Jahon adabiyoti va uning evolyutsiyasi


Download 1.35 Mb.
bet3/3
Sana09.06.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1473302
1   2   3
Bog'liq
Jahon adabiyoti 2

SHekspir ijodidan…
27-sonet
Uyimga qaytaman charchab, xuddi mast, Charchoqlarim olib ketsin deb kecha - Ammo,tan uxlaydi-yu, fikr uxlamas, Bari bir u orom topmas tonggacha. Yana xayol seni ketadi izlab, Yana xayol uchar sen tomon ilhaq - Yana uyqu bilmas toliqqan ko'zlar, Zulmatga tikilar so'qirday befarq. Qalbim ko'zi bilan ko'raman seni, O, bu ko'z o'zgani ko'rgisi kelmas. Jamoling yoritar bu dam qalbimni, Bunday dam o'lim ham battollik qilmas. Hayot ikkimizga bermas farog'at, Kecha-kunduz fikr topolmas rohat.
SHekspir ijodidan…66 – sonnet

Men o'lim tilarman, rohatbaxsh o'lim, Ne qilay, ko'nmasam ortiq xo'rlikka. Siz tomon cho'zilmas tilanib qo'lim, Boshimni egmasman endi ko'rlikka. Ne qilay, pastkashlik yuksalsa yana, Bokira or-nomus etilsa badnom. Kuch iymon ustidan qilsa tantana, Zaiflik Qudrat deb olsa agar nom. To'g'rilik ustidan zo'r kelsa yolg'on, Donolar nodonga egilsa, netay? Mudom haqiqatning bag'ri bo'lsa qon, Shafqat yovuzlikka qul bo'lsa, netay? Netay, barchasidan dil bo'lsa bezor - Faqat sening ishqing qo'ybermagay, yor.


Xurshid Davron tarjimasi
E’tiboringiz uchun rahmat!
Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling