Asosiy tayanch tushunchalar
Xalqaro iqtisodiy integratsiya – jahon mamlakatlari oʻzaro iqtisodiy aloqalarining
chuqurlashtirish va barqaror rivojlanishi hamda milliy xoʻjaliklar oʻrtasidagi mehnat taqsimoti
asosida ular xoʻjalik aloqalarining birlashish jarayoni.
Erkin savdo hududlari – iqtisodiy integratsiyaning eng oddiy shakli boʻlib, uning dorasida
savdo cheklashlari bekor qilinadi.
Bojxona ittifoqi – yagona tashqi savdo ta’riflari oʻrnatishni va uchinchi mamlakatga
nisbatan yagona tashqi savdo siyosati yuritishini taqozo qiladi.
Toʻlov ittifoqi – milliy valyutalarning oʻzaro almashinuvi va hisob-kitobda yagona pul
birligining amal qilishi.
Umumiy bozor – bunda uning qatnashchilari oʻzaro erkin savdoni amalga oshirish va
yagona tashqi savdo siyosati oʻtkazish bilan birga kapital va ishchi kuchining erkin xarakati
ta’minlanadi.
Iqtisodiy va valyuta ittifoqi – iqtisodiy integratsiyaning eng oliy shakli boʻlib, bunda
iqtisodiy integratsiyaning barcha qarab chiqilgan shakllari iqtisodiy va valyuta-moliyaviy siyosat
oʻtkazish bilan birga uygʻunlashadi.
Qat’iy (bir tomonlama nafli) integratsiya – integratsiya jarayonlaridan ba’zilari naf
koʻruvchi, boshqa birlari donor mamlakatlar hisoblanadigan integratsiyaning tashqi tavsif
holatlari bilan shartlangan turi.
Moslashuvchan (ikki tomonlama nafli) integratsiya – har bir mamlakat bir vaqtning
oʻzida ham donor, ham naf koʻruvchi hisoblanadigan integratsiya turi.
Do'stlaringiz bilan baham: |