J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy
Download 1.93 Mb.
|
J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy
Xalqaro kreditning valuta-moliyaviy va to'lov shartlari
Kredit va to'lov valutasi, kredit summasi, muddati, foydalanish hamda so'ndirilish shartlari, qiymati, ta'minot turi, xavf-xatarlarni sug'urtalash usullari xalqaro kreditning shartlarida ko'rib chiqiladi. Kredit va to'lov valutasi. Xalqaro kredit munosabatlarida kredit berilayotgan valuta katta ahamiyatga ega bo'lib, bu holat inflyatsiya va valutaning barqarorlik darajasiga uzviy bog'liq. Kredit valutasini belgilashda quyidagi omillar e'tiborga oli nadi: valuta barqarorligi; foiz stavkasining darajasi; xalqaro hisob-kitoblar shakllari; inflyatsiyaning darajasi; valutaning kursi va uning dinamikasi. Kredit berilayotgan valuta va to'lov valutasi bir-biridan farq qilishi mumkin. Xalqaro kreditlarda milliy valuta (qarz oluvchi ning yoki beruvchining milliy valutasi), erkin ayirboshlanadigan valuta (AQSH dollari, Yaponiya yenasi, Buyuk Britaniya funt sterlingi, yevro va h.k.) va xalqaro pul birliklaridan (SDR) foy dalaniladi. To'lov valutasi kredit valutasi bilan bir turda bo'lmasligi mum kin. Masalan, kreditor valutasida taqdim etilgan < Kreditning summasi (limiti) qarz oluvchiga tovar yoki pul shaklida taqdim etilgan ssuda kapitalining bir qismidir. Firma kreditining summasi tijorat shartnomasida qat'iy belgilanadi. Bank kreditining summasi (kredit liniyasi) kredit bitimi yoki (odatda qisqa muddatli kredit operatsiyasida) turli aloqa vositalari orqali belgilanadi. Shartlari bo'yicha o'zaro farqlanuvchi bir yoki bir nechta transh (ulush)lar ko'rinishida ham xalqaro kreditlar taqdim etilishi mumkin. Xalqaro amaliyotda eksport qilinayotgan mashina va asbob-uskunalar qiymatining odatda, qariyb 85 foizi kredit orqali qoplanadi. Qolgan qismi esa importyorning ekspor tyorga bergan kafolati, bo'nak yoki naqd to'lovlar orqali amalga oshiriladi. Xalqaro kreditning muddati bir qancha omillar ta'sirida bel gilanadi. Ularga kreditning maqsadi, kreditlarga bo'lgan talab va taklifning o'zaro nisbati, bitimning qiymati, milliy qonunchilik, kreditlash amaliyoti, davlatlararo kelishuv va boshqa omillar ki radi. Kredit muddati jahon bozorida raqobat kurashining muhim vositasi hisoblanadi. Kreditning samaradorligini aniqlash maqsa- dida to'liq va o'rta muddatlar farqlanadi. To'liq muddat kredit dan foydalanish boshlanishidan u to'liq so'ndirilgungacha bo'lgan davriy oraliqni o'z ichiga oladi. To'liq muddat (Tm) tarkibi kredit dan foydalanish davri (Fd)dan, kreditning qoplash muddatini keyinga qoldirishni nazarda tutuvchi imtiyozli davr (ld)dan ham da asosiy va foiz bo'yicha qarzni qoplash davri (Kd)dan tashkil topadi va u quyidagicha aniqlanadi: Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling