Jahon banki guruhi va unga kiruvchi tashkilotlar faoliyati
Download 26.04 Kb.
|
Jahon banki guruhi va unga kiruvchi tashkilotlar faoliyati-fayllar.org
Jahon banki guruhi va unga kiruvchi tashkilotlar faoliyati Jahon banki guruhi va unga kiruvchi tashkilotlar faoliyati Jahon banki 190 dan ortiq rivojlangan ham da rivojlanayotgan m am lakatlarga moliyaviy yordam ko‘rsatuvchi xalqaro moliya tashkilotidir. Jahon bankining bosh maqsadi — iqtisodiy o‘sish davrini boshdan kechirayotgan rivojlanayotgan m am lakatlarni kreditlash yo‘li bilan kam bag‘allik darajasini pasaytirish hisoblanadi. K reditlar ushbu davlatdagi iqtisodiy o‘sishni jadallashtirishga ham da fuqarolarning hayot darajasi yaxshilanishiga im kon tug‘diradi. Hozirgi davrda Jahon banki ming yillik Deklaratsiyasiga muvofiq o‘z faoliyatining asosiy vazifalarini belgilab olgan. M ing yillikdagi rivojlanish maqsadlariga 2015-yilgacha erishish lozim boMib, u o‘z ichiga quyidagilarni olgan: — kambag‘allik va ochlikka barham berish; — umum iy boshlang‘ich ta’lim ni ta’minlash; — bolalar o‘lim ini qisqartirish; — onalik muhofazasini yaxshilash; — V IC H /SPID , malariya (bezgak) va boshqa kasalliklarga qarshi kurashish; — atrof-m uhitning barqaror rivojlanishini ta’m inlash; — rivojlanish m aqsadlarida global ham korlikni shakllantirish. Jahon bankining Xalqaro valuta fondidan farqi shundaki, Jahon banki f'aqatgina rivojlanayotgan mamlakatlarga uzoq muddatli yordam ko‘rsatadi, XVF faoliyati esa mamlakatdagi vaqtinchalik moliyaviy inqirozni bartaraf qilishga yo'naltirilgan. Jahon banki BM Tning ixtisoslashtirilgan moliya instituti sifatida strategik vazifalarni bajarish uchun eng qulay vositachi sifatida xizmat qilishga m o‘ljallangandir, ya’ni barcha a’zo mam - lakatlarning iqtisodiyotini jahon xo‘jaligi tizim i asosiy markazlari bilan inlegratsiya qilishdir. «Jahon banki» atamasi tarkiban Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (International Bank for Reconstruction and Development) va Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasini (International Development Association) qam rab oladi. «Jahon banki guruhi» atamasi esa, 5 ta tashkilotni, xususan, XTTB, XRA, Xalqaro moliya korporatsiyasi (International Financial Corporation), Investitsiyalarni kafolatlash bo‘yicha ko‘p tom onlam a agentlik (M ultilateral Investment G uarantee Agency), Xalqaro investitsion bahslarni tartibga solish m arkazini (International Center for Settlement of Investment Disputes) o‘z ichiga oladi5. Jahon bankining asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat: — rivojlanayotgan m am lakatlarda investitsiya faoliyati; — iqtisodiy m asalalar bo‘yicha m aslahat va tahliliy faoliyat; — am alga oshiriladigan dasturlar va ko‘rsatiladigan xizm atlar tarkibi va tuzilm asini m untazam to‘g‘rilab borish; — boy va qashshoq m am lakatlar o‘rtasida resurslarni taqsim - lashda vositachilik qilish. H ar uch yilda Jahon banki guruhi tom onidan «Jahon banki guruhi faoliyatining strategiyasi» nomli hujjat ishlab chiqiladi, ushbu hujjatdan m am lakatlar bilan bo'ladigan ham korlikda foydalaniladi. Strategiyaga ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish xususiyatlari va kam bag‘allik m uam m olarini hal qilish bo'yicha dastur ham da loyihalar kiritiladi. 0 ‘zining faoliyati bo‘yicha Jahon banki m a’lum tamoyillarga amal qiladi, jum ladan: — rivojlanayotgan m am lakatlarning iqtisodiy o‘sishiga yordam beruvchi sam arali kapital qo‘yilm alar uchun resurslar ajratish; — resurslar qaytishi ehtimolligi darajasini hisobga olgan holda iqtisodiy m ulohazalardan kelib chiqib investitsion qarorlar qabul qilish; — bitta ishtirokchi m am lakat doirasida berilgan resurslarni ishlatishga cheklovlarning mavjud emasligi; — xodim lar faoliyatining boshqa subyektlarga, jum ladan, m am lakatlar hukum atiga emas, balki faqatgina bank m anfaatlariga yo‘naltirilganligi. Rivojlanayotgan m am lakatlar uchun Jahon banki tashkilotlari guruhi dunyodagi yirik moliyaviy m ablag‘lar m anbalaridan biri b o iib hisoblanadi. U o ‘zining moliyaviy resurslarini kam bag‘al m am lakatlardagi kam bag‘allik darajasini pasaytirish ham da iqtisodiy o‘sishni jadallashtirish, shuningdek, hayot sifatini yaxshilashga sarflaydi. Yuqorida qayd etilgan tashkilotlarning faoliyatini quyidagi m a’lum otlar asosida ko‘rib chiqamiz. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB, ing. International Bank for Reconstruction and Development) — Jahon bankining asosiy kredit tashkiloti bolib, keng miqyosda Jahon banki nomi bilan tanilgan. Ushbu bankka a’zo bo‘lish uchun ariza taqdim etgan mamlakat avvalo XVFga a ’zolikka kirgan boiishi lozim. Bankning barcha qarzlari a’zo davlatlar hukumatlari tomonidan kafolatlanishi kerak. Qarzlar bo‘yicha bar olti oyda o'zgaruvchi foiz stavkasi belgilanadi. Hozirgi vaqtda mazkur stavka 6—7%ga teng. Qarzlar asosan 15—20 yil muddatga, asosiy qarz summasi bo‘yicha to‘lovlarni 3—5 yilga uzaytirish tartibida beriladi. Qarz berish davlat hnkum atining kafolati olingandan so‘ng amalga oshiriladi6. XTTB — 1944-yilda Bretton-Vudsdagi (AQSHning N yuXem pshir shtatidagi shaharcha) Xalqaro valuta — moliyaviy konferensiyada XVF bilan bir vaqtda tuzilgan davlatlararo investitsiya institutidir. Bir vaqtning o‘zida bankning nizom i ham bo'lib qolgan XTTB haqidagi Bitim 1945-yilda rasmiy jihatdan kuchga kirgan, bank 0‘zining faoliyatini 1946-yildan boshlagan. X TTBning shtab-kvartirasi A Q SH ning Vashington shahrida joylashgan. XTTBning asosiy maqsadi — a’zo mamlakatlarga uzoq muddatli kredit va qarzlar berish ham da xususiy investitsiyalarni kafolatlash orqali ularning iqtisodiyotini rivojlantirishga ko‘maklashish hisoblanadi. Dastlab XTTB a’zo m am lakatlarning to‘plangan mablag‘lari va am erikalik investorlarning jalb qilingan kapital - lari yordamida ikkinchi jahon urushi natijasida iqtisodiy jihatdan turg‘un holatga kelib qolgan G ‘arbiy Yevropa m am lakatlarida xususiy investitsiyalarni rag‘batlantirishga mo‘ljallangan edi. XTTBning Kelishuvlar moddasining 1-moddasiga muvofiq lining maqsadlari sirasiga quyidagilar kiradi: — a’zo davlatlarning xalq xo'jaligini tiklash va rivojlantirishga ko‘maklashish; — kafolatlar berish, xususiy va boshqa investorlarning investitsiyalari va ssudalarida ishtirok etish orqali xususiy va xorijiy investitsiyalarni rag‘batlantirish — jahon savdosining muvozanatli o‘sishini va a ’zo davlatlar to‘lov balansining muvozanatliligini qo‘llab-quvvatlash. 50-yillarning o ‘rtalaridan boshlab, G ‘arbiy Yevropa m am lakatlarida xo‘jalik hayoti barqarorlashishi munosabati bilan, XTTB o‘z faoliyatining katta qism ini Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi m am lakatlarining iqtisodiyotini rivojlantirishni barqarorlashtirishga yo‘naltirdi. X TTBning oliy rahbar organi Boshqaruvchilar Kengashi va D irektorat (ijroiya organi) bo‘lib hisoblanadi. A’zo m am lakatlarning moliya vazirlari yoki markaziy banklar boshqaruvchilaridan tashkil topgan Kengash o‘z sessiyalarini X V F bilan birgalikda bir yilda bir m arta o‘tkazishadi. XTTB a’zolari faqatgina XVF a ’zoligiga qabul qilingan m am lakatlar bo‘la oladi. Ovozlar XTTB kapitalidagi (180 m lrd dollardan ortiq) m am lakat kvotasi orqali aniqlanadi. H ozirda XTTB a ’zolari bo‘lib 186 mam lakat hisoblansada, yetakchi o‘rinda yettilik m am lakatlari turadi: AQSH, Yaponiya, Buyuk Britaniya, G erm aniya, Fransiya, K anada va Italiya7. Bankning resurslari shakllanishining manbasi bo‘lib, Am erika bozorlarida obligatsiya qarzlarini chiqarish va ularni sotishdan olingan mablag‘lar hisoblanadi. XTTB kreditlarni, odatda 20 yil muddatga a’zo m am lakatda ishlab chiqarish obyektlarini kengaytirish uchun hukum at kafolati ostida beradi. Shuningdek, XTTB boshqa banklarning uzoq m uddatli kreditlari bo‘yicha kafolat ham beradi. U ham X V F singari, qarzdor m am lakatning moliyaviy holati, kreditlanuvchi obyektlar va ushbu obyekt bo'yicha bank missiyasi tom onidan o‘rganilgan axborotlarni talab qiladi. XTTB quyidagi dasturlar doirasida faoliyat yuritadi: — iqtisodiy boshqaruv va kambag‘allik bilan kurashish; — ekologiya va ijtimoiy rivojlanish; — infratuzilm a, xususiy sektor va moliya; — inson salohiyatini rivojlantirish. Keyingi yillarda XTTB rivojlanayotgan m am lakatlarning tashqi qarzlarini tartibga solish bilan shug‘ullanm oqda: kreditlarning 1/3 qismini qo‘shm a moliyalashtirish deb ataladigan shaklda beradi. Bank to ‘lov balansi holatini yaxshilashga, shuningdek, iqtisodiyot tuzilm alarini tartibga solishga strukturali kreditlarni ajratadi. Hozirgi paytda XTTB faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: — turli xildagi investitsiya loyihalarini uzoq va o‘rta muddatli kreditlash; — loyihalarning moliyaviy-iqtisodiy va texnik asoslarini tayyorlash; — rivojlanayotgan m am lakatlarda tuzilmaviy qayta qurish dasturlarini moliyalashtirish. X TTBning maqsadlari quyidagilardan iborat: — a’zo m am lakatlar iqtisodiyotini rivojlantirishga va qayta tiklashga yordam ko‘rsatish; — xususiy xorijiy investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlash; — to‘lov balansining muvozanatini saqlashga va xalqaro savdoning barqaror o‘sishiga yordam berish; — statistik m a’lum otlarni to‘plash va e ’lon qilish. X TTBning asosiy mablag‘lari hozirgi kunda o‘rta va uzoq muddatli qarz m ajburiyatlarini emissiya qilish orqali xalqaro moliya bozorlaridagi operatsiyalar hisobidan shakllanadi. XTTB qim matli qog‘ozlari yuqori kredit reytingiga (AAA) ega bo‘lib, dunyoning 100 dan ortiq m amlakatlariga joylashtiriladi. X TTB ning kreditlari qarz oluvchi davlat milliy valutasida emas, balki devizlarda, ya’ni xalqaro darajada to‘lov vositasi sifatida tan olingan valutalarda ajratiladi. XTTB qarzlarini ikkita kategoriyaga ajratish mum kin: Iqtisodiyot uchun yo‘qotishlarsiz ssudalar bo‘yicha foizlarni to‘lashga qodir bo‘lgan, rivojlanayotgan m am lakatlar uchun qarzlar. Xalqaro moliya bozorida kreditga Jayoqatsiz va ssudalar bo‘yicha foizlarni to‘lashga qodir bo‘lm agan kam bag‘al raam - lakatlar uchun qarzlar. Keyingi yillarda X TTB jahon moliya bozorida yirik qarzdor rolida chiqmoqda. Bank tom onidan chiqarilayotgan obligatsiya qarzlari summasi davlatlararo investitsiya banklari o‘rtasida eng katta solishtirm a og‘irlikka egadir. Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (XRA) — Jahon banki guruhiga kiruvchi xalqaro tashkilot bo‘lib, u 1960-yilda tashkil etilgan. X RA Kelishuvlar m oddasining bm oddasiga muvofiq, uning maqsadi iqtisodiy rivojlanishni rag‘batlantirish, sam aradorlikni oshirish va shuning asosida, sust rivojlangan a’zo m am lakatlarda aholi turm ush tarzini oshirish, shuningdek, an’anaviy kreditlarga nisbatan og‘ir bo‘lm agan qulay shartlarda moliyaviy ko‘m ak berish hisoblanadi. M amlakatlarga rivojlanish jarayonida yordam ko‘rsatish maqsadiga ega boclgan X R A strategiyasining asosiy elementlari quyidagilardan iborat: — makroiqtisodiy va tarm oq siyosatining puxta o‘ylangan chora-tadbirlarini qabul qilish orqali iqtisodiy o‘sishni jadallashtirish; — ijtimoiy sohalarning m ustahkam lanishi va rivojlanishini qat’iy qo‘llab-quvvatlash orqali inson kapitaliga investitsiyalash; — boshqaruv sam aradorligini oshirish uchun tashkiliy-texnik im koniyatlarni kengaytirish; — barqaror rivojlanish m aqsadlarida atrof-m uhitni saqlash; — qurolli to‘qnashuvlar oqibatlarini bartaraf etishga ko‘maklashish; — mintaqaviy integratsiya va savdoni qo‘llab-quvvatlash. XRA foizsiz kreditlar va iqtisodiy o‘sishni rag'batlantirishga qaratilgan gjantlar ajratish orqali qashshoqlikni qisqartirish, ijtimoiy tengsizlikni kam aytirish va aholi turm ush tarzini oshirishni ko‘zda tutadi. X RA dan qarz olish huquqiga yalpi ichki m ahsuloti aholi jon boshiga $835 dan kam bo‘lgan m am lakatlar ega bo‘lishadi. X RA mamlakatlarga 10 yil imtiyozli davrli 30—40 yilga foizsiz kreditlar beradi. XRA kreditlarining qaytarish m uddatlari 20, 35 va 40 yilni tashkil etadi, shundan dastlabki 10 yili imtiyozli davr hisoblanadi va bu davrda asosiy qarz bo‘yicha to‘lovlar amalga oshirilmaydi. Ta’kidlash lozimki, XRA kreditlariga foiz to‘lanmaydi, biroq xizmat ko‘rsatish uchun kam miqdordagi (hozirda ajratilgan kredit sum m aning 0,5 foizi) xarajatlar qarz oluvchi tom onidan qoplanadi. Bu kreditlarning maqsadi, rivojlangan m am lakatdan kambag‘al m am lakatga tovarlar eksportini rag‘batlantirishdir. Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasiga 167 mam - lakat a’zo bo‘lib kirgan8. XRA mamlakatlarga moliyaviy resurslarni ajratishda muayyan mezonlarga amal qiladi. Ularga quyidagilarni kiritish mumkin: 1. Muvofiqlik mezonlari. XRAdan qanday m am lakatlar mablag‘ olish huquqiga ega ekanligini aniqlashda uchta mezon qo‘llaniladi: — Y IM ning aholi jon boshiga nisbatan o‘lchanadigan nisbiy ko‘rsatkichidan past bo£lgan mamlakatlar; — m am lakatni rivojlantirish dasturlarini moliyalashtirishga imtiyozli shartlarda resurslar olishga ehtiyoj yuzaga kelishi tufayli bozor sharoitlarida o'zlashtirilgan mablag£lar uchun kreditga qobiliyatlilikning yetishmasligi; — qashshoqlikni qisqartirish va iqtisodiy o'sishni qo‘l!ab-quvvatlovchi iqtisodiy va ijtimoiy siyosat chora-tadbirlarini qabul qilish, shuningdek, o‘tkaziladigan siyosatning yuqori samaradorligi. 2. Taqsimlash mezonlari. 0 ‘rnatilgan mezonlarga javob beruvchi m am lakatlar o‘rtasida X RA resurslarini taqsimlash tartibini aniqlovchi asosiy omil m am lakatda qashshoqlikni qisqartirish va iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlash borasida o‘tkaziladigan siyosatning sam aradorligi hisoblanadi. Aniqlovchi om illardan yana biri bo‘lib aholi jon boshiga daromad darajasi hisoblanadi: XRA mezonlariga ja- vob beruvchi qashshoq m am lakatlar siyosat sam aradorligining bir xil ko‘rsatkichlarida boshqa m am lakatlarga nisbatan yuqori m ablag‘ olishadi. 3. Sam aradorlik reytingi. H ar yili Jahon banki personali qarzdodar tom onidan o‘tkaziladigan siyosatning sifatini baholaydi va shu asosda m am lakatlar reytingi aniqlanadi. Baholashni o‘tkazishda m am lakatda am alga oshirilayotgan loyihalar portfelining samardorligi hisobga olinadi. 3. Resurslarni taqsim lash tartibi. X RA tom onidan mamlakatga ajratiladigan resurslar hajmi birinchi navbatda shu m am lakatda o‘tkaziladigan siyosat samaradorligini va uning institutsional tizim ini har yillik baholash natijasida qarzdorga beriladigan reytingga bog‘liq boiadi. 4. Samaradorlik kolrsatkichlari va kreditlash. X RA rahbariyati har bir mamlakatga haqiqatda ajratilgan resurslarni ularning rejalashtirilgan o‘lchami bilan taqqoslagan holda nazorat qilib boradi. Mablag‘lar yetarlicha egiluvchanlik bilan ajratiladi, bu holat faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlarining sezilarli o‘zgarishi natijasida zarur choralar qo‘llashga imkon beradi. Xalqaro moliya korporatsiyasi (XM K) (ing. International Finance Corporation, IFC) Jahon banki guruhiga kiruvchi xalqaro tashkilotdir. Tashkilotning shtab-kvartirasi Vashingtonda (AQSH) joylashgan. 1956-yilda rivojlanayotgan mamlakatlarga xususiy investitsiyalar oqimi barqarorligini ta ’m inlash maqsadida tuzilgandir. Jahon banki tashkilotlari guruhining Prezidenti bir vaqtning o‘zida XM K Prezidenti bo‘lib hisoblanadi. Rahbarlik vazifasi vitse-prezident tom onidan amalga oshiriladi. X M K aksionerlari bo‘lib 182 m am lakat hisoblanadi.9 X M K Jahon banki guruhiga kiruvchi boshqa tashkilotlar bilan o‘z faoliyatini muvofiqlashtirib boradi, lekin yuridik va moliyaviy aloqalarda mustaqil tashkilot bo‘lib hisoblanadi. ХМ К kompaniyalarga risklarni boshqarishga va jahon kapital bozoriga chiqishning kengroq imkoniyatiga ega bo‘lishga yordarn beruvchi yangi moliyaviy instrum entlarni ishlab chiqishni davom ettirm oqda. Ushbu moliyaviy m ahsulotlar jumlasiga quyidagilarni kiritish mum kin: — XM K o‘z mablag‘laridan zayomlar; — sindikatlashgan zayomlar; — hissali moliyalashtirish; — qarz instrum entlari va to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar fondlari; — tuzilmaviy moliyalashtirish; — vositachilar orqali moliyalashtirish; — risklarni boshqarish bo‘yicha mahsulotlar; — milliy valutada moliyalashtirish; — savdoni moliyalashtirish; — ekspert baholash va boshqalar. XM Kga a’zolikka kirishda quyidagi shartlarga amal qilinadi: — XTTB a’zoligi; — X M K kelishuv moddasini imzolash. XMK turli xil tarm oqlardagi loyihalarni moliyalashtiradi, ularga qishloq xo‘jaligi, tog1 sanoati, ishlab chiqarish, turizm va boshqalarni kiritish m um kin. A m m o birinchi navbatdagi yo'nalish, xususiy sektor bo‘lib hisoblanadi. XM K faoliyatining to‘rtta asosiy yo‘nalishini ajratib ko‘rsatish mum kin: — xususiy sektor loyihalarini moliyalashtirish; — rivojlanayotgan mamlakatlardagi tashkilotlarga xalqaro moliya bozorlaridan kapital jalb qilishda yordamlashish; — ta’lim, sog'liqni saqlash va infratuzilm ani rivojlantirishga yo‘naltirilgan xususiy investitsiyalar yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish, shuningdek, innovatsion moliyaviy m ahsulotlardan foydalanish va salohiyatni oshirish orqali ichki moliya bozorlarini rivojlantirish; — hukum atlarga maslahat va texnik yordam ko‘rsatish. X M K rivojlangan va rivojlanayotgan m am lakatlardagi yuqori rentabelli korxonalarni kreditlaydi. X M K kreditlarining m uddati odatda 15 yildan oshm aydi, o‘rtach a m uddat esa 3— 7 yildir. X M K ning xususiyati shundaki, uning mablag‘laridan investitsiya olish uchun korxona va tashkilotlarga kredit berilganda, JTTB va X R A talab qilgandek a’zo m am lakatlarga hukum at kafolatlari talab qilinmaydi. Bu xususiy kom paniyalar uchun ular faoliyati ustidan davlat nazoratidan saqlaydi va rivojlanayotgan m am lakatlar iqtisodiyotiga chet el kapitalini jalb qilish m anfaatlariga xizm at qiladi. Investitsiyalarni kafolatlash bo‘yicha ko‘p tom onlam a agentlik (IK K A ) (ing. M ultilateral Investm ent G uarantee Agensy) — Jahon banki guruhiga kiruvchi m ustaqil xalqaro tashkilotdir. IK K A ning asosiy m aqsadi b o ‘lib, rivojlanayotgan m am lakatlarga xorijiy to ‘g‘ri investitsiyalarni yo‘naltirishga ko‘m aklashish, shuningdek, axborot va konsultatsiya xizm atlarini ko‘rsatish hisoblanadi. Shu bilan birga IK K A siyosiy risklardan sug‘urtalashni yoki rivojlanayotgan m am lakatlarga xorijiy to ‘g‘ri investitsiyalarni rag‘batlantirish m aqsadida kafolat berishni am alga oshiradi. IK K A 1988-yilda a ’zo m am lakatlarning badallari evaziga tashkil topgan. Hozirgi kunda 2010-yil holatiga ko‘ra IKKAga 175 m am lakat a’zolikka qabul qilingan10. IK K A xalqaro tashkiloti to‘g‘risidagi konvensiya 1985-yil 11-oktabrda Vashingtonda im zolangan. Shuningdek, shtab-kvartirasi ham Vashingtonda joylashgan. IK K A kafolati investorlarni, shartnom a shartlarini buzishdagi, harbiy va fuqarolar g‘alayonidagi, m usodara qilishdagi ham da mablag‘larni o‘tkazishdagi cheklovlarda yuzaga keladigan risklardan himoya qiladi. A m m o tijorat risklarini sug‘urtalash, m asalan, bankrotlik riski amalga oshirilmaydi. IK K A shuning- dek, rivojlanayotgan m am lakatlar o‘rtasida boladigau investitsiya m unosabatlarini ham sug'urtalashni amalga oshiradi. IKK A kafolatiga m am lakatda ro‘yxatdan o‘tm agan faoliyati investitsiya bilan bog‘Iiq bo‘lgan xususiy firma va fuqarolar ham d a’vogarlik qilishi m um kin. Kafolat 3 yildan tortib 15—20 yil m uddatgacha amalga oshiriladi. Jahon banki kafolatidan farqli tom oni shundaki, investitsiyalash uchun mamlakat hukum atidan qarshi kafolat talab qilinmaydi. Shu bilan birgalikda IK K A kreditlar bermaydi ham da mustaqil investor bo‘lib hisoblanmaydi. Alkogol va tam aki m ahsulotlarini ishlab chiqarish ham da qimor o‘yinlarini tashkil etish uchun qilingan investitsiyalarga kafolat berilmaydi. Hozirgi paytda kafolatlashning maksimal miqdori bitta invcstitsion loyiha uchun 110 mln AQSH dollarini ham da bitta mamlakat uchun 440 mln AQSH dollarini tashkil qiladi. Qayta sug‘urtalash va birgalashib sug‘urtalashda ushbu chegara sezilarli darajada ortiq bo‘lishi m um kin11. Shuningdek, rivojlanayotgan m am lakatlarda yuzaga kelishi m um kin bo‘lgan notijorat risklar quyidagilar bo‘lishi mum kin: — rnilliy valutaning erkin ayirboshlashni to‘xtatish va bu bilan bogliq investor mamlakatiga darom adlarni o‘tkazish bilan bo'ladigan m uam m olar; — investor m ulkining barbod bo‘lishi; — harbiy harakatlar; — to ‘ntarishlar va ijtimoiy-siyosiy vaziyatning o‘zgarishi; — hukum at qarori natijasida shartnom aning bajarilmay qolishi. 0 ‘z oldiga qo‘ygan maqsadni amalga oshirish uchun IK K A yuqorida keltirilgan notijorat risklarga kafolatlarnigina emas, balki shuningdek, rivojlanayotgan a’zo m am lakatlarning hukumat organlariga siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirishga nisbatan dastur va tartib yuzasidan m aslahatlar beradi ham da chet el invest orlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Investitsion bahslarni hal qilish bo‘yicha xalqaro markaz (ing. ICSID — International Centre for Settlem ent of Investment Disputes) — yuqorida ko‘rib o‘tgan tashkilotlarim izdek Jahon banki guruhiga kiruvchi mustaqil xalqaro tashkilot bo‘lishi bilan bir qatorda BM Tning maxsus tashkiloti ham hisoblanadi. Investitsion bahslarni hal qilish bo'yicha xalqaro m arkazning maqsadi bo‘lib, xalqaro investitsion bahslarni hal qilish va tom onlarni o‘zaro murosaga keltirish uchun huquqiy im koniyatlarni ta’m inlash hisoblanadi. Markaz xususiy investitsiyalar yo‘lidagi tashqi iqtisodiy to ‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan ham da davlatlar va xususiy investorlar o‘rtasidagi bahslarni hal qiluvchi xalqaro mustaqil arbitraj tashkiloti sifatida qaraladi. Investitsion bahslarni hal qilish bo‘yicha xalqaro markaz, davlatlar va boshqa davlatlarning fuqarolari o‘rtasidagi investitsion bahslarni hal qilish bo‘yicha konvensiyaga (Vashington konvensiyasi) muvofiq tashkil qilingan. Ushbu konvensiya Investitsion bahslarni hal qilish bo‘yicha xalqaro m arkazning haq-huquqlarini, tashkiliy tuzilm asini va asosiy vazifalarini belgilab berdi. Konvensiya 1965-yil 18-martda im zolangan va 1966-yil 14-oktabrdan kuchga kirgan. Hozirgi kunda Investitsion bahslarni hal qilish bo'yicha xalqaro m arkazning a'zolari bo‘lib 146 ta mamlakat hisoblanadi.12 Konvensiya bahslarni hal qilishning ikkita asosiy yolini ko‘rib chiqadi: tom onlarni murosaga keltirish va arbitraj ishlab chiqish. Bularga muvofiq konvensiyada ishlarni qo‘zg‘ash uchun, tom onlarni murosaga keltirish masalasi bo‘yicha ish ko'rish uchun va arbitraj olkazish uchun tartib qoidalar keltirilgan. Markazda tomonlarga xizmat ko‘rsatish ixtiyoriy ravishda va to‘lov evaziga amalga oshiriladi. To‘lovlar miqdori bosh kotib tom onidan tasdiqlanadi. Hozirgi paytda ko‘pgina shartnom alar xususan, trans- chegaraviy investitsiyalar doirasida tuzilgan shartnom alar investitsion bahslarni yuzaga kelish holatini hal qiluvchi sifatida Investitsion bahslarni hal qilish bo‘yicha xalqaro m arkazda izohdan o‘tkaziladi. http://fayllar.org Download 26.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling