Jаhоn хo`jаligidа iqtisоdiy o`sish vа ijtimоiy rivоjlаnish
Buyuk Britаniya vа SHimоliy Irlаndiya birlаshgаn qirоlligi iqtisоdiyoti
Download 242.38 Kb.
|
Jaxon iqtisodiyoti fanidan mustaqil ishi
Buyuk Britаniya vа SHimоliy Irlаndiya birlаshgаn qirоlligi iqtisоdiyoti.
Buyuk Britаniya vа SHimоliy Irlаndiya birlаshgаnqirоlligi iqtisоdiyoti Buyuk Britaniyaning rasmiy nomi: Buyuk Britaniya orollarida joylashgan Qo‘shma qirolligi. Britaniya, Shimoliy Irlandiya yoki Olester provinsiyasi uning tarkibiy qismlardir. Shimoliy Irlandiya 1921 yilda Buyuk Britaniyaga zo‘rovonlik bilan qo‘shib olingan. Angliya-Irlandiya shartnomasiga asosan hozirgacha u Angliyaning mustamlakasi bo‘lib kelmoqda. Mamlakat territoriyasi 244 ming kv. km. Ikkinchi jahon urushi arafasida Britaniya imperiyasi hududi 34,6 mln. kv.km. Shu jumladan mustamlakaniki-18,8 mln. kv.km. ni tashkil etgan holda, aholisi -70 mln. kishidan ortiq. Ikkinchi jahon urushidan keyin Britaniyaning mustamlakachilik siyosati tez yemirila boshladi. Hozirgi vaqtda Buyuk Britaniya nazorati ostida 25 ga yaqin qaram mustamlakalar bo‘lib, ular 1 mln. kv. km. hududni egallagan orollardan iborat. Ularning aholisi 10,3 mln. kishini tashkil etadi. MamlakatYevropadadunyookeanigaolibboradigan, Amerika, Afrikavadunyoningboshqaqismlarigaboradigandengizyo‘lidagiBritaniyaorllaridajoylashgan. Qulay geografik joylashuv mamlakat hukmron doiralariga jahon bozorini egallash, iqtisodiy-siyosiy bosqinchiliklarni amalga oshirishga yordam berdi. Buyuk Britaniya aholisi – 58 mln. kishi bo‘lib, ulardan 85% inglizlar, 15% shotlandlar, irlandlar, uelsliklardir. Mamlakat umumiy aholisi soni bir qator yillar davomida sezilarli o‘zgarishsiz saqlanib turibdi. Tug‘ilish va o‘lim deyarli bir xil (1000 kishiga 11-12 kishi). Aholining bu tabiiy harakati mamlakatda mehnat resurslarining qisqarishiga tahdid tug‘dirmoqda. Yirik burjuaziya, moliya kapitali magnatlari (korchalonlari) katta yoshdagi umumiy aholining taxminan 1% ini tashkil qiladi. Lekin ular Buyuk Britaniya milliy boyligining 60% ga egalik qilishadi. Yollanib ishlovchi shaxslar mamlakat mustaqil aholisining 90% dan ortig‘ini tashkil qiladi. BuyukBritaniyahududidaqimmatlitabiiyfoydaliqazilmaboyliklarunchalikko‘pemas. Endilikda temir qazib olish aytarli nolgacha pasaydi. Boshqa iqtisodiy muhim ruda qazilmalariga ko‘rg‘oshin kiradi, u iqtisodiyot talabining yarimigina qondiradi. Rux, mis, ohaktosh, gilmoya, qum, gips, resurslari yetarlicha. Boshqa tomondan, Buyuk Britaniya katta energiya zahiralariga ega: neft, tabiiy gaz va ko‘mir, YEI mamlakatlaridagidan ko‘p. Ilgari muhim hayot manbai bo‘lgan energiya-ko‘mir o‘z ahamiyatini yo‘qotayapti. Ko‘mir qazib olish salkam uch marta kamaydi. Elektrstansiyalar hamon avvalgidek ko‘p ko‘mir yoqayapti. Ammo boshqa alternativ yonilg‘ilarga nisbatan qiymati pasayib ketayapti. Shimoliy dengizda neft konlarining ochilishi neftni qayta ishlash sanoatini tez sur’atlar bilan rivojlanishiga zamin yaratdi. 1975 yildan har yili qazib olinayotgan neft miqdori to‘xtovsiz o‘sib borayapti. Bu Buyuk Britaniyani nafaqat yirik neft iste’molchisiga, balki uni eksport qiluvchiga aylantirdi. Buyuk Britaniya bir kunda o‘rtacha darajada 2,6 mln. barreley neft qazib oladi. Jahon neft qazib oluvchilari orasida oltinchi o‘rinni egallaydi. Buyuk Britaniyada neft zahiralari raqami 770 mln. tonnaga yetadi. Tabiiy gaz zahiralari 22,7 trln. kub fut atrofida baholanmokda. Mamlakat asosiy tabiiy boyligi-toshko‘mir, temir rudasi, neft, gaz, magniy, qalayi, kaolin, oshtuzi va boshqalar. Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qo‘shma qirolligi konstitutsion monarxiya davlatlaridir. Qonunchilik hokimiyati monarx (kirolicha) va parlamentga tegishli. Parlament qo‘yi palata va lordlar palatasidan iborat. Davlat rasmiy boshlig‘i-qirolicha (1952 yildan – Yelizoveta II). Hokimiyat amalda xukmron partiyalar shakllantirgan vazirlar mahkamasi qo‘lida jamlangan. Buyuk Britaniya – Millatlar hamdo‘stligi markazi – siyosiy – iqtisodiy birlashma. Unga Buyuk Britaniyadan tashqari, Kanada, Astraliya, Yangi Zelandiya, Hindiston, Pokiston, Shri Lanka va boshqa mamlakatlar kiradi. Hozirgi kunda Buyuk Britaniyaga qaram hududlar Avstraliya va Yangi Zellandiyadir. Buyuk Britaniya NATO harbiy-siyosiy blokida faol eshtirok etadi. 1973 yildan Yevropa ittifoqi a’zosi. Buyuk Britaniya qishloq xo‘jaligi bilan yuksak taraqqiy etgan industrial mamlakat. U jahon xo‘jaligida muhim o‘rin egallaydi. Mamlakat sanoati IYAM ning 50 % ga yaqinini, eksportning 90 % ini beradi. Jahon umumiy sanoat ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha (7%) dunyoda AQSH, Yaponiya, Germaniya va Fransiyadan keyin 5-o‘rinni egallaydi. Jahon umumiy eksporti hajmi bo‘yicha u dunyoda 4-o‘rinda (6%), xorijiy investitsiyalar hajmi bo‘yicha 2-o‘rinda turadi. Harakatdagi yirik savdo flotiga ega. Buyuk Britaniya iqtisodiyotning asosini xususiy sektor tashkil etadi. IYAM ishlab chiqarishning 80%, bandlikning 75 % uning ulushiga to‘g‘ri keladi. Buyuk Britaniyada ishsizlik darajasi YEIda 10,8 % bo‘lgan holda, 6,2 % ni tashkil etadi. Bandlikning 73 % xizmat sohasiga to‘g‘ri keladi. Unda moliyaviy xizmatlar ustun turadi. 20 % - sanoatda va taxminan 7% qurilishda band. Iqtisodiyotning asosiy sohalari. Buyuk Britaniyaning yetakchi milliy sektori xizmat sohasi (IYAMda 61,4 %) hisoblanadi. Keyingi vaqtda uning roli sezilarli o‘sdi. Britaniya xo‘jaligida ahamiyati jihatidan bundan keyin sanoat (IYAMda 22,3 %), so‘ngra trasport (9,7 %) va qurilish (5,2 %) sohasi turadi. IYAMning 1,4 % qishloq xo‘jaligiga to‘g‘ri keladi. Sanoati. Buyuk Britaniya sanoati Shimoliy Angliya va Angliyaning markaziy grafligida joylangan. Buyuk Britaniya – bu rux, qo‘rg‘oshin, ohak yetkazib beradigan yirik eksport davlati. Bundan tashqari kumush, mis, temir rudasi va boshqa xom ashyolar katta zahirasiga ega. Yiliga 2000 tonna qo‘rg‘oshin va qalayi ishlab chiqaradi. Neft-gaz sohasi. Neft-gaz yirik zahiralari 1960 yilda Shimoliy dengiz kontinental shelfida aniqlangan. Shu boylik tufayli Buyuk Britaniya uglevodorodlarni eksport qiluvchi muhim mamlakatga aylandi. Neft zahiralari 5 mlrd. barreleyga yetadi. 25 ga yaqin dengiz neft, gaz quduqlari foydalanilayapti, ularning asosiy qismi Shimoliy dengizda joylashgan. Neft sohasi asosan xususiy mulk hisoblanadi. Download 242.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling