Jаhоn хo`jаligidа iqtisоdiy o`sish vа ijtimоiy rivоjlаnish


Download 242.38 Kb.
bet17/22
Sana22.02.2023
Hajmi242.38 Kb.
#1219773
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
Jaxon iqtisodiyoti fanidan mustaqil ishi

Yаpоniya iqtisоdiyoti.
Yaponiya juda ko‘p va mayda orollarda joylashgan mamlakat bo‘lib, u shimoldan sharqqa hamda janubi-g‘arbga qarab, salkam 3,5 ming kilometrga cho‘zilib ketgan. Uning umumiy yer maydoni 378 ming kv. kilometrni tashkil etadi. Yaponiyada orollarning umumiy soni 3900 taga yetadi. Ulardan eng kattalari Xonsyu, Xokkaydo, Kyusyu va Sikoku orollari hisoblanadi. Mamlakat 47 hudud (prefektur)ga bo‘lingan. Har birining shahar va qishloqni boshqaruvchi o‘z hukumatlari bor. Aholi soni bo‘yicha Yaponiya (127 mln. kishi) Xitoy, Hindiston, AQSH, Indoneziya, Braziliya, Rossiya va Pokistondan keyin 8- o‘rinda turadi. Mamlakat aholisining 99% dan ko‘prog‘ini yaponlar tashkil qiladi. Aholining 3/4 qismi shaharlarda yashaydi. Aholi zichligi bir kv. kilometrga 332 kishi to‘g‘ri keladi. Poytaxti Tokio, unda 12 mln. dan ortiq aholi yashaydi. Yaponiya aholisi tarkibida erkaklar va xotin-kizlar nisbati deyarli barobar: ayollar 50,9% erkaklar 49,1 %. Yaponiya insoniyat jamiyati keksarishda davom etayapti. 65 yoshdan oshgan odamlar soni butun aholining 16,5 % ini tashkil qiladi, 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar esa 15%. Mamlakatning rasmiy tili Yapon tilidir. Hukmron din esa Buddizm va Sintoizm. Pul birligi-iyena. Yaponiya-konstitutsion monarxiya davlati. Mamlakat konstitutsiyasiga muvofik imperator «xalq birligi va davlat ramzi» hisoblanadi. 1990 yil yanvarida Akixito Yaponiya imperatori bo‘ldi. Davlat hokimiyati oliy organi va yagona qonunchilik organi - parlament, u ikki palatadan-palata vakillari (512 deputat) va palata maslahatchilari (252) dan iborat. Yaponiya yuksak darajada rivojlangan mamlakatdir. U dunyo aholisining 2,4% va quruqlik yer maydonining 0,3% iga egaligiga qaramay, iqtisodiy potensiali jihatidan AQSH dan keyin ikkinchi o‘rinni egallaydi. Uning ichki milliy mahsuloti 3,4 trln. dollarga yetadi. Bu jahon ishlab chiqarishining 14,3 % ni tashkil qiladi. Mamlakat ichki yalpi mahsuloti hajmi aholi jon boshiga 30 ming dollardan oshadi. Yaponiya kema, avtomobil, traktor, stanoklar, kompyuterlar, sanoat robotlari ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda elektr energiyasi, kimyoviy tola, alyumin va mis eritish, neftni qayta ishlash bo‘yicha esa ikkinchi o‘rinda turadi.
Yaponiya iqtisodiyoti tashqi savdoga juda bog‘liq. Mamlakat o‘ziga zarur paxta, jun, boksitning 100%, miss rudasi, neft, temir rudasining 99 % ini, toshko‘mirning 82 % ini import orkali oladi. Yaponiya xalqaro savdoda AQSH va Germaniyadan keyin uchinchi o‘rinni egallaydi. Jahon eksportida qariyib 8,9 %, importda esa 6,3 % ulush uning hissasiga to‘g‘ri keladi. Dengiz mahsulotlarini olish bo‘yicha Yaponiya dunyoda birinchi o‘rinda turadi (12 mln. tonnaga yaqin). Yaponiya oltin valyuta zahiralari hajmi bo‘yicha ham jahonda birinchi o‘rinda turadi. Jahon bank aktivlarining 40% uning ulushiga to‘g‘ri keladi. Olti yapon banki jahonning o‘n yirik banklari qatoriga kiradi. Yaponiya Uning to‘g‘ridanto‘g‘ri xorijiy investitsiyalari 310 mlrd. dollardan ortiq bo‘lib, bu jahon investitsiyasining qariyib 12,7 % ini tashkil qiladi. Yaponiya dunyodagi eng yirik kredit beruvchi mamlakat bo‘lib qolmoqda. Taraqqiyotga rasmiy ko‘mak doirasida endi rivojlanayotgan mamlakatlarga imtiyozli iqtisodiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha u dunyoda birinchi o‘ringa chiqdi. Uning rivojlanayotgan mamlakatlarga yordam ko‘rsatishga ajratilgan ularning mablag‘i hajmi yiliga taxminan 11 mlrd. dollardan ortadi. Ilm – fan va tajriba – konstruktorlik (NIOKR)ga harajatlari bo‘yicha Yaponiya AQSH dan keyin ikkinchi o‘rinni egallaydi. Hozirgi kunda NIOKRga harajatlar mamlakat ichki yalpi mahsulotda 3% dan ko‘proqni tashkil etadi. Jahonda ro‘yxatga olingan jami patentlarning 40% yapon patent boshqarmasi ulushiga to‘g‘ri keladi.
Yaponiyada Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) jahonning juda ko‘p mamlakatlariga boshqaruvchi kadrlar menejerlar tayyorlab beradigan Universiteti joylashgan. 2.§. Yaponiya iqtisodiyotining rivojlanish xususiyatlari Keyingi o‘n yilda Yaponiya iqtisodiyotining o‘sishi sifatini ta’minlovchi asosiy yo‘nalishlar qo‘yidagilardan iborat: · fantalab sanoat ulushining bosqichma-bosqich o‘sishi iqtisodiy modeli intensivligi va katta tarkibiy siljishi;
· resurslar va energiyani tejash texnologiyasi evaziga ishlab chiqarish bazasining yangilanishi;
· barcha ishlab chiqarish jarayonlarida elektronika taraqqiyoti va uning joriy etilishi.
Kommunikatsiya tizimida inqilobiy o‘zgarishlar va jamiyat axborot modeliga o‘tilishi. Yaponiya iqtisodiyotining yuqori darajada o‘sish sur’atlari quyidagi omilar ta’sirida ifodalanadi. Ijtimoiy struktura (tuzilish). Yaponiyada mayda tadbirkorlikning katta qatlami xos bo‘lib, unda oila tipidagi xususiy korxonalar, chakana savdo, umumiy ovqatlanish, qayta ishlash sanoatlarini ham qamrab olgan. Masalan, qayta ishlash sanoatida yollanma ishchilarning 3/4 300 gacha ishchi o‘rni bo‘lgan korxonalarda banddir. Yaponiya qishloq xo‘jaligi deyarli yollanma mehnatsiz faoliyat yuritadi. Mamlakatda 2 mln. 600 mingdan ortiq dehqon xo‘jaligi mavjud. Ularning ko‘pchiligi mayda xo‘jaliklardir. Yer uchastkalarining o‘rtacha hajmi 1,9 gektar. Ammo ularning 17% ga yaqini mutlaqo qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanadi. Qolganlari shaharlar yaqinligi, transport tarmoqlari rivojlanganidan foydalanib boshqa sohalardan katta daromad olishadi. Yaponiyaga yuqori darajada bandlik ham xos. Mamlakatda ish stajiga qarab haq to‘lash «umrbod yollash tizimi»-bu, norasmiy yapon institutidir. U faqat yirik korxonalarga yoyilgan va eng yuqori malakali xodimlar menedjerlarni qamrab olgan (yollanib ishlatyotganlarning jamisi 10 % dan ko‘proq). Shu sababli Yaponiyada yuqori boshqaruv bo‘g‘inlarida deyarli mehnat bozori yo‘q. Menedjer mavqei-bu bir firma yoki uning sho‘’basida bir umrlik mavqeidir.

Download 242.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling