Jаhоn хo`jаligidа iqtisоdiy o`sish vа ijtimоiy rivоjlаnish
Хаlqаrо iqtisоdiy intеgrаtsiyaning mаzmuni vа mоhiyati
Download 242.38 Kb.
|
Jaxon iqtisodiyoti fanidan mustaqil ishi
Хаlqаrо iqtisоdiy intеgrаtsiyaning mаzmuni vа mоhiyati
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab yetakchi industrial mamlakatlarning tez iqtisodiy rivojlanishi va xalqaro transport hamda kommunikatsiya vositalarining takomillashishi natijasida tovarlar hamda xizmatlar almashinuvining qizg‘in rivojlanishi ro‘y berdi. Ishlab chiqarish omillari (kapital, ish kuchi va texnologiyalar) xalqaro harakatining turli shakllari vujudga kela boshladi, buning natijasida xorijga faqat tayyor mahsulot emas, balki uni ishlab chiqarish omillari ham ko‘chib o‘ta boshladi. Tovarning narxiga qo‘shilgan foyda endilikda faqat milliy chegaralar doirasidagina emas, balki xorijda ham yaratila boshlandi. Iqtisodiy integratsiya tovarlar va xizmatlar xalqaro savdosi hamda ishlab chiqarish omillari aylanishi rivojlanishning qonuniy natijasi bo‘ldi. Iqtisodiy integratsiya-mamlakatlar o‘zaro iqtisodiy hamkorligining natijasi bo‘lib, u xo‘jalik mexanizmlarining yaqinlashuviga olib keladi va bu yaqinlashuv davlatlararo bitimlar shaklini oladi hamda tegishli davlatlararo organlar tomonidan tartibga solinadi. HozirgivaqtdamutaxassislarorasidaintegratsiyalashuvjarayonlariganisbatanYagonanuqtainazaryoIqtisodchilarningbirguruhiintegratsiyajarayonidamamlakatlaro‘rtasidayangitovaroqimlarinishakllantirishhisobiga "Resurslarningcheklanganligi" omilinibartarafetishniengmuhimholdebbiladilarvabualohidaolinganbirmamlakatichidabir-birigao‘xshashqimmatroqtovarlarishlabchiqarishnibartarafetishyokiilmiy-tadqiqothamdatajriba- konstruktorlikishlarigasarflanadiganvositalarnitejashimkoniniberadigantexnologiko‘zaroalmashuvlarnikengaytirishgaimkontug‘diradidebhisoblaydilar.Olimlarning boshqa guruhi ustunlik qiluvchi shart-sharoitlar sifatida tashqi iqtisodiy omillar, masalan, kollektiv mudofaa qobiliyatini oshirishni ilgari suradilar. Uchinchi guruh olimlar esa, integratsion guruhlar tuzilishi bu ularning a’zolariga ishlab chiqarishning birdek o‘sishi, ijtimoiy barqarorlik va shakliy maqsadlarga oson hamda tezroq erishish imkonini beradi deb hisoblashadi. Integratsiyaga nisbatan bu va boshqa nazariy yondashuvlarini umumlashtirib, shuni ta’kidlash joizki, integratsiya-mintaqaviy miqyosda sifat jihatidan yangi iqtisodiy muhitni shakllantirish yo‘li bilan milliy xo‘jalik komplekslarining yaqinlashuvi va bir-biriga kirib borishini ifodalaydi. Jahon iqtisodiyotida integratsiya jarayonlari har bir davlat uchun faqat "o‘z ishlab chiqarishiga" ega bo‘lish foyda bermaydigan bo‘lib qoladigan vaziyatni keltirib chiqaradi.. Ba’zi milliy iqtisodiyotlar o‘z iqtisodiy salohiyatlarini kuchaytirishga intilib, jahon xo‘jaligiga tobora ko‘proq qo‘shilib bormoqda. Jahon xo‘jaligi ishchi kuchining aylanishi, kadrlar tayyorlash, mutaxassislarni o‘zaro ayriboshlash o‘sib borgan sari baynalmilal tus olmoqda. Jahon xo‘jalik aloqalari shakllanishi va rivojlanishining istiqbollari xalqaro jahon xo‘jaligi rivojlanishining asosiy tendensiyasi sayyoramiz miqyosida tovarlar, kapitallar va xizmatlarning Yagona bozorini yaratishga, alohida mamlakatlarning iqtisodiy yaqinlashishi va yaxlit xalqaro xo‘jalik kompleksiga birlashishiga intilishda namoyon bo‘lishini ko‘rsatadi. Buesaxalqaroiqtisodiymunosabatlarningboshqacha, anchayuqoribosqichihisoblanadi. Integratsiyaviy tuzilmalarni ishlab chiqarishning integratsiyalashuvida erishilgan darajasiga qarab ajratish lozim. Bunda integratsiyalashuv ham rasmiy, ham real xususiyatga ega bo‘lishi mumkinligini hisobga olish kerak. Rasmiy integratsiyalashuv ishlab chiqarishni shunday xalqaro umumlashtirishdan iboratki, uning asosida mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar xalqaro mexnat taqsimoti asosida o‘rnatiladi. Real iqtisodiy integratsiya esa, ishlab chiqarishni shunday xalqaro umumlashtirishdan iboratki, bu umumlashtirish ishtirokchi davlatlar asosiy ijtimoiy- iqtisodiy o‘lchamlarining ma’lum paritetini nazarda tutadi.45 Iqtisodiy integratsiya, o‘z navbatida, ishtirokchi mamlakatlarning asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini ko‘tarish uchun sharoit yaratadi. Iqtisodiy integratsiyaga olib keladigan jarayonlarni quyidagi o‘zaro bog‘langan zanjir ko‘rinishida ifodalash mumkin: ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish, xalqaro mehnat taqsimoti, ishlab chiqarish va kapitalning integratsiyalashuvi, iqtisodiy integratsiya. Ma’lumki, ko‘plab milliy va xorijiy mamlakatlar iqtisodchilari asarlarida shu xolatlar ma’lum bo‘lmoqdaki, integratsion guruhda u yoki bu mamlakatning ishtirok etishining ijobiy yoki salbiy tomonlarini baholash murakkabligicha qolmoqda. Biroq, shu narsa ma’lumki, integratsiyadan ichki bozori kichik, resurslarga boy bo‘lmagan, jahon YAIMida kam ulushga ega bo‘lgan davlatlar ko‘proq samara oladi. Bunga ko‘ra iqtisodiy integratsiya bir qator ob’ektiv omillarga asoslangan bo‘lib, ular orasida quyidagilar muhim o‘rin tutadi: 1) Xo‘jalik hayoti baynalminallashuvining o‘sib borishi; 2) Xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi; 3) O‘z xususiyatiga ko‘ra umumjahon ilmiy-texnika inqilobi; 4) Milliy iqtisodiyotlar ochiqligi darajasining oshishi; 5) Yangi savdo oqimlarning paydo bo‘lishi: 6) Integratsiyalashayotgan mamlakatlarda daromadlarning ortishi; 7) Integratsion birlashmaga a’zo mamlakatlarning uchinchi mamlakatlarga nisbatan iqtisodiy pozitsiyasining mustahkamlanishi; 8) Ishlab chiqarish xarajatlari, tovarlar va xizmatlar narxining pasayishi tufayli iqtisodiy farovonlikning o‘sishi; 9) Mintaqada siyosiy hamkorlikning rivojlanishi va integratsion birlashmaga a’zo mamlakatlarning uchinchi mamlakatlarga nisbatan siyosiy pozitsiyasining mustahkamlanishi; Bu omillarning barchasi o‘zaro bog‘liqdir. Integratsiyalashuv-mamlakatlar o‘rtasidagi (avvalambor, xalqaro mehnat taqsimoti asosida) barqaror o‘zaro aloqalar rivojlanishi Download 242.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling