Jahon banki guruhi kredit faoliyatining rivojlanishi


– 2019 yillar davomida Jahon banki tomonidan moliyalash-tiriladigan loyihalarning dinamikasi


Download 0.58 Mb.
bet3/3
Sana17.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1553057
1   2   3
Bog'liq
JAHON BANKI GURUHI KREDIT FAOLIYATINING RIVOJLANISHI

2010 – 2019 yillar davomida Jahon banki tomonidan moliyalash-tiriladigan loyihalarning dinamikasi

O’zbekiston va Jahon banki munosabatlari takomillashtrish yo’llari

Jahon banki guruhi O‘zbekiston bilan yangi hamkorlik dasturini qabul qildi

Jahon banki guruhi 2022−2026 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston bilan yangi hamkorlik dasturini qabul qildi. U uchta strategik maqsadga qaratilgan — xususiy sektorda inklyuziv bandlikni oshirish, inson kapitalini rivojlantirish va «yashil» iqtisodiy o‘sish hisobiga farovonlikni oshirish va barqaror rivojlanish.

24 may kuni Jahon banki guruhi (JBG) Ijrochi direktorlar kengashi 2022−2026-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston bilan Hamkorlik dasturini ko‘rib chiqdi va tasdiqladi. JBG kelgusi besh yil davomida 2022−2026-yillarga mo‘ljallangan Milliy taraqqiyot strategiyasida belgilangan strategik islohotlarni amalga oshirishda hukumatga ko‘mak berish doirasida ushbu hujjatga tayanadi. Bu haqda Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga ma’lum qildi.


«Dastur 2022−2026-yillarga mo‘ljallangan Milliy taraqqiyot strategiyasining muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga o‘z hissasini qo‘shadi, shuningdek mamlakatga 2026 yilgacha kambag‘allik darajasini ikki barobarga qisqartirishga hamda 2030 yilga qadar O‘zbekistonning daromad darajasi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan mamlakatlar qatoriga kirishiga yordam beradi», — deydi u.
Hamkorlik dasturi O‘zbekiston rivojlanishi yo‘lidagi mavjud muammolar va imkoniyatlarning har tomonlama tahlili asosida ishlab chiqilgan. Tahlil mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy holatining kompleks diagnostikasi doirasida o‘tkazilgan. Shuningdek, unda hukumat va mahalliy hokimiyat, fuqarolik jamiyati, xususiy sektor, ilmiy doiralar va rivojlanish bo‘yicha xalqaro hamkorlar vakillari bilan o‘tkazilgan faol konsultatsiyalar natijalari ham inobatga olingan.

Xulosa

Jahon banki tomonidan ajratilayotgan kreditlar asosan mamlakatdagi strategik dasturlarda o‘z aksini topgan loyihalarga yo‘naltiriladi.Bundan kelibchiqadiki hozirgi kunda mamlakatimizda nafaqat iqtisodiyot va loyiha tarmoqlarinirivojlantirishga e’tibor qaratilmoqda, balki shu bilan bir qatorda aholining yashashtarzini ham yaxshilashga sezilarli darajada e’tibor qaratilmoqda. Ya’ni aholi uchunarzon uy joylarni qurish bo‘yicha dastur ham xalqaro moliya institutlari tomonidan ajratilgan kreditlar hisobiga moliyalashtirilmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - T: O‘zbekiston, 2017- 46 b.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947sonli “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” gi Farmoni.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 yanvardagi "2017- 2021 yillardaO‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini "Faoltadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni ko‘llab-kuvvatlash yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida"gi Farmoni.


Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling