Jabrlanuvchini joydan joyga ko’chirish
JABRLANGANGA BIRINChI YORDAM KO‘RSATISh USULLARI
Download 1.42 Mb.
|
1 2
Bog'liqJabrlanuvchini joydan joyga ko
JABRLANGANGA BIRINChI YORDAM KO‘RSATISh USULLARIBirinchi yordam ko‘rsatish usullari jabrlangan odamning holatiga bog‘liqdir. Jabrlangan odam sog‘lig‘ining holatini quyidagi alomatlar bo‘yicha aniqlash mumkin: es-hushi: aniq, yo‘q, shikastlangan (jabrlanganning harakatlari susaygan yoki hayajonlangan); teri qatlamlarining va ko‘rinadigan shilliq (lab, ko‘z) pardalarining rangi: pushti, ko‘kargan, oqarib ketgan; nafas olishi: bir maromda, yo‘q, buzilgan (noto‘g‘ri, sirtki, xirillagan); uyqu arteriyalaridagi puls: yaxshi aniqlanmoqda (urishi tekis yoki notekis), yaxshi aniqlanmayapti yoki yo‘q; ko‘z qorachig‘lari: kengaygan, toraygan. Ma’lum ko‘nikmalarga ega bo‘lganda yordam ko‘rsatuvchi shaxs o‘zini yo‘qotib qo‘ymasdan bir daqiqa ichida jabrlanganning holatini baholay bilishi va unga qanday tartibda va qaysi hajmda yordam ko‘rsatilishini belgilab olishi lozim. Jabrlanganning hushi o‘zida yoki yo‘qligiga qarab aniqlanadi. Bunga to‘la ishonch hosil qilish uchun jabrlanganning holatini o‘zidan so‘rash kerak. Teri qatlamlarining rangi va nafas olishi (ko‘krak qafasining ko‘tarilishi va tushirilishi) ham qarab aniqlanadi. Har daqiqasi qimmat bo‘lgan vaqtni nafas olishini aniqlash uchun og‘zi yoki burniga oyna va yaltiroq metall jismlarni qo‘yish uchun ketkizib bo‘lmaydi. Uyqu arteriyasida pulsni aniqlash uchun qo‘l barmoqlarini jabrlanuvchining tomog‘iga (traxeyasiga) qo‘yiladi va ularni ozgina chetga surib, bo‘ynining yon tomonidan ushlab ko‘riladi (17- rasm). rasm. Yurakka tashqi massajni o‘tkazishda qo‘llarning to‘g‘ri harakati va uyqu arteriyasida pulsni aniqlash Ko‘zlarning yumuq holatida ko‘z qorachig‘ining kengligi quyidagicha aniqlanadi: ko‘rsatkich barmoqlarini ikkala ko‘zning yuqori qovoqlariga qo‘yiladi va ko‘z olmasini asta bosib yuqoriga ko‘tarish kerak. Bunda ko‘z qiya ochiladi va ko‘zning yoy pardasi, uning markazida esa dumaloq shakldagi ko‘z qorachig‘i ko‘rinadi. Ularning (kengaygan yoki toraygan) holati yoy pardasining ular egallagan maydoniga qarab baholanadi. Jabrlanganning es-hushi qay darajada buzilganligi, teri qatlamlarining rangi va nafas olishining holatini pulsni aniqlash bilan bir vaqtda baholash mumkin, buning uchun bir daqiqa vaqt yetadi. Ko‘z qorachiqlarini bir necha soniya ichida ko‘rib olish mumkin. Elektr toki yoki boshqa xavfli omillar ta’siridan so‘ng jarohatlangan odamning badanida ko‘zga ko‘rinadigan og‘ir jarohatlar bo‘lmasa, jarohatlangan odam harakatlanishiga va ayniqsa ishini davom ettirishiga ruxsat berib bo‘lmaydi, chunki uning sog‘lig‘i keyinchalik birdaniga og‘irlashib qolishi mumkin. Faqatgina shifokor jabrlangan odam sog‘lig‘ining holatini baholashi mumkin. Yashin urganida jabrlangan odamni yerga ko‘mish mumkin emas, bu faqat zarar keltiradi va uni saqlab qolishda qimmatli bo‘lgan vaqtni yo‘qotilishiga olib keladi. Agar jabrlangan odamning es-hushi o‘zida bo‘lsa (bundan oldin esa hushidan ketgan bo‘lib, lekin nafas olishi va pulsi bir maromda saqlanib qolgan bo‘lsa) uni, masalan, kiyimlardan to‘shalgan, taglikka yotqizish; muntazam nafas olishi va pulsini kuzatib turib nafas olishiga xalal beruvchi kiyimlarini echib bo‘shatish; unga toza havo kelishi uchun sharoit yaratish; agar kun sovuq bo‘lsa uning badanini isitish; kun issiq bo‘lsa uni salqinroqqa joylashtirish; osoyishtalikni ta’minlash, ortiqcha odamlarni ketkizish; suvdagi valeriana eritmasini (20 tomchi) ichirish lozim. Agar jabrlanuvchi behush bo‘lsa, uning nafas olishini kuzatib turish lozim, agar tilining orqaga ketib qolishi oqibatida nafas olishi sekinlashsa, past jag‘ini oldinga chiqarish kerak. Buning uchun ikkala qo‘lning to‘rtta barmog‘i bilan past jag‘ni orqa tomondan burchaklaridan ushlab tortiladi va yuqoridagi tishlar past tishlardan oldinda turadigan qilib suriladi (18-rasm). Tilning orqaga ketib qolishi to‘xtamaguncha uni shunday ushlab turish lozim. Behush bo‘lgan jabrlanuvchiga nashatir spirti hidlatib turish, yuziga sovuq suv sepib turish lozim. rasm. Past jag‘ni ikkala qo‘l bilan oldinga surish. Jabrlanuvchining ko‘ngli aynisa va u qayt qilishni boshlasa, qusish moddalarini yo‘qotish uchun uning boshi va yelkalarini yon tomonga (yaxshisi chapga) burish kerak. Agar jabrlanuvchi entikib, juda sekin nafas olayotgan bo‘lsa, lekin pulsi sezilayotgan bo‘lsa unga darhol sun’iy nafas olish muolajasini boshlash lozim. Sun’iy nafas oldirish vaqtida jabrlanuvchi yotgan holatda bo‘lishi shart emas. Sun’iy nafas oldirishni, jabrlanuvchi xavfli va zararli omillar ta’siridan xalos etilib, hamda u tayanchdan pastga tushirilib, xavfli zonadan olib chiqilganidan so‘ng darhol boshlash kerak. Agar jabrlanuvchi behush bo‘lsa va u nafas olmasa, pulsi sezilmasa, teri qatlamlari ko‘kargan va ko‘z qorachig‘i kengayib ketgan bo‘lsa, darhol sun’iy nafas oldirish va yurakning tashqi massajini o‘tkazish yo‘li bilan organizmning hayotiy funksiyalarini tiklashga harakat qilish kerak. Ushbu chora-tadbirlar majmuasi reanimatsiya (ya’ni jonlantirish) deb, chora-tadbirlar esa — reanimatsion chora-tadbirlar deb ataladi. Qimmatli vaqtni yo‘qotib jabrlanuvchini echintirishning hojati yo‘q. Shuni esda tutish kerakki, yurak to‘xtatgan vaqtdan 4 daqiqa o‘tmagan bo‘lsa jonlantirish muolajalari samara berishi mumkin, shuning uchun ham birinchi yordamni tez va imkoni boricha hodisa ro‘y bergan joyda ko‘rsatish Jabrlanuvchi nafas olmayotgan bo‘lsa yoki uning pulsi sezilmasa, uni o‘lgan deb hisoblab unga yordam ko‘rsatishdan bosh turtib bo‘lmaydi. Jabrlanuvchining o‘lgani haqidagi xulosani faqat tibbiyot xodimlari chiqarishi mumkin. Jonlantirish harakatlarini boshlash bilan birga shifokor yoki tez yordamni chaqirish haqida ham o‘ylash kerak, faqat buni yordam ko‘rsatayotgan shaxs emas, balki boshqa shaxs qilishi lozim. Jabrlanuvchi nafas olishining, qon aylanishining to‘xtash vaqti, sun’iy nafas oldirishni va yurakka tashqi massaj o‘tkazishni boshlash vaqtini, hamda reanimatsion chora-tadbirlarning davomiyligini eslab qolish va ularni yetib kelgan tibbiyot xodimlariga ma’lum qilib yetkazish kerak. Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling