Jahon adabiyoti tarixi


Download 2.24 Mb.
bet46/183
Sana16.11.2023
Hajmi2.24 Mb.
#1778915
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   183
Qadimgi yunon dramasi. Miloddan oldingi VII-VI asrda shakllangan yunon quldorlik jamiyati V asrda o‘zining yuksak taraqqiyot bosqichiga ko‘tarildi. V-IV asrlar adabiyoti Afina shahri joylashgan viloyat nomi bilan “yunon adabiyotining attika davri” deb ataladi. Afina davlatini boshqargan Perikl(500-429) poytaxtga butun Yunonistondan faylasuf, olim, shoir, xaykaltaroshlarni to‘pladi. Taraqqiyot bosqichi mobaynida barcha xalqlar qo‘shiq aytib, raqs tushib bajaradigan turli rasm-rusumlar bo‘lgan. Drama adabiyotning alohida turi sifatida antik davrda shakllandi. Dramada asosiysi hikoya yoki bayon qilish eias, harakat bo‘lgan(yunoncha drama so‘zi “harakat” ma'nosini bildiradi). Dramada ishtirokchilar o‘rtasidagi o‘zaro suhbatlar – dialoglar, munosabatlar, ularning xatti-harakatlari, qarama-qarshiliklar va ularning yechimi tasvirlanadi. Yunon dramaturgiyasining barcha turlari – tragediya, komediya, satirlar dramasi dehqonlarning homiylari bo‘lgan ma'budalar Demetra va Kora sharafiga kuylagan qo‘shiqlar hamda may, shodlik va hosildorlik ma'budi, taka qiyofasidagi Dionisga bag‘ishlangan marosimlar asosida maydonga kelgan. Afsonalarda hikoya qilinishicha, Dionis Zevs bilan Semela degan qizdan tug‘ilgan. Dionis o‘zining odamsifat, ammo dumdor, echki tuyoq hamrohlari – satirlar bilan birga dunyoni kezib yurgan paytlarida, insonning og‘ir va g‘amgin hayotini ko‘radi-da, odam bolasini baxtiyor va xushnud qilish niyatida, ma'budlar taomi amvroziyani keltirib bermoqchi bo‘ladi. Ma'budlar buni sezib qolgach, Dionis amvroziyani yerga ko‘mib qochadi. Birmuncha vaqtdan so‘ng bu yerda tok navdalari unib chiqadi, uning mevalari odamlarga baxt va shodlik keltiradi. Bundan qahrlangan Zevs, o‘g‘lini Olimp tog‘idan badarg‘a qiladi. yerda Dionis og‘ir musibatlar chekib, vafot etadi. O‘g‘lining o‘limidan so‘ng Zevs uning gunohlaridan kechib, Dionisni ma'budlar qatoriga qabul qiladi. Dionis odamlarga har yili ikki marta o‘z sharafiga bayram o‘tkazishni vasiyat qiladi. Shundan e'tiboran Dionis hosildorlik, may, shodlik va sarxushlik rahnamosi bo‘lib qoladi. Ularga bag‘ishlangan maqtov qo‘shiqlar – difiramblarni kuylovchi xorga shoir Fespis birinchi akterni qo‘shgandan so‘ng u dramatik janrga aylandi. Tragediya prolog (ekspozitsiya)dan boshlangan va orxestrga xor chiqib, tomoshabinlarga voqeaning mohiyatini aytib bergan. Shundan keyin dialogik qismlar – akterning korifey(xorning rahbari) bilan yoki ikki-uch akterning suhbatlari bilan davom etgan va “eksod”(xotima) bilan yakunlangan. Aristotelning yozishicha, tragediya “trago” va “oide” so‘zlaridan kelib chiqib, “taka qo‘shig‘i”ma'nosini anglatadi. Yunon shoir-dramaturglari, jumladan – Esxil, Sofokl, yevripidlar ham o‘z tragediyalarini xudolar va qahramonlar haqidagi qadimgi asotirlar mazmuniga asoslanib yaratgan edilar. Bayramlardagi hushchaqchaq hazillardan “comos” va “oide” (komediya), ya'ni masxarabozlar qo‘shig‘i paydo bo‘lgan. Keyinroq tragediya va komediya o‘rtasida “satirlar dramasi” shakllandi. Bu janrning ijodkori m.o. V asrda yashagan shoir Pratim xisoblanadi. Dramaning barcha turlari diniy marosimlardan paydo bo‘lganligi sababli, qadimgi yunonlar bularning barchasiga yuksak e'tiqod bilan qaraganlar. Teatr tomoshalari davlat tasarrufidagi muhim siyosiy hamda tarbiyaviy tadbirlardan biri sanalgan. Ikkinchidan, Dionisiy marosimlari bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun ushbu tomoshalar yiliga uch marotaba o‘tkazilgan va bir necha kun davom etgan. Yunonlar bu marosimlarga shunchaki bir ermak deb emas, balki muhim diniy bayram deb qaraganlar. Qadimgi Yunonistonda barcha o‘yinlar singari, teatr tomoshalari ham musobaqa shaklida o‘tkazilgan. Tragediyanavis shoirlar mazmunan bir-biri bilan bog‘liq 3 ta tragediya va 1 ta satirlar dramasini xakamlar hay'atiga taqdim etganlar. Komediyanivis shoirdan faqat bitta asar talab etilgan. Yunon adabiyotining barcha janrlari kabi, tragediyaning mavzulari ham asosan mifologik afsonalardan olingan. Agarda dastlabki davrlardan bu mavzular Dionis haqidagi rivoyatlar bilan bog‘liq bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik shoirlar boshqa ma'budlar va qahramonlar haqidagi afsonalarga murojaat qila boshlaganlar. Biroq, shu bilan birga, tragediya mualliflari mavzu tanlaganlarida ham, faqat zamona talablariga hamohang miflarni olib, ularni birmuncha o‘zgartirib, moslashtirib, shular misolida o‘z davrlarining muhim masalalarini hal etishga intilganlar, mifologik qahramonlarning kurash va to‘qnashuvlari, ularning xatti-harakatlari o‘sha davr tomoshabinlari uchun axloq va odobning namunasi, ijtimoiy xulqning andazasi sifatida talqin etilgan; ana shu afsonaviy qahramonlarning qilmishlari timsolida tragediyanavis shoirlar o‘z zamondoshlarini yuksak ma'naviylik, vatanga sadoqat, insoniy burch g‘oyalarida tarbiyalashni ko‘zlaganlar.

Download 2.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling