J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy


To'lov balansiga ta'sir etuvchi omillar va


Download 1.93 Mb.
bet75/131
Sana15.03.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1271692
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   131
Bog'liq
J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy

To'lov balansiga ta'sir etuvchi omillar va uni tartibga solishning asosiy usullari

To'lov balansi mamlakatning jahon xo'jaligidagi ishtiroki, ko'lami, tarkibi va tashqi iqtisodiy aloqalari to'g'risida to'liq tasavvurni shakllantirib, unda, bular bilan birga quyidagilar ham aks etadi:

  • tovarlar, kapital va xizmatlar importiga bo'lgan talab va eksport taklifi bilan aniqlanadigan milliy iqtisodiyotdagi tarkibiy muvozanatsizlik;

  • iqtisodiyotni bozor va davlat orqali tartibga solish holatidagi o'zgarishlar;

  • bozor konyunkturasidagi omillar (xalqaro raqobat darajasi, inflyatsiya, valuta kursining o'zgarishi va h.k.).

Mamlakatning to'lov balansi holatiga ko'p omillar ta'sir eta- di. Biroq, ulardan eng asosiylari sifatida quyidagilarni ko'rsatish mumkin:
Mamlakat iqtisodiyotining va xalqaro raqobatning bir tekis rivojlanmasligi. Ma'lum bir mamlakat to'lov balansining asosiy moddalari jahon iqtisodiyotidagi boshqa mamlakatlar bilan ushbu mamlakatning raqobat qilish kuchlari nisbatani o'zida aks ettiradi. lqtisodiyotdagi siklik tebranishlar. Mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalari natijasi milliy iqtisodiyot holatiga ta'sir ko'rsatganidek, to'lov balansiga xo'jalik yurituvchi subyektlar xo'jalik faoliyatida o'sish, pasayish va tebranishlar o'z ta'sirini ko'rsatadi. Masalan, mamlakatda ishlab chiqarish hajmining or­ tishi elektr energiya manbalariga, xomashyo va asbob-uskunaga
bo'lgan import talabi ko'payishiga sabab bo'ladi. Milliy iqtisodiyot jahon iqtisodiyotiga nisbatan sekin rivojlansa, ushbu mamlakat­ dan kapitalning chiqib ketishi sodir bo'ladi. Mamlakatda rivoj­ lanish sur'atlari ortsa, yoki tezlashsa, foyda olish miqdori ham, foiz stavkalar ham oshadi, kapitalning chiqishi esa qisqaradi.
Davlatning chet eldagi xarajatlarining ortishi. Turli siyosiy va iqtisodiy maqsadlarni ko'zlagan hukumatning tashqi xarajatlari milliy iqtisodiyot uchun og'ir yuk hisoblanadi. Uning to'lov balansiga bilvosita ta'siri mamlakatning iqtisodiy o'sish, ishlab chiqarish sur'at larining o'zgarishi, milliy iqtisodiyotning eksport tarmoqlaridan resurslarni olib qo'yish, eksportni kamayishi va
h.k. orqali sodir bo'ladi.
Kapitalning kirishi va chiqib ketishi. Kapitalning chiqishi va kirib kelishi to'lov balansiga ikki tomonlama ta'sir qiladi. Xusu­ san, kapitalning chiqishi uning passivini oshiradi. Bunda eksport tarmoqlarini modernizatsiyalash uchun foydalanish mumkin bo'lgan mablag'larni o'ziga jalb etadi (ya'ni tortib oladi). Shu­ ningdek, kapital eksporti ma'lum bir davrdan so'ng dividend va foiz, foyda ko'rinishida mamlakatga xorijiy valutada mablag'larni kirib kelishini ta'minlaydi.
Xorijiy kapitallarning mamlakatga kirib kelishi importyor mamlakat to'lov balansiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Chunki tarmoq­ larga xorijiy kapitalni kiritish natijasida tarmoqlarning iqtisodiy samaradorligi ortsa, undan olingan daromad tashqi qarzla rn so'ndirishga yo'naltiriladi. Aks holda esa, u to'lov balansiga salbiy ta'sir etishi mumkin.
lnflyatsiya. In flyatsiya mamlakat to'lov balansiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Mamlakat ichida narxlarning ortishi mahalliy tovar­ lar raqobatbardoshligini kamaytiradi, ularning eksportini qiyin­ lashtiradi, tovarlar importini kuchaytiradi, chet elga kapitalning chiqib ketishi, <> sodir bo'ladi.
Favqulodda holatlar. Hosilning yo'qolishi, stixiyali (o'z-o'zidan sodir bo'lgan) qashshoqlik, tabiiy ofatlar va h.k. kabi favqulodda holatlar mamlakat to'lov balansiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Savdo cheklovlari. To'lov balansiga mamlakatlarning bir­ biriga nisbatan qo'llayotgan diskriminatsiyalari, proteksionistik harakatlari, xususan mamlakatlarning o'zaro manfaatli iqtisodiy hamkorlik munosabatlariga qarshilik qiluvchi bojxona to'siqlari to'lov balansida o'zgarishlar sodir bo'lishiga olib keladi.
To'lov balansining davlat tomonidan tartibga solinishi bu dav­ lat to'lov balansining asosiy moddalarini shakllantirishga hamda paydo bo'lgan taqchillikni moliyalashtirishga yo'naltirilgan iqti­ sodiy, jumladan, valuta, moliya, pul-kredit tadbirlarini amalga oshirishga yo'naltirilgan faoliyatining umumiy yig'indisidir.
Mamlakatning xalqaro hisob-kitoblari va valuta-iqtisodiy holatiga bog'liq holda to'lov balansini boshqarishning, tashqi iqtisodiy operatsiyalarni rag'batlantirish yoki qisqartirishga yo'naltirilgan turli usullari mavjud. To'lov balansida taqchillik mavjud bo'lgan davlatlar tomonidan, eksportni rag'batlantirish, import qilinayotgan tovarlarni kamaytirishga, xorijiy kapitalni jalb qilishga, kapitalni olib chiqib ketishni chegaralashga qaratil­ gan quyidagi tadbirlar qo'llaniladi:
Deflyatsion siyosat. Bu siyosat ichki talabni kamaytirish­ ga yo'naltirilgan holda, o'z ichiga budjet mablag'larini aholiga kamroq ishlatish, baholarni va ish haqlarini muzlatish kabilarni qamrab oladi. Uning eng asosiy instrumentlaridan biri bo'lib, moliyaviy va pul-kredit choralari hisoblanadi: budjet taqchilligini kamaytirish, Markaziy Bankning hisob stavkalarini o'zgartirishi (diskont siyosati) kredit cheklovlari, pul muassasining o'sib bo­ rishiga chegara qo'yish. lqtisodiy pasayish, ishsizlikning yuqori ko'rsatkichi va to'la foydalanilmayotgan ishlab chiqarish quvvat­ lari sharoitida deflyatsiya siyosatini qo'llash, ishlab chiqarish va bandlikning yanada pasayishiga olib keladi. Bu esa, aholining turmush darajasiga sezilarli salbiy ta'sir ko'rsatib, vaziyatni yum­ shatish bo'yicha tczkor chora-tadbirlar qo'llanilmasa, ijtimoiy ni­ zolar kelib chiqadi.
Devalvatsiya. Milliy valuta kursi (boshqa xorijiy valutalarga nisbatan qadri)ning pasaytirilishi. Bu tadbir milliy eksportni
rag'batlantirish va importni jilovlash bilan bog'liq maqsadlarda amalga oshiriladi. Ammo to'Iov balansini tartibga solishda de­ valvatsiyaning roli, uni o'tkazish tartiblari va ularga hamkorlik qiluvchi mamlakatning umumiqtisodiy va moliyaviy siyosatiga bog'liq bo'ladi. Devalvatsiya faqatgina, raqobatbardosh tovarlar ning eksport potensiali va jahon bozoridagi qulay vaziyatlarning mavjudligi sharoitidagina tovarlar eksportini rag'batlantirishi mumkin. Devalvatsiyaning importni cheklashga ta'siri esa, takror ishlab chiqarish jarayonining baynalminallashuvi hamda xalqaro ixtisoslashuv darajasining rivojlanishi bilan, mamlakatning im­ portni cheklash bo'yicha keskin choralar qo'llash imkoniyatlari pasayishidan kelib chiqadi. Shundan kelib chiqib aytish mum­ kinki, hamma mamlakatlarda ham import o'rnini bosuvchi tovarlar ishlab chiqarish siyosati muvaffaqiyatli chiqavermaydi. Devalvatsiya importni cheklashi bilan, mamlakat ichida tovarlar ishlab chiqarish xarajatlari ortishiga, narxlarning ko'tarilishiga va oqibatda, tashqi bozorlarda raqobatbardoshlik qobiliyatining yo'qolishiga olib keladi. Shuning uchun bu tadbir mamlakatga vaqtinchalik ustuvorlik berishi mumkin, ammo u to'lov balansi­ ning taqchilligini keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etishga qodir emas. Kutilgan natijani olish uchun, devalvatsiya yetarli darajada bo'lishi zarur. Aks holda, u valuta spekulyatsiyasini kuchaytiradi va valuta kursini qaytadan ko'rib chiqishga majbur qiladi. Haddan ortiq darajada amalga oshirilgan devalvatsiya, boshqa valutalar kursini ham tushirishga olib keladigan, zanjirli reaksiyani amalga oshiradi. Ya natijada, devalvatsiyani amalga oshirgan mamlakat, raqobatda o'zi kutgan ustuvorlikka ega bo'la olmasligi mumkin.
Valuta cheklovlari. Ushbu tadbir eksport qiluvchilarning xori­
jiy valutalardagi tushumlaridan foydalanishni cheklash, xorijiy valutani import qiluvchilarga sotishni litsenziyalash orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, u valuta operatsiyalarni maxsus ruxsat­ nomaga ega bo'lgan banklarda amalga oshirilishi hamda to'Iov balansidagi taqchillikni kamaytirish maqsadida, kapital ekspor-
tini chegaralash va uning oqib kelishini rag'batlantirish, tovarlar importini chegaralashga qaratilgan tadbirlar yig'indisidir.
Moliya va pul-kredit siyosati. To'lov balansidagi taqchillikni bartaraf etish maqsadida eksport qiluvchilarga budjet subsidi­ yalari beriladi, proteksionistik (ichki ishlab chiqaruvchilarni himoyalash) maqsadlarida import bojlari oshiriladi, mamlakatga pul oqimining kirib kelishini rag'batlantirish maqsadida qim­ matli qog'ozlar egasi bo'lgan xorijliklardan olinadigan soliqlarni bekor qilish kabi chora-tadbirlardan keng foydalaniladi. Shu­ ningdek, pul-kredit siyosati, bank hisob siyosati va muomaladagi pulning massasini belgilash tadbirlari yuqoridagi maqsadlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.


Tayanch so'z va iboralar
To'lov balansi, aktiv, passiv, ikki yoqlama yozuv, debet, kredit, to'lov balansining neytral va tahliliy shakli, joriy operatsiyalar hi­ sobi, savdo balansi, xizmatlar balansi, joriy o'tkazmalar, bir to­ monlama o'tkazmalar, xalqaro kapital harakati, kapital bilan ope­ ratsiyalar hisobi, to'lov balansida moliyaviy hisob, to'g'ridan to'g'ri investitsiyalar, portfel investitsiyalar, boshqa investitsiyalar, sof xatolar va o'tkazib yuborishlar, davlatning oltin valuta zaxirasi, yalpi milliy mahsulot, iste'mol xarajatlari, investitsion xarajatlar, davlat (budjet) xarajatlari, sof eksport, shaxsiy jamg'arma, davlat jamg'armasi, yalpi milliy jamg'arish, xalqaro raqobat, iqtisodi­ yotdagi siklik tebranish, davlatning chet eldagi xarajatlari, kapital eksporti va importi, savdo cheklovlari, inflyatsiya, deflyatsion siyo­ sat, devalvatsiya, valuta cheklovlari, moliya va pul-kredit siyosati.



Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling