J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy
bob. JAHON IQTISODIYOTI GLOBALLASHUVI
Download 1.93 Mb.
|
J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy
bob. JAHON IQTISODIYOTI GLOBALLASHUVIJahon iqtisodiyoti globallashuvi tushunchasining mohiyati va uning asosiy jihatlari. Globallashuv jarayonining asosiy manbalari, omillari va rivojlanish bosqichlari. Globallashuvning milliy iqtisodiyot barqarorligiga ta'siri. Jahon iqtisodiyoti globallashuvi tushunchasining mohiyati va uning asosiy jihatlari XX-XXI asrlar bo'sag'asida jahon iqtisodiyotida yangi ter min globallashuv degan tushuncha paydo bo'lgan edi. Ushbu jarayon hozirgi kunda ko'pgina mamlakatlarning iqtisodchi olimlari tomonidan alohida ilmiy muammo sifatida tadqiq etilmoqda. Globallashuv jarayonining rivojlanishi natijasida butun dunyo yagona global tizimga aylanishi sodir bo'ladi. Globallashuv jara yoni 1990-yillardan juda dolzarb masalaga aylandi, biroq mazkur jarayonning turli xii jihatlari ilmiy tadqiqotlarda 1960-1970-yil lardan boshlab jiddiy muhokama qilina boshlagan edi. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi - bu, dunyo maydonini yagona hududga aylanishini anglatadi va bunda tovar va xizmat lar, kapital, axborotlar oqimining erkin harakati yuzaga keladi. Shuningdek, mazkur jarayon natijasida zamonaviy institutlar rivojlanishini rag'batlantiruvchi g'oyalarning tarqalishi va ularni tashuvchilarning erkin harakatlanishiga imkon yaratiladi. Globallashuv jarayoni zamonaviy jahon iqtisodiyotining muhim tendensiyalaridan hisoblanadi. Chunki ushbu jarayon jahon iqti sodiyotida ro'y berayotgan boshqa tendensiyalar kuchsiz namoyon bo'layotgan mamlakatlar iqtisodiyotida ham kuzatilmoqda. Rivoj lanayotgan mamlakatlarning aksariyat qismi transmilliylashish, integratsiyalashish va industriallashish jarayonlariga kam jalb etilgan. Shu bilan bir vaqtda ushbu mamlakatlar jahon tovarlar, xizmatlar, kapital (asosan iqtisodiy yordam ko'rinishida), ishchi kuchi (eksporterlar sifatida) va texnologiyalar bozorining faol ishtirokchilari sanaladi. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi - jahon iqtisodiyotining o'zaro bog'liq bo'lgan turli ishlab chiqarish soha va jarayonlari ning kuchayib borishi, jahon xo'jaligida tovarlar, xizmatlar, kapi tal, ishchi kuchi va texnologiyalar bozorini asta-sekinlik bilan yagona bozorga aylanishini bildiradi. Jahon iqtisodiyotida globallashuv jarayoni unga teskari jarayon iqtisodiy faoliyatning hududiy integratsiyalashuv jarayoni bilan birga kechmoqda. Ushbu jarayon cheklangan miqyosda, tovar lar va ishlab chiqarish omillarining erkin harakatiga asoslangan mamlakatlar guruhini qamrab oladi. Hududiy integratsiyalashuv, bir tomondan, turli mamlakat larning iqtisodiy jihatdan birlashish jarayonini rag'batlantirsa, ikkinchi tomondan, alohida iqtisodiy guruhlar o'rtasida qarama qarshilik va raqobatni kuchaytirish orqali jahon iqtisodiyotining globallashuv jarayonini sekinlashtiradi.
\ / \ Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling