Jahon arxivlari tarixi fanidan


Download 76.68 Kb.
bet1/9
Sana03.12.2023
Hajmi76.68 Kb.
#1799207
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Jumamuratov ma\'rufjon


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
TARIX FAKULTETI
ARXIVSHUNOSLIK YO’NALISHI 3-BOSQICH TALABASI
JUMAMURATOV MA’RUFJON MAHMUD O’G’LINING
JAHON ARXIVLARI TARIXI FANIDAN

FINLANDIYA DAVLAT ARXIVI ” MAVZUSIDA TAYYORLAGAN




KURS ISHI
T oshkent -2022
REJA:


Kirish
I.Bob.Finlandiya arxivining shakllanish jarayoni.
1.1. Finlandiya arxivi tashkil topishi.
1.2. Finlandiya arxivlarining filiallari
II.BOB. Finlandiya arxivi boshqaruvi
2.1.Arxiv direktorlari va ularning faoliyati.
2.2. Milliy arxiv kutubxonasi.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar royxati.


KIRISH


Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Axborot asri bo‘lmish XX asrda axborot resurslarining inson va jamiyat hayotiga ta’siri sezilarli va tez sur’atlar bilan oshib bormoqda. Bugun fan, ta’lim, madaniyat, san’at va ijtimoiy hayotning boshqa sohalarini axborotsiz, uning ta’siri va ahamiyatisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Zamonaviy axborot texnologiyalari ijtimoiy hayotimizning turli jabhalari singari arxiv ishi sohasini ham chetlab o‘tgani yo‘q. Bugungi kunda arxiv ishi sohasiga zamonaviy texnologiyalar va ulardan foydalanish tushunchasi allaqachon quloch yozib ulgurdi. Arxiv hujjatlarining elektron nusxalarini yaratish amaliyoti boshlab yuborildi. Dunyodagi yetakchi mamlakatlar tajribasiga tayangan holda, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash milliy tizimining takomillashtirilishi ham axborot sohasidagi faoliyatning sifati va saviyasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimida muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda.
Tobora axborotlashib borayotgan jamiyatda qog‘oz hujjatlari hajmining to‘xtovsiz ortib borishi barcha korxona, tashkilot va muassasalar uchun bugungi kun muammosi sanaladi. Shu sababli, zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda arxiv ishida eng so‘nggi texnologiyalardan foydalanish dolzarb vazifa hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda,
Arvivlar faoliyatida zamonaviy texnologiyalardan foydalanishning bir ko‘rinishi sifatida tashkilotning elektron arxivini yaratish – hujjatli axborotlardan foydalanishning yangi darajasi hisoblanadi. Mamlakatimizda elektron arxiv yaratishga chet el ilg‘or tashkilot va muassasalari tajribalarini chuqur o‘rgangan holda yondashish, mavjud standart va hujjatlarning har bir jihatlarini sinchkovlik bilan tadqiq etish maqsadga erishishni ta’minlaydi.
Elektron arxiv hujjatlari an’anaviy usullarga qaraganda ancha tez qidirib topish va foydalanuvchilarga qulay, ya’ni istalgan vaqt va joyda taqdim etish imkoniyatini yaratadi. Shu bilan birga, elektron arxivda hujjatlarni uzoq muddatli saqlash va ularning xavfsizligini samarali ta’minlash mumkin. Ushbu omillarni ko‘zda tutgan holda elektron arxivlarni shakllantirish arxivlar faoliyatida zamonaviy texnologiyalardan foydalanishning bir ko‘rinishi sifatida xizmat qiladi. Shundan kelib chiqqan holda bugungi kunda respublikamiz arxivlari faoliyatida zamonaviy texnologiyalardan foydalanishning holati va ahvolinini nazardan o‘tkazish, mavjud yutuq va kamchiliklarni tahlil qilish soha rivoji yo‘lidagi muhim vazifalardan biridir.

Download 76.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling