilan bir qa­ torda BMTning maxsus tashkiloti ham hisoblanadi. Investitsion bahslarni hal qilish bo'yicha xalqaro markazning maqsadi bo'lib, xalqaro investitsion bahslarni hal qilish va tomonlarni o'zaro mu­ rosaga keltirish uchun huquqiy imkoniyatlarni ta'minlash hisob­ lanadi. Markaz xususiy investitsiyalar yo'lidagi tashqi iqtisodiy to'siqlarni bartaraf etishga qaratilgan hamda davlatlar va xususiy investorlar o'rtasidagi bahslarni hal qiluvchi xalqaro mustaqil ar­ bitraj tashkiloti sifatida qaraladi.
Investitsion bahslarni hal qilish bo'yicha xalqaro markaz, dav­ latlar va boshqa davlatlarning fuqarolari o'rtasidagi investitsion bahslarni hal qilish bo'yicha konvensiyaga (Vashington konven­ siyasi) muvofiq tashkil qilingan. Ushbu konvensiya Investitsion bahslarni hal qilish bo'yicha xalqaro markazning haq-huquqla­ rini, tashkiliy tuzilmasini va asosiy vazifalarini belgilab berdi. Konvensiya 1965-yil 18-martda imzolangan va 1966-yil 14-ok­ tabrdan kuchga kirgan. Hozirgi kunda Investitsion bahslarni ha! qilish bo'yicha xalqaro markazning a'zolari bo'lib 146 ta mam­ lakat hisoblanadi. 12
Konvensiya bahslarni ha! qilishning ikkita asosiy yo'lini ko'rib chiqadi: tomonlarni murosaga keltirish va arbitraj ishlab chiqish. Bularga muvofiq konvensiyada ishlarni qo'zg'ash uchun, tomon­ larni murosaga keltirish masalasi bo'yicha ish ko'rish uchun va arbitraj o'tkazish uchun tartib qoidalar keltirilgan. Markazda to­ monlarga xizmat ko'rsatish ixtiyoriy ravishda va to'lov evaziga amalga oshiriladi. To'lovlar miqdori bosh kotib tomonidan tas­ diqlanadi. Hozirgi paytda ko'pgina shartnomalar xususan, trans-



12 ttp://icsid.worldbank.org/

chegaraviy investitsiyalar doirasida tuzilgan shartnomalar in­ vestitsion bahslarni yuzaga kelish holatini hal qiluvchi sifatida Investitsion bahslarni hal qilish bo'yicha xalqaro markazda izoh­ dan o'tkaziladi.



    1. Download 1.93 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling