1. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning mohiyati, shakllari va obyektiv asoslari
Xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlarini tadqiq etish, unda vujudga kelishi mumkin
boʻlgan muammolarni hal etish va mazkur jarayonning eng samarali shakllarini koʻrsatib
berishga intilish bu boradagi turli nazariyalarning paydo boʻlishi va rivojlanishiga olib keldi.
Bunday nazariyalar qatorida neoliberalizm, korporatsionalizm, strukturalizm, neokeynschilik,
dirijistlik yoʻnalishi kabilarni ajratib koʻrsatish mumkin.
Erta neoliberalizm (1950-1960 yillar) vakillari V.Repke va M.Alle toʻliq integratsiya
deganda bir necha mamlakatlar miqyosida yagona bozor makonining tashkil etilishini tushunib,
bu makonda erkin raqobat va bozorning stixiyali kuchlari amal qilib, davlat siyosati unga oʻz
ta’sirini oʻtkaza olmaydi. Bu olimlarning fikricha, xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasiga
davlatning aralashuvi inflyatsiya, xalqaro savdo va toʻlov nisbatlarining buzilishi kabi salbiy
holatlarni keltirib chiqaradi.
Biroq, davlat ishtirokidagi mintaqaviy davlatlararo ittifoqlarning shakllanishi asosidagi
xalqaro iqtisodiy integratsiyaning rivojlanishi erta neoliberallarning fikrining asossiz ekanligini
koʻrsatdi. Shunga koʻra, keyingi neoliberalizm vakili B.Balass iqtisodiy integratsiya davlatning
iqtisodiy hayotdagi ishtirokining faollashuviga olib kelishini tadqiq etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |