Jahon hamjamiyatiga kirib borishi
Download 293.65 Kb. Pdf ko'rish
|
26-MAVZU. XALQARO IQTISODIY INTEGRATSIYA VA OʻZBEKISTONNING JAHON HAMJAMIYATIGA KIRIB BORISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Siyosiy ittifoq
Iqtisodiy ittifoqning amal qilishi yeI Vazirlar kengashi tomonidan yeI iqtisodiy
siyosatining asosiy yoʻnalishlari ishlab chiqilishini koʻzda tutadi hamda ularga har bir a’zo mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi muvofiq tushishini nazorat qiladi.
umumiy yondashuvlarni ishlab chiqishga yoʻnaltirilgan. Valyuta ittifoqi yeI doirasida yagona pul-kredit siyosatini olib borish hamda barcha mamalakatlar uchun umumiy boʻlgan valyutaning amal qilishini anglatadi. 1999 yil 1 yanvardan yeI mamlakatlari hududida yevro hisob-kitob birligi sifatida amal qila boshladi. Biroq, bu paytda valyuta ittifoqiga yeIning barcha a’zolari kirmay, Buyuk Britaniya, Gretsiya, Daniya va SHvetsiya yevro hududidan tashqarida qoldi. EI toʻla huquqli a’zolari tarkibi yillar davomida kengayib bormoqda. Hozirda uning tarkibiga 27 mamlakat kiradi: Belgiya, Germaniya, Italiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Frantsiya (1957 yil); Buyuk Britaniya, Daniya, Irlandiya (1973 yil); Gretsiya (1981 yil); Grenlandiya (1985 yil); Portugaliya, Ispaniya (1986 yil); Avstriya, , Finlyandiya, SHvetsiya (1995 yil); Vengriya, Kipr, Latviya, Litva, Malta, Polsha, Slovakiya, Sloveniya, CHexiya, Estoniya (2004 yil); Bolgariya, Ruminiya (2007 yil). EIga a’zo boʻlish uchun bu mamlakatlar quyidagi talablarga javob berishlari kerak: - demokratiyani kafolatlovchi tashkilotlarning barqaror faoliyati; - huquqiy tartibning oʻrnatilishi va unga amal qilinishi; - inson huquqlariga amal qilinishi va kam sonli millatlarning himoya qilinishi; - bozor iqtisodiyotining amal qilishi; - Ittifoq ichidagi raqobat kurashi va bozor kuchlarining ta’siriga bardosh bera olish; - oʻz zimmasiga a’zolik majburiyatlarini, shu jumladan, siyosiy, iqtisodiy va valyuta ittifoqi vazifalarini olishga tayyorlik. Evropa Ittifoqining kengayishi oʻzining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. Bir tomondan, yangi hududlar va aholining qoʻshilishi hisobiga yeIning resurs salohiyati oʻsadi, mavjud a’zolar uchun bozorlar ahamiyatli darajada kengayadi, yeIning jahondagi siyosiy mavqei kuchayadi. Boshqa tomondan, yeIdan katta hajmdagi sarf-xarajatlar, jumladan, uning yangi a’zolari uchun subsidiya va transfert toʻlovlari uchun budjet sarflarining oʻsishi talab etiladi. Yangi a’zolar iqtisodiyotining tarmoq boʻyicha tarkibi talabga javob bermaganligi sababli, yeIda beqarorlik xavfi kuchayadi. Download 293.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling