Jаhоn хo`jаligidа iqtisоdiy o`sish vа ijtimоiy rivоjlаnish
Хаlqаrо ilmiy-tехnikаviy hаmkоrlik
Download 242.38 Kb.
|
Jaxon iqtisodiyoti fanidan mustaqil ishi
Хаlqаrо ilmiy-tехnikаviy hаmkоrlik
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-4463-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 72-son qaroriga muvofiq “Oʻzarxiv” agentligi tuzilmasida Xalqaro munosabatlar boʻlimi tashkil etilgan boʻlib, mazkur boʻlim arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi mamlakatimiz va xorijiy davlatlarning ilgʻor ish tajribasini oʻrganish va ommalashtirish, xorijiy arxivlarda saqlanayotgan Oʻzbekiston tarixiga oid arxiv hujjatlari nusxalarini olib kelish uchun masʼul etib belgilangan.Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan mutasaddi tashkilotlar va idoralar bilan xalqaro nufuzdagi hamkorlik munosabatlarini oʻrnatish maqsadida, xususan, arxivshunoslik, arxeografiya, ish yuritish, elektron hujjat aylanishi sohasida ilmiy, metodik ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish, xalqaro ilmiy tadqiqotlar natijalarini va ilmiy-texnika yutuqlarini respublika arxivlari amaliyotiga joriy etish; xorijiy tajribani inobatga olib zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda muntazam ravishda arxiv ishi va ish yuritish sohasida faoliyat koʻrsatayotgan xodimlarni malakasini oshirish tizimini shakllantirish; arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi mamlakatimiz va xorijiy davlatlarning ilgʻor ish tajribasini oʻrganish va ommalashtirish, xorijiy arxivlarda saqlanayotgan Oʻzbekiston tarixiga oid arxiv hujjatlari nusxalarini olib kelish kabi vazifalarni amalga oshirish uchun bir qator salmoqli xalqaro va mahalliy hamkorlik hujjatlari imzolanib, ular asosida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda Jumladan (xronologiya boʻyicha): 1. “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi bilan Rossiya Federal arxiv xizmati oʻrtasida arxiv sohasi boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisida Bitim” 2003-yil 21-mayda Toshkent shahrida imzolangan. 2. Arxiv sohasida tadqiqotlarni birgalikda davom ettirish muhimligini tasdiqlagan holda 2003-yil 6-iyunda imzolangan “Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi bilan Amerikaning Xolokost yodgorlik kengashi va uning Vashingtondagi Muzeyi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida Bitim asosida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-oktabrdagi PF-5848-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2020-yilda tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb etish boʻyicha chora-tadbirlar Rejasining tegishli bandlari ijrosini taʼminlash yuzasidan 2020-yilning 29-iyul kuni “Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi va AQSh Xolokost memorial muzeyi oʻrtasida hamkorlik shartnomasi” imzolangan. UshbuShartnomaasosida “OʻzbekistonRespublikasi “Oʻzarxiv” agentligivaAmerikaQoʻshmaShtatlariXolokostyodgorlikmuzeyioʻrtasidagihamkorliktoʻgʻrisidagiShartnomaasosidatuzilganTexnikbitim” 2021-yil 14-yanvardaVashingtonvaToshkentshaharlaridaimzolangan. Mazkur hujjatlar asosida arxiv materiallarni raqamlashtirish va restavratsiya qilish boʻyicha ishlar olib borilmoqda. 3. “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi bilan Qozogʻiston Respublikasi Madaniyat va axborot vazirligi oʻrtasida arxiv ishi sohasida hamkorlik qilish toʻgʻrisida Bitim” 2007-yil 26-iyulda Toshkent shahrida imzolangan. 4. “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi bilan Misr Milliy kutubxonasi va Arxivlari oʻrtasida Anglashuv memorandumi” 2009-yil 5-mayda Qohira shahrida imzolangan. 5. “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi bilan Ukraina Davlat arxivlar qoʻmitasi oʻrtasida arxiv ishi sohasida hamkorlik toʻgʻrisida Bitim” 2009-yil 29-oktabrda Yerevan shahrida imzolangan. 6. “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi bilan Ukraina Davlat arxivlar qoʻmitasi oʻrtasida arxiv ishi sohasida hamkorlik toʻgʻrisida Bitim” 2009-yil 29-oktabrda Yerevan shahrida imzolangan. 7. “Turkiya Jumhuriyati Bosh vazir devoni Turkiya Hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari bilan oʻtkazilgan uchrashuv Bayoni” 2015-yil 24-fevralda Toshkent shahrida imzolangan. “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi bilan Turkiya Respublikasi Bosh vaziri devoni huzuridagi Davlat arxivlari bosh direksiyasi oʻrtasida arxivlar sohasida hamkorlik toʻgʻrisida Protokol” 2018-yil 30-aprelda Toshkent shahrida imzolangan. “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi bilan Turkiya Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat arxivlari boshqarmasi oʻrtasidagi madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha kelishuvlarni amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha Amaliy harakatlar rejasi” 2019-yil 11-martda Toshkent shahrida imzolangan. 8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-dekabrdagi PQ-4067-son Qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston milliy arxivining yangi binosini qurish uchun loyiha hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha ishlar ketmoqda. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash va kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-4256-son Qarori bilan tasdiqlangan Yoʻl xaritasining tegishli bandiga asosan davlat arxivlarini zamonaviy uskunalar bilan taʼminlash, 2019-yil 25-martda Abu-Dabi shahri Download 242.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling