J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy


Download 1.93 Mb.
bet90/131
Sana15.03.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1271692
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   131
Bog'liq
J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy

Tayanch so'z va ihoralar
Xalqaro kredit, kredit diskriminatsiyasi, firmaning (tijorat) krediti, vekselli kredit, ochiq hisobvaraqlar bo'yicha beriladigan kredit, xarid bo'nagi, bank kreditlari, eksport krediti, iste'mol kredi. moliyaviy krediti, akseptli-rambursli kredit, broker krediti, tashqi iqtisodiy faoliyatni uzoq muddatli moliyalashtirish, kom­ pensatsion bitimlar bo'yicha kreditlar, qo'shma moliyalashti­ rish, xalqaro sindikatlashgan yoki konsorsium kreditlari, budjet mablag'lari hisobdan ajratiladigan uzoq muddatli xalqaro kredit­ lar, xalqaro lizing, xalqaro kreditning to'lov valutasi, summasi, muddati, bahosi va ta'minoti.


Takrorlash uchun savollar:


l. Xalqaro kredit nima?

  1. Xalqaro kreditning qanday tamoyillarini bilasiz?

  2. Xalqaro kredit iqtisodiyotda qanday funksiyalarni baja­ radi?

  3. Kredit diskriminatsiyasi deganda nimani tushunasiz?

  4. Xalqaro kreditning qanday shakllarini bilasiz, ular to'g'risida alohida-alohida gapirib bering.

  5. Xalqaro kreditlarning faktoring va forfeyting shakllarini amalga oshirish mexanizmini, ularning bir-biridan farqli jihat­ larini aytib bering.

  6. Tashqi iqtisodiy faoliyatni uzoq muddatli moliyalashtirish­ ning qanday usullarini bilasiz?

  7. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish qanday tamoyillar asosida amalga oshiriladi?

  8. Lizing nima va uning qanday shakllari mavjud?

IO. Xalqaro kreditning qanday valuta-moliyaviy shartlari bor?


Mustaqil o'rganish uchun topshiriqlar
l. Xalqaro qarzdorlik muammosini tartibga soluvchi tashki­ lotlar bo'yicha klaster tuzing va ularning faoliyatiga doir qisqacha
(ko'pi bilan l varaqlik, yillik faoliyat natijalarini ham ko'rsatgan holda) ma'lumotnomani tarqatma material ko'rinishida tayyor­ lang.

  1. Xalqaro kredit munosabatlarini davlat va bozor mexanizmi orqali tartibga solish amaldagi holatini va ularning o'zaro nisbati qanday bo'lishi kerakligi to'g'risida mutaxassislar fikrini oldindan belgilangan shakldagi so'rovnoma orqali o'rganing.

  2. Rivojlanayotgan mamlakatlarni xalqaro kreditlash va moli­ yaviy resurslar bilan ta'minlash holatini o'rganing va uning mil­ liy iqtisodiyotda xavfsizlik darajasi bo'yicha ko'rsatkichlarini tizimlashtiring hamda bu to'g'risida mutaxassislar fikrini oldin­ dan belgilangan shakldagi so'rovnoma orqali tahlil qiling.

  3. «World investment Report>> (UNCTAD (BMTning savdo va rivojlanish bo'yicha konferensiyasi)ning hisoboti) asosida ja­ honda to'g'ridan to'g'ri xorijiy investitsiyalar harakati to'g'risidagi ma'lumotlarni tahlil qilib, zamonaviy tendensiyalarga baho be­ ring.

  4. Mamlakatimizda chet el investitsiyalarini tartibga solish­ ning qonuniy-huquqiy me'yorlari va ularga berilgan turli imti­ yozlar bilan <> nomli baliq skeletini tuzing.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling