Jahon hamjamiyatiga kirib borishi


 Oʻzbekistonning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi va tashqi iqtisodiy


Download 293.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/18
Sana02.01.2022
Hajmi293.65 Kb.
#190734
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
26-MAVZU. XALQARO IQTISODIY INTEGRATSIYA VA OʻZBEKISTONNING JAHON HAMJAMIYATIGA KIRIB BORISHI

3. Oʻzbekistonning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi va tashqi iqtisodiy 

faoliyati  

 

Oʻzbekistonning  jahon  iqtisodiyotiga qoʻshilishining shart-sharoitlari  va tashqi  iqtisodiy 

faoliyatini  amalga  oshirish  imkoniyatlari  Respublika  davlat  mustaqilligini  qoʻlga  kiritishi  bilan 

vujudga  kela  boshladi.  Bunday  vaziyatda  tashqi  iqtisodiy  majmuani  boshqarishning  oʻziga  xos 

tizimini  shakllantirish,  tashqi  aloqalarni  yoʻlga  qoʻyish  borasida  qoida  va  tamoyillarni  ishlab 

chiqish, respublikaning jahon iqtisodiy tizimiga qoʻshilish yoʻllarini belgilash taqozo etiladi. 

Respublika  tashqi  siyosatini  amalga  oshirishning  asosiy  tamoyillari  teng  huquqlilik  va 

oʻzaro  manfaatdorlik  negizida  qurilsa,  uning  qoidalari  ikki  tomonlama  va  koʻp  tomonlama 

shartnoma  munosabatlarida  oʻzaro  manfaatli  aloqalar  oʻrnatish,  xalqaro  iqtisodiy  ittifoqlar 

doirasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga asoslanadi

1



Oʻzbekistonning xalqaro mehnat taqsimoti va jahon xoʻjalik aloqalarida ishtirok etishning 



asosi  ochiq  turdagi  iqtisodiyotni  vujudga  keltirishdir.  Shu  sababli  respublikamiz  mustaqillikka 

erishgandan  keyin  qisqa  davr  ichida  80  dan  ortiq  davlat  bilan  diplomatiya  munosabatlarini 

oʻrnatdi, dunyoning 20 dan ortiq davlatida diplomatiya elchixonalarini ochdi, koʻpgina xalqaro 

tashkilotlar  –  BMT  iqtisodiy  muassasalari,  Jahon  banki,  Xalqaro  bank,  Xalqaro  valyuta  fondi, 

Xalqaro  moliya  korporatsiyasi,  Iqtisodiy  taraqqiyotga  koʻmaklashuvchi  tashkilot  kabi  boshqa 

xalqaro moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlarga a’zo boʻlib kirdi.  

Oʻzbekistonning  jahon  xoʻjaligiga  integratsiyalashuvi  jarayonlarining  oʻziga  xos 

xususiyatlari  toʻgʻrisida  toʻxtalib,  Birinchi  Prezidentimiz  I.A.Karimov  shunday  degan  edi: 

«Integratsiya  haqida  gapirar  ekanmiz,  manfaatlar  birikuvining  xilma-xil  mexanizmlari  va 

shakllari hamda integratsiya turlari mavjudligiga asoslanamiz. Bunga sherikchilik va hamkorlik 

qilishga  intilayotgan  mamlakatlarning  boshlangʻich  shart-sharoitlari  turlichaligi  sababdir. 

Oʻzbekiston  bir  vaqtning  oʻzida  turli  darajalarda  –  dunyo  miqyosida  va  mintaqa  koʻlamida  – 

integratsiya jarayonlarida qatnashsa-da, ammo bir muhim qoidaga:  bir davlat bilan yaqinlashish 

hisobiga  boshqasidan  uzoqlashmaslikka  amal  qiladi.  Biz  bir  sub’ekt  bilan  sherikchilikning 

mustahkamlanishi  boshqalar  bilan  sherikchilik  munosabatlarining  zaiflashuviga  olib  kelishiga 

qarshimiz.  Shu  sababli  Oʻzbekistonning  jahon  hamjamiyatidagi  integratsiyalashuvi  serqirra 

jarayondir»

2



Bugungi kunda Oʻzbekistonning jahon xoʻjaligiga integratsiyalashuvi koʻp darajali tizim 

sifatida  amal  qilib,  uni  quyidagi  beshta  darajaga  ajratish  mumkin:  global;  transkontinental; 

                                                

1

 Karimov I.A. «Oʻzbеkiston buyuk kеlajak sari». T.: «Oʻzbеkiston», 1998. 266-267-b. 



2

 Karimov I.A. Oʻzbеkiston XXI asr boʻsagʻasida: хavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot 

kafolatlari. – T.: Oʻzbеkiston, 1997, 299-bеt. 



mintaqalararo;  mintaqaviy;  mahalliy

3

.  Har  bir  darajadagi  integratsion  aloqalarning  oʻziga  xos 



vazifalari mavjud. 

Oʻzbekistonning global darajada amalga oshiriluvchi strategik integratsion vazifasi – bu 

mamlakatdagi  barcha  xoʻjalik  sub’ektlarining  tashqi  bozor  bilan  oʻzaro  aloqasini  ta’minlash 

uchun teng huquqli va milliy manfaatlarga mos keluvchi shart-sharoitlarni yaratish asosida uning 

xalqaro valyuta-moliya va savdo mexanizmlariga bevosita qoʻshilishidir. Oʻzbekistonning BMT, 

yevropada  xavfsizlik  va  hamkorlik  tashkiloti  (OBSE),  yevropa  hamjamiyati,  NATO,  Jahon 

banki, Xalqaro valyuta fondi, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (EKO) kabi tashkilotlar faoliyatidagi 

faol ishtiroki uning jahon xoʻjaligiga yanada kengroq integratsiyalashuvini ta’minlaydi.   

Oʻzbekistonning transkontinental darajada amalga oshiriluvchi integratsion vazifasi – 

bu xalqaro transosiyo Iqtisodiy xamkorlik tashkiloti (EKO) doirasidagi  oʻzaro aloqalarni yanada 

kuchaytirishdan  iborat.  Bu  tashkilot  1992  yilda  tashkil  etilgan  boʻlib,  oʻz  ichiga  Osiyo 

qit’asining  10  ta  davlati  (Turkiya,  Eron,  Pokiston,  Afgʻoniston,  Oʻzbekiston,  Qozogʻiston, 

Qirgʻiziston,  Tojikiston,  Turkmaniston  va  Ozarbayjon)ni  oladi.  Uning  asosiy  maqsadi  – 

xoʻjalikning transport, kommunikatsiyalar, sanoat,  qishloq xoʻjaligi, savdo, turizm, ishchi kuchi 

resurslarini  rivojlantirish  kabi  sohalarida  mintaqaviy  va  xalqaro  iqtisodiy  hamkorlikni  yoʻlga 

qoʻyishdan iborat. 

Oʻzbekiston  mintaqalararo  darajada  yangi  mustaqil  davlatlar  –  MDH  mamlakatlari 

bilan  integratsiyaga  kirishdi.  Oʻzbekiston  birinchilar  qatorida  MDHni  tashkil  etish  gʻoyasini 

qoʻllab-quvvatladi, uning tashkilotchilari tarkibiga kirdi, integratsion va kooperatsion aloqalarini 

mustahkamlash  hamda  uning  Xalqaro  iqtisodiy  qoʻmita  (MEK),  Davlatlararo  bank  (MGB), 

MDH Statistika qoʻmitasi kabi institutsional tuzilmalarini shakllantirishda faol ishtirok etmoqda. 

Oʻz  oʻrnida  ta’kidlash  lozimki,  keyingi  paytlarda  MDH  oʻzining  tashkil  topishi 

chogʻidagi  dastlabki  maqsadi  –  ya’ni,  mavjud  xoʻjalik  aloqalari  va  imkoniyatlardan 

foydalanishda  oʻzaro  manfaatli  hamkorlik  munosabatlarini  yoʻlga  qoʻyish  va  shu  asosda 

iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash maqsadi hamda undan kelib chiquvchi vazifalarga mos kelmay 

qoldi.  Bu  tashkilot  faoliyat  yoʻnalishida  koʻproq  siyosiy  masalalar,  «integratsion  aloqalarni 

kuchaytirish» shiori ostida kuchli mamlakatlarning nisbatan kuchsiz mamlakatlar ichki ishlariga 

aralashuvi,  ular  manfaatlarining  siqib  qoʻyilishi,  iqtisodiy  va  siyosiy  tazyiq  oʻtkazish  holatlari 

ustunlik kasb eta boshladi. Bunday holatlarga Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov MDHga a’zo 

mamlakatlarning turli darajadagi yigʻilishlarida tanqidiy nuqtai nazardan qarab, uni tubdan isloh 

qilish borasida oʻzlarining amaliy takliflarini berdilar. 

Oʻzbekistonning  mintaqaviy  darajadagi  integratsiyasi  –  bu  umumiy  tarixga,  yagona 

madaniy  an’analarga,  oʻxshash  turmush  tarzi  va  mentalitetga  ega  boʻlgan  qardosh  xalqlarni 

birlashtiruvchi  Markaziy  Osiyo  mamlakatlari  oʻrtasidagi  hamkorlikni  mustahkamlash  va 

rivojlantirishdan  iborat. Bunday  integratsion aloqaning aniq  shakli sifatida 1992  yilning  yanvar 

oyida tashkil etilgan Markaziy Osiyo mintaqaviy hamkorligi (TSARS) tashkil etildi.  

Yana  bir  istiqbolli,  kuchli  salohiyatga  ega  boʻlgan  mintaqaviy  birlashmalardan  biri  – 


Download 293.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling