J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy


Jahon iqtisodiyoti globallashuvining bosqichlari


Download 1.93 Mb.
bet11/131
Sana15.03.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1271692
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   131
Bog'liq
J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy

Jahon iqtisodiyoti globallashuvining bosqichlari


Bosqichlar

Bosqichlarning xususiyatlari

I bosqich. 1870-
1920-yillar

Xomashyo manbalarining egallanishi.
Tabiiy resurslarning kapital va to'g'ridan to'g'ri in-
vestitsiyalarni eksport qiluvchi mamlakatlar nazorati ostidagi hududlarda ishlatilishi.

II bosqich. 1920-
1970-yillar

Yangi bozorlarning vujudga kelishi va egallanishi. Xorijiy investitsiyalarni tayyor mahsulotlar ekspor-
tiga yo'naltirilgan ishlab chiqarishlarga safarbar etili-
shi.

III bosqich. 1970-yildan hozirgi davr- gacha



Sanoati rivojlangan mamlakatlarda tabiiy resurslarga egalik qilishdan tashqari quyidagi maqsadlarning yu- zaga kelishi:
investitsiyalar tarkibini samarali taqsimlash;
global yoki hududiy iqtisodiy integratsiya afzallikla- ridan foydalanish;
qo'shimcha texnologik, tashkiliy yoki bozor imkoni- yatlariga ega bo'lish;
global raqobatbardoshlikni oshirish va mustahkam-
lash.

Globallashuv jarayonini rivojlantiruvchi asosiy omillar sifatida quyidagilarni ajratib ko'rsatish mumkin:



  1. lshlab chiqarish, fan-texnika va texnologik omillar: ishlab chiqarish ko'lamining keskin kuchayishi;

  • ishlab chiqarishning yangi texnologik usullariga - yuqori, ilmiy sig'imli texnologiyalarga o'tish;

  • mahsulotlar, xizmatlar, kapital va ishchi kuchlari harakati­ dagi to'siqlarga barham berilishi;

  • mahsulotlar va xizmatlarni tezlik bilan tarqatishni ta'minlovchi transport va aloqaning sifatli tizimi yaratiladi;

  • ilmiy va intellektual bilimlarni almashishning samarali tizimi vujudga keladi.

  1. Tashkiliy omillar:

  • ishlab chiqarish - xo'jalik faoliyatini amalga oshirishning xalqaro shakli sifatida transmilliy korporatsiyalarning yuzaga kelishi;

  • nohukumat tashkilotlarining ko'p millatli yoki jahon dara­ jasiga chiqishi;

  • ko'p millatli kompaniyalar va boshqa tashkilotlarning glo­ bal iqtisodiyotda asosiy rol o'ynovchi xususiy yoki davlat tashki­ loti sifatida o'zgarishi.

  1. lqtisodiy omillar:

  • kapital bozori, mahsulotlar va xizmatlar savdosining erkin­ lashuvi hamda jahon savdosini erkinlashtiruvchi va proteksionizm siyosatini cheklovchi iqtisodiy erkinlashuvning boshqa shakllarini keng joriy etilishi;

  • kapital to'planishi va markazlashuvining kuchayishi, hosila moliyaviy instrumentlar bilan bog'liq operatsiyalarning oshishi, valutaviy bitimlarni amalga oshirish vaqtining keskin qisqarishi;

  • xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan makroiqtisodiy si­ yosatning yagona mezonlarini joriy etilishi va boshqa iqtisodiy siyosatga oid talablarning birxillashtirilishi;

  • standartlashtirish tendensiyasining kuchaytirilishi. Barcha mamlakatlar tomonidan texnologiya, ekologiya va moliyaviy tash­ kilotlar faoliyatida, shuningdek, buxgalteriya va statistik hisobot­ lar tizimida yagona standartlardan foydalanishning keng joriy etilishi.

  1. Axborot omillari:

  • moliyaviy, iqtisodiy, ilmiy-texnik hamda ishlab chiqa­ rishga oid ma'lumotlar almashinish tizimining tubdan o'zgarishi. Ma'lumotlarni taqdim etish, qabul qilish va qayta ishlashning mutlaqo yangi tizimlarining yuzaga kelishi va rivojlanishi nou­ xau va professional xizmatlarni o'z ichiga olgan moliyaviy va mahsulot bozorlarini birlashtiruvchi global tarmoqni yaratishga yordam berdi;

  • bitta markaz orqali turli mamlakatlarda joylashgan ishlab chiqarishlarni boshqarishga imkon beruvchi tizimning shaklla­ nishi;

  • mahsulotlarni realizatsiya qilishning yangi shakllari vujud­ ga kelishi.

Yuqoridagi qayd etilgan omillar ta'siri natijasida globallashuv jarayoni kuchaygan holda jahon iqtisodiyotining barcha soha va bo'g'inlarini egallab boradi.

    1. Download 1.93 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling