Takrorlash uchun savol va topshiriqlar
1. Xalqaro iqtisodiy integratsiya nima va uning qanday shakllari mavjud?
2. Erkin savdo hududlarining mohiyatini tushuntiring. Bunday tuzilmalarning
integratsiyalashuv jarayonidagi oʻrni qanday?
3. Bojxona ittifoqi va toʻlov ittifoqi bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?
4. Umumiy bozorning amal qilish tamoyillari qanday va bugungi kunda uning faoliyati
uchun qanday shart-sharoitlar talab qilinadi?
5. Integratsiyaning qanday turlarini bilasiz? Har biriga misollar keltiring.
6. Bugungi kunda Oʻzbekistonning jahon xoʻjaligiga integratsiyalashuvining qanday
darajalari mavjud?
7. Evropa Ittifoqi, Erkin savdo toʻgʻrisida SHimoliy Amerika bitimi (NAFTA), Janubi-
Sharqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasi (ASEAN) toʻgʻrisida ma’lumot bering.
8. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni ifodalovchi yana qanday nazariyalarni bilasiz? Bu
nazariyalarning afzal va kamchilik tomonlarini taqqoslang.
9. Oʻzbekistonda tashqi iqtisodiy aloqalarning ustuvor yoʻnalishlarini koʻrsating.
10. Mamlakatimizning keyingi yillardagi tashqi iqtisodiy faoliyatiga baho bering.