J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy


Download 1.93 Mb.
bet5/131
Sana15.03.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1271692
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   131
Bog'liq
J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy

Jahon moliyaviy muhiti

Jahon valuta tizimi





1.2-rasm. Xalqaro moliyaning tuzilmasi

Xalqaro moliyaning barcha tashkiliy elementlari jahon moli­ yaviy muhitida birlashadi.


Jahon moliyaviy muhiti investorlar va korporatsiyalar moli­ yasi, banklar boshqaruvchilari qabul qiluvchi qarorlarga ta'sir ko'rsatadi hamda jahon moliya bozori o'sishi sharoitini aniqlaydi. Xalqaro moliya tizimining asosiy funksiyalari sifatida qu­
yidagilarni ko'rsatish mumkin:

  • valutalar ayirboshlash va hisob-kitob tizimi shartlarining birxillashuvi;

  • valuta kurslari rejimlarini tartiblashtirish va valuta cheklov­ larini tartibga solish;

  • xalqaro valuta likvidligini tartibga solish;

  • kredit, sug'urta, investitsiya va fond operatsiyalari xalqaro qoidalarini birxillashtirish;

  • mazkur funksiyalarni amalga oshiruvchi va nazorat qiluv­ chi xalqaro moliya institutlarini tashkil etish.

Xalqaro moliya munosabatlarining subyektlari sifatida qu­ yidagilar ishtirok etadi: davlat, korxona, tashkilotlar, firmalar hamda xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari, transmilliy korporatsiyalar, transmilliy banklar, birjalar, jismoniy shaxslar. Xalqaro moliya munosabatlari turli mamlakatlarning xo'jalik yurituvchi subyektlari o'rtasida, davlat va boshqa mamlakatlar hukumatlari hamda xalqaro tashkilotlar o'rtasida, davlat va kor­ xonalar bilan xalqaro moliya institutlari o'rtasida yuzaga kelishi mumkin.
Davlat xalqaro moliya sohasida faoliyat ko'rsatuvchi asosiy subyekt hisoblanadi.
Markaziy banklar - bu iqtisodiyotni davlat tomonidan tartib­ ga solish organlari bo'lib, ularga monopol tarzda banknotalar chiqarish, pul muomalasi, kredit va valuta kursini tartibga solish, valuta zaxiralarini saqlash vazifalari biriktirilgan.
Xalqaro tashkilotlar - ular xalqaro shartnoma asosida tashkil etilgan bo'Iib, doimiy faoliyat ko'rsatuvchi organlarga ega bo'lgan holda jahon xo'jaligi birliklarining iqtisodiy, ijtimoiy rivojlanishi­ ga yordamlashish vazifalarini bajaradi.
Xalqaro valuta-kredit va moliya tashkilotlari - jahon iqti­ sodiyotini barqarorlashtirish maqsadida xalqaro valuta va moli­ ya-kredit munosabatlarini tartibga solish uchun davlatlararo kelishuvlar asosida tashkil etilgan iqtisodiy tashkilotlar.
Xalqaro moliyaning rivojlanishida transmilliy korporatsiyalar va transmilliy banklar kabi subyektlar faol rol o'ynaydi.


    1. Download 1.93 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling