Jahon hamjamiyatiga kirib borishi
Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHOS)dir
Download 293.65 Kb. Pdf ko'rish
|
26-MAVZU. XALQARO IQTISODIY INTEGRATSIYA VA OʻZBEKISTONNING JAHON HAMJAMIYATIGA KIRIB BORISHI
Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHOS)dir. Bu tashkilot 2001 yilning 15 iyunida oltita –
Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Rossiya va Xitoy mamlakatlari hamkorligida tashkil etildi. Bugungi kunda SHanxay hamkorlik tashkilotining xalqaro maydondagi nufuzi, obroʻ- e’tibori sezilarli darajada oshib bormoqda. Ushbu tashkilot safidan joy olish istagini bildirgan davlatlar soni ham koʻpaymoqda. ShHTning salohiyati haqida gapirganda masalaning faqat iqtisodiy jihati hisobga olinsa ham, uni yirik iqtisodiy-integratsiyaviy tashkilot deb atash uchun barcha asoslar yetarlidir. ShHTning salohiyat va imkoniyatlari toʻgʻrisida soʻz ketganda, eng avvalo unga a’zo mamlakatlar egallagan hudud koʻlamining ahamiyatli darajada kattaligini ta’kidlash oʻrinlidir. ShHTga a’zo davlatlarning umumiy hududi 30178,7 ming km.kv ni tashkil etib, unda eng katta
3 Узбекистан: десять лет по пути формирования риночной экономики / Под ред. А.Х.Хикматова. – Т.: “Ўзбекистон”, 2001, 292-бет. salmoqni Rossiya (56,6%) va Xitoy (31,8%) egallaydi (26.1-jadval). Mazkur tashkilotga a’zo davlatlar aholisi soni 1,5 mlrd.dan koʻproq boʻlib, aholi umumiy sonidagi salmogʻi jihatidan Xitoy eng katta ulushga ega – 87,0 %. Soʻnggi yillarda SHHTga a’zo davlatlar tomonidan ishlab chiqarilgan YAIM hajmi 12,1 trln. doll.dan oshadi. Oʻzbekistonning SHanxay hamkorlik tashkiloti mamlakatlari bilan iqtisodiy integratsiyasining kuchayishi koʻp jihatdan mazkur mamlakatlarning milliy manfaatdorligi bilan belgilanadi. Eng avvalo, Oʻzbekiston raqobat jihatidan nisbatan ustunlikka ega boʻlgan ishlab chiqarish sohalari tovarlari – paxta xomashyosi, mashinasozlik, kimyo sanoati, qurilish materiallari sanoati, elektr energetikasi tovarlarining savdosini kengaytirishi maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, telekommunikatsiyalar, suv va energiya resurslaridan foydalanish, xalqaro turizm, hamkorlikdagi ekologik loyihalarni amalga oshirish borasida integratsiya aloqalarini kuchaytirish lozim. Download 293.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling