J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy
Download 1.93 Mb.
|
J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Y-C-G=I+Xn (2) Natijada, (Y-C-G)
Mamlakat to'lov balansining makroiqtisodiy modeli
Mamlakat to'lov balansi mahsulot va xizmatlar bozori moli yaviy oqimi uzviy aloqaga ega. Bu aloqadorlikni milliy hisob chil ik tizirni orqali quyidagicha ifodalash mumkin: Y=C+l+G+Xn (I) Bu yerda: Y - yalpi milliy mahsulot hajmi; C - iste'mol xara jatlari hajmi; I - investitsion xarajatlar hajmi; G -davlat (budjet) xarajatlari hajmi; Xn- mamlakatning sof eksport hajmi. Mazkur t:englikni quyidagi shaklga almashtirish mumkin: Y-C-G=I+Xn (2) Natijada, (Y-C-G) ushbu holat milliy jamg'arish (S) hajmini ifodalab, lenglikni quyidagi shaklda yozish imkonini beradi: S=I+Xn (3) Bir mamlakat iqtisodiyotida milliy jamg'arish hajmi(S)ni ik kiga ajratib ko'rsatish ham mumkin (S= S1+ S2) . Ya'ni shaxsiy jamg'arma (S1 = Y-T) va davlat jamg'armasi (S2 =T-G). Buyer da: T - davlat budjetiga soliqlardan tushum va majburiy to'lovlar hajrni. (3) formuladan tenglikning bir tomoniga barcha ko'rsatkich larni olib o' tgan holda, milliy hisobchilik tizimida juda muhim bo'lgan quyidagi ifodaga ega bo'lamiz: (l-S)+Xn=O (4) Mazkur ifoda, milliy hisobchilik tizimida kapitalni jamg'arish (1--S) uchun xalqaro mablag'lar oqimi va xalqaro tovar hamda xizmatlar oqimi (Xn) o'rtasidagi aloqadorlikni ko'rsatib beradi. Tenglikning har bir bo'lagi to'lov balansi bilan bog'liq o'z nomiga ega, ya'ni: (1-S) - to'lov balansida kapital va moliyaviy vositalar bilan operatsiyalar hisobi qoldig'ini ko'rsatadi. Xn - to'lov balansidagi joriy operatsiyalar hisobi qoldig'ini ko'rsatadi. Kapital va moliyaviy vositalar bilan operatsiyalar hisobi qoldig'i (I-S) mamlakat ichidagi jamg'armadan investitsiyalar ning ortiq qismini ko'rsatadi. Mamlakat ichidagi investitsiyalar jamg'armadan ochiq iqtisodiyot sharoitida ortiq bo'lishi mum kin. Chunki investorlar o'z loyihalarini moliyalashtirish uchun mamlakat ichidagi jamg'armadan ortiqcha mablag'ni faqat ja hon moliya bozoridan jalb etadi (oladi). Joriy operatsiyalar hisobi qoldig'i (Xn) mamlakatning sof eksporti evaziga xorijdan olingan mablag'larni anglatadi. Milliy hisobchilik tizimining asosiy ayniyatlari to'lov balan sining kapital va moliyaviy vositalar bilan operatsiyalar hiso bi va joriy operatsiyalar hisobi o'zaro muvozanatlashgan, ya'ni tenglashgan bo'lishi lozim. Bu esa, to'lov balansida kapital va moliyaviy vositalar bilan operatsiyalar hisobi qoldig'i bilan joriy operatsiyalar hisobi qoldig'i yig'indisi nolga teng bo'lishini ang latadi va quyidagi ayniyat to'lov balansi uchun milliy hisobchilik tizimidagi asosiy tenglama ekanligini ko'rsatadi. (1-S)+Xn=O = BP (Balance of Payments) Agar, (I-S) qiymat ijobiy bo'lsa va (Xn) manfiy bo'lsa, kapi tal va moliyaviy vositalar bilan operatsiyalar hisobi qoldig'i ijobiy va joriy operatsiyalar hisobi qoldig'i salbiy (defitsit) bo'lganligini anglatadi. Bu esa, biz jahon moliya bozoridan qarz olgan holda, o'zimizning eksportimizdan ko'p import qilganligimizni bildiradi. Agar, (1-S) qiymat manfiy (taqchillik) bo'lsa va (Xn) ijobiy bo'lsa, kapital va moliyaviy vositalar bilan operatsiyalar hisobi qoldig'i salbiy (defitsit) va joriy operatsiyalar hisobi qoldig'i esa profitsit bo'lganligini anglatadi. Bu esa, biz jahon moliya bo zoriga kreditor sifatida chiqayotganligimizni va o'zimizning im portimizdan ko'p eksport qilayotganligimizni bildiradi. Bir tomondan, bir mamlakat jamg'armasi undagi investitsiya Iar miqdoridan ortiq ketadigan bo'lsa, ortiqcha qism xorijga kredit sifatida beriladi. Boshqa mamlakatga ega o'sha mamlakat tovar lari va xizmatlarini sotib olishi (import) uchun ortiqcha moliyaviy mablag' kerak bo'ladi va Xn ijobiy qoldiqqa ega bo'ladi. Boshqa Lomondan esa, agar bizning investitsiyamiz o'z jamg'armalarimizdan ortib ketsa, ortiqcha investitsiyalar xorijiy mamlakatlardan mo!iyalashtirilganligini anglatadi. Jalb etilgan ushbu qarz mablag'lari hisobiga o'z eksportimizdan ko'ra ko'proq mahsulotni import qilish imkonini beradi va Xn salbiy qoldiqqa ega bo'ladi. Xalqaro kapital oqimi bir gator shakllarda bo'lishi mumkin. Kapital harakatidagi ijobiy qoldiq yuzaga kelsa, odatda mam lakat chet eldan qarz olgan hisoblanadi. Xuddi shunday, kapital ning xalqaro joylashuvi chet elliklar tomonidan o'sha mamlakat aktivlariga ega bo'lish shaklida ham bo'lishi mumkin. Masalan, yaponiyal ik investorlar amerikadagi Rokfellerlar markazini egal laganda, ushhu bitim natijasida AQSH to'lov balansining kapital harakati hisobi ijobiy qoldiqqa ega bo'lgan, lekin Yaponiyadan qarz olmagan. Xorijliklar tomonidan mamlakatning ichki qarz majburiyatlari (davlat obligatsiyalari va h.k.) olinganda, ya'ni mamlakat chetdan qarz olganda ham, mamlakat ichidagi ak tivlarga ega bo'lganda ham, ularning ushbu mamlakat kapitali dan kelajakda olinadigan daromadga ega bo'lish huquqi mavjud. Boshqacha aytganda, har ikki holatda ham, chet elliklar ush bu mamlakat kapital zaxirasining ma'lum bir qismiga (ulushi ga) ega bo'lishadi. Tashqi iqtisodiy faoliyat natijasidan olingan ijobiy qoldiqlar, < To'lov balansining yakuniy makroiqtisodiy modeli quyidagi ko'rinishga ega: (I - S) +Xn + OR =O Shunday qilib, joriy operatsiyalar hisobi qoldig'i, nafaqat xalqaro kapital harakati hisobi qoldig'i bilan, balki ((I - S)+ OR) summa bilan tenglashtiriladi. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling