J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy
bob. JAHON MOLIYAVIY-IQTISODIY INQIROZI
Download 1.93 Mb.
|
J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy
bob. JAHON MOLIYAVIY-IQTISODIY INQIROZIIqtisodiy sikl harakati va moliyaviy inqiroz: mohiyati va xususiyatlari. Xalqaro moliya bozorida inqirozlar yuzaga kelish omillari va konsepsiyalari. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi yuzaga kelishining asosiy sabablari. lqtisodiy sikl harakati va moliyaviy inqiroz: mohiyati va xususiyatlari ,Moliyaviy inqiroz-- iqtisodiyotning bir qismi bo'lgan moliya tizimida spekulyativ yoki sof monetar omillar ta'sirida tanglikning yuzaga kelishini anglatib, moliya tizimini yangidan isloh qilish zaruratini oshirsa, iqtisodiy inqiroz butun iqtisodiyotni izdan chiqargani bois uni qayta tiklash, modernizatsiyalashni taqozo etadi. Bundan ko'rinadiki, iqtisodiy inqiroz moliyaviy inqirozga nisbatan ko'lami va salbiy ta'siri jihatidan ancha xavflidir. Zamonaviy iqtisod fanida iqtisodiy sikllarning ko'plab turlari e'tirof etilsa-da, hanuzgacha yagona tasnifga kelinmagan. Shun day bo'lsa-da, iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodiy sikllarning quyi dagi to'rt turi keng tarqalgan: Kitchin sikli (tovar zaxiralari sikli, uzunligi 2-4 yil); Juglar sikli (biznes sikli, uzunligi 7-12 yil); Kuznets sikli (qurilish sikli, uzunligi 16-25 yil); Kondratev sikli (uzun sikllar, uzunligi 40-60 yil). Kitchin sikli korporatsiyalar tovar-moddiy zaxiralarining bo zordagi talab va taklif o'zgarishiga mos ravishda tebranishi nati jasida yuzaga kelsa, Juglar sikli dastavval sanoatdagi asosiy kapital amortizatsiyasi muddatlari bilan belgilanadi. Kuznets siklining yuzaga kelishida qurilish, tug'ilish va migratsiya, ya'ni demo grafik omillar muhim o'rin tutadi. Kondratev sikli asosida yotuvchi kapitalning jamlanish, markazlashuv, bo'linish va qadrsizlanish mexanizmi bozor iqtisodiyoti rivojlanishining muhim omili hisoblanib, siklning pasayish to'lqinidan ko'tarilish to'lqiniga o'tishi va, o'z navba tida, yangi siklning ko'tarilish fazasiga o'tishini ta'minlashga xizmat qiladi. lqtisodiy siklning asosiy fazalari ko'tarilish, inqiroz, depres siya va jonlanishdan iborat. Siklik tebranishlarni tadqiqot obyekti sifatida o'rgangan gator iqtisodchi olimlar sikllarning yuzaga kelishiga sabab bo'luvchi omillar sifatida muvozanat modellari asosida yotgan omillarni ajratib ko'rsatishadi (3.1-jadvalga qarang). 3.1-jadval Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling