Jahon hamjamiyatiga kirib borishi


Download 293.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/18
Sana02.01.2022
Hajmi293.65 Kb.
#190734
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
26-MAVZU. XALQARO IQTISODIY INTEGRATSIYA VA OʻZBEKISTONNING JAHON HAMJAMIYATIGA KIRIB BORISHI

26.1-jadval  

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar toʻgʻrisida ma’lumotlar 

Davlat 

nomi 

Hududi 

Aholisi soni 

YaIM 

ming 

km



salmogʻi, 



ming kishi 

salmogʻi, 



mlrd. doll 

salmogʻi, 

Oʻzbekiston 

447,4 

1,5 


26851,2*** 

1,8 


45,8****  

0,4 


Qozogʻiston 

2717,3 


9,0 

15217,7** 

1,0 

125,9*** 



1,0 

Xitoy 


9 597,0 

31,8 


1317000,0* 

87,0 


10210,0** 

84,1 


Qirgʻiziston 

198,5 


0,7 

5146,3*** 

0,3 

10,6*** 


0,1 

Rossiya 


17075,4 

56,6 


142026,3*  

9,4 


1746,0** 

14,4 


Tojikiston 

143,1 


0,5 

7163,5*** 

0,5 

8,8*** 


0,1 

Jami 

30178,7 

100,0 

1513405,0 

100 

12147,1 

100,0 

Izoh: * - 2007, ** - 2006, *** - 2005, **** - 2004 yillar holatiga olingan ma’lumot. 

Manba: 

http://ru.wikipedia.org/wiki

www.shos2007.ru



www.krugosvet.ru/articles

www.regnum.ru/dossier



http://russian.scosummit2006.org/shanghe/

 

Oʻzbekistonning  jahon  hamjamiyatiga  qoʻshilish  talablaridan  kelib  chiqib,  tashqi 



iqtisodiy  faoliyat  bilan  shugʻullanishi  zarur  boʻlgan  barcha  muassasalar  (tashqi  iqtisodiy  aloqa 

vazirligi,  tashqi  iqtisodiy  faoliyat  Milliy  banki,  bojxonalar  xizmati  va  boshqalar)  amalda 

yangidan  tashkil  etildi.  Vazirlar  Mahkamasidan  tortib,  boshqaruvning  mahalliy  darajasi  va 

korxonalargacha  boʻlgan  xoʻjalik  sub’ektlarida  tegishli  tashqi  iqtisodiy  boʻlimlar  tuzildi. 

Dunyoning  bir  qancha  mamlakatlarida  savdo  uylari  ochildi  va  savdo-sanoat  palatalari  barpo 

etildi. 


Tashqi savdo bilan birga iqtisodiy hamkorlikning boshqa shakllari ham sezilarli darajada 

rivojlandi.  Jumladan,  2007  yilga  kelib  Respublika  hududida  roʻyxatdan  oʻtgan  xorijiy  sarmoya 

ishtirokidagi  korxonalar  soni  4089  birlikni,  ularning  eksporti  hajmi  mamlakat  umumiy 

eksportining  18,5  foizini  tashkil  etdi.  Bunday  korxonalarning  asosiy  qismi  sanoat  tarmoqlari 

(50,1%), savdo va umumiy ovqatlanish (29,9%) sohalarida toʻplangan.  

Xalqaro iqtisodiy integratsiya jahon xoʻjaligi rivojining tarixiy jihatdan uzoq davr davom 

etgan natijasi hisoblansada, Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlab oʻtganlaridek, hozirgi kunda ham 

mamlakatlarning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuv jarayonida hal etilmagan koʻpdan-koʻp 

muammolar  mavjudki,  bizning  Respublikamiz  uchun  bu  tashqi  iqtisodiy  va  valyuta  siyosatini 

yanada erkinlashtirishdan iborat

4



Dastlabki  davrlarda  respublikamizda  tashqi  savdo  ikki  yoʻnalish  boʻyicha:  MDH 



mamlakatlari  bilan  hukumatlararo  bitimlar  va  xorijiy  mamlakatlar  bilan  erkin  muomaladagi 

valyutada hisob-kitob qilish asosida amalga oshirildi. 

                                                

4

  Karimov  I.A.  Islohotlar  va  invеstitsiyalar  boʻyicha  idoralararo  muvofiqlashtiruvchi  kеngash 



yigʻilishidagi ma’ruzasi. «Хalq soʻzi», 2000-yil 2-fеvral.

 



2008 yil respublikamiz tashqi savdo aylanmasi 19077,0 mln. AQSH dollarini tashkil etib, 

uning 37,8 foizi MDH mamlakatlari, 62,2 foizi uzoq xorijiy mamlakatlar hissasiga toʻgʻri keladi. 

Xorijiy  mamlakatlarga  mahsulot  eksporti  hajmi  toʻxtovsiz  koʻpayib  borib,  2008  yilda  11572,9 

mln.  dollarni  tashkil  qildi,  uning  asosiy  qismi  (65,3%)  uzoq  chet  el  davlatlari  hissasiga  toʻgʻri 

keldi

5



Ta’kidlash  kerakki,  tashqi  savdo  munosabatlarimiz  geografiyasi,  avvalo,  rivojlanib 

borayotgan  Osiyo  qit’asi  bozorlari  bilan  savdo  aylanmasining  oʻsishi  hisobiga  sifat  jihatidan 

oʻzgarmoqda. 

Bu koʻrsatkichlarning barchasi, avvalo, eksport tarkibida yuqori qoʻshilgan qiymatga ega 

boʻlgan  raqobatdosh  tayyor  mahsulot  ulushining  izchil  oshishi,  birinchi  navbatda, 

iqtisodiyotimizning  oʻsib  borayotgan  salohiyati  va  imkoniyatlaridan  dalolat  beradi.  Shu  bilan 

birga, bunday holat eksportimizning xom ashyo resurslari narxi tez-tez oʻzgarib turadigan jahon 

bozori ta’siriga bogʻliqligini kamaytirishda muhim yoʻnalish boʻlib xizmat qiladi

6



Tashqi  iqtisodiy  faoliyatda  Markaziy  Osiyo  davlatlarining  koʻp  tomonlama  aloqalari  va 



hamkorligini rivojlantirishga birinchi darajali ahamiyat berilmoqda. Oʻzbekiston, Qozogʻiston va 

Qirgʻiziston  oʻrtasidagi  yagona  iqtisodiy  makon  toʻgʻrisida  tuzilgan  shartnoma  samara  bera 

boshladi. Ularning sanoatini integratsiyalashtirishga qaratilgan dastur ishlab chiqildi. 

MDH  mamlakatlari  bilan  bevosita  va  koʻp  tomonlama  munosabatlarni  rivojlantirish 

tashqi  siyosatning  asosiy  yoʻnalishlaridan  biridir.  Oʻzbekiston  Hamdoʻstlik  davlatlari 

muassasalari – Davlatlararo iqtisodiy qoʻmita, Davlatlararo bank va boshqa muassasalarni tashkil 

etishda  faol  qatnashmoqda.  MDHdagi  mamlakatlar  (Rossiya,  Ukraina,  Belorus,  Moldova  va 

boshqalar)  bilan  ikki  tomonlama  tashqi  siyosiy,  savdo-iqtisodiy  va  boshqa  shartnoma  hamda 

bitimlar imzolanib, ular kuchga kirdi. 

Respublika tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishda iqtisodiyotga xorijiy sarmoyalarni 

jalb etish uchun qulay sharoit yaratishga, hamda zarur boʻlgan tashkilot va muassasalar tuzishga 

katta  ahamiyat  berilmoqda.  Bular  jumlasiga  tavakkalchilik  xatarlaridan  keladigan  zararni 

qoplaydigan  «Oʻzbekinvest»  milliy  sugʻurta  kompaniyasini,  turli  qoʻshma    sugʻurta 

kompaniyalarini,  Vazirlar  Mahkamasi  huzurida  BMT  bilan  birgalikda  tashkil  qilingan 

investitsiyalarga  koʻmaklashuvchi  xizmatni,  Davlat  mulk  qoʻmitasi  huzuridagi  koʻchmas  mulk 

va xorijiy investitsiyalar agentligi kabilarni kiritish mumkin. Bu muassasa va tashkilotlar hamda 

respublikada  vujudga  keltirilgan  huquqiy  me’yorlar  xorijiy  investitsiya  faoliyati  uchun  qulay 

sharoitlarni yaratib, ularning huquqlarini himoya qiladi va sarflangan sarmoyasini kafolatlaydi.  

Oʻzbekistonning  jahon  hamjamiyatiga  kirib  borishi  BMTning  respublikada  amalga 

oshirayotgan  iqtisodiy,  ta’lim,  sogʻliqni  saqlash,  madaniyat,  fan  sohalarida  amalga 


Download 293.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling