Jahon hamjamiyatiga kirib borishi


Shanxay  hamkorlik  tashkiloti  (SHOS)dir


Download 293.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/18
Sana02.01.2022
Hajmi293.65 Kb.
#190734
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
26-MAVZU. XALQARO IQTISODIY INTEGRATSIYA VA OʻZBEKISTONNING JAHON HAMJAMIYATIGA KIRIB BORISHI

Shanxay  hamkorlik  tashkiloti  (SHOS)dir.  Bu  tashkilot  2001  yilning  15  iyunida  oltita  – 

Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Rossiya va Xitoy mamlakatlari hamkorligida 

tashkil etildi.  

Bugungi  kunda  SHanxay  hamkorlik  tashkilotining  xalqaro  maydondagi  nufuzi,  obroʻ-

e’tibori  sezilarli  darajada  oshib  bormoqda.  Ushbu  tashkilot  safidan  joy  olish  istagini  bildirgan 

davlatlar  soni  ham  koʻpaymoqda.  ShHTning  salohiyati  haqida  gapirganda  masalaning  faqat 

iqtisodiy jihati hisobga olinsa ham, uni yirik iqtisodiy-integratsiyaviy tashkilot deb atash uchun 

barcha asoslar yetarlidir. 

ShHTning  salohiyat  va  imkoniyatlari  toʻgʻrisida  soʻz  ketganda,  eng  avvalo  unga  a’zo 

mamlakatlar  egallagan  hudud  koʻlamining  ahamiyatli  darajada  kattaligini  ta’kidlash  oʻrinlidir. 

ShHTga a’zo davlatlarning umumiy hududi 30178,7 ming km.kv ni tashkil etib, unda eng katta 

                                                

3

 Узбекистан: десять лет по пути формирования риночной экономики / Под ред. А.Х.Хикматова. – 



Т.: “Ўзбекистон”, 2001, 292-бет. 


salmoqni  Rossiya  (56,6%)  va  Xitoy  (31,8%)  egallaydi  (26.1-jadval).  Mazkur  tashkilotga  a’zo 

davlatlar  aholisi  soni  1,5  mlrd.dan  koʻproq  boʻlib,  aholi  umumiy  sonidagi  salmogʻi  jihatidan 

Xitoy eng katta ulushga ega – 87,0 %. Soʻnggi yillarda SHHTga a’zo davlatlar tomonidan ishlab 

chiqarilgan YAIM hajmi 12,1 trln. doll.dan oshadi. 

Oʻzbekistonning  SHanxay  hamkorlik  tashkiloti  mamlakatlari  bilan  iqtisodiy 

integratsiyasining kuchayishi koʻp jihatdan mazkur mamlakatlarning milliy manfaatdorligi bilan 

belgilanadi.  Eng  avvalo,  Oʻzbekiston  raqobat  jihatidan  nisbatan  ustunlikka  ega  boʻlgan  ishlab 

chiqarish  sohalari  tovarlari  –  paxta  xomashyosi,  mashinasozlik,  kimyo  sanoati,  qurilish 

materiallari  sanoati,  elektr  energetikasi  tovarlarining  savdosini  kengaytirishi  maqsadga 

muvofiqdir.  Shuningdek,  telekommunikatsiyalar,  suv  va  energiya  resurslaridan  foydalanish, 

xalqaro  turizm,  hamkorlikdagi  ekologik  loyihalarni  amalga  oshirish  borasida  integratsiya 

aloqalarini kuchaytirish lozim.   




Download 293.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling