Jаhоn хo`jаligidа iqtisоdiy o`sish vа ijtimоiy rivоjlаnish
Download 242.38 Kb.
|
Jaxon iqtisodiyoti fanidan mustaqil ishi
Tashqi savdoMalayziya eksporti mamlakatlar bo'yicha (2014) dan Garvard iqtisodiy murakkabligi atlasi. 2013 yilda Malayziya jami tashqi savdo Jami 424 milliard AQSh dollarini tashkil etdi, bu 230,7 milliard AQSh dollari miqdoridagi eksport va 192,9 milliard AQSh dollari miqdoridagi importdan iborat bo'lib, Malayziyani dunyoga aylantirdi. 21-yirik eksportchi va dunyo 25-yirik importyor. Хitоy Хаlq Rеspublikаsi iqtisоdiyoti vа jаhоn mаmlаkаtlаri bilаn оlib bоrаyotgаn iqtisоdiy munоsаbаtlаri Xitoy xalq respublikasi (XXR) – hududi jihatidan dunyo mamlakatlari orasida uchinchi o‘rinda turadi. Uning umumiy maydoni – 9,6 mln. kv. km. Aholisi 1 mlrd. 350 mln. kishidan ziyod. Mamlakatda 50 dan ortiq millat vakillari yashaydi. Xitoy millatiga mansub aholi esa 94 %ni tashkil etadi. Xitoyning uch ming yillik tarixi guvohlik berishicha, uzoq yillar o‘ta qoloq «hayot qurib podsholik»ka buysingan xitoyliklarning kattagina qismi milodiy yillarga kelib sivilizatsiyalashayotgan yangi hudud aholisiga yaqinlasha borgan. Natijada hech qaysi davlat tarixida uchramaydigan holatda, ya’ni qisqa davrda varvarlar (madaniyatdan chetda qolgan chet elliklar) kabilari turmush tarzini yaxshilovchi an’analar va madaniyatli hayot uchun «tez asirga tushgan» lar sirasiga kirgan. Hududlararo madaniyatli turmush kechirishga bo‘lgan o‘zaro ko‘maklar tufayli Xitoyning umumiy hududi kengayib borgan. Hozirgi Xitoy 26 ta provinsiya holda uchta markaziylashgan shaharlardan (Pekin, Shanxay, Tyanzin) tarkib topgan. Xitoy iqtisodiyoti umumiy mulkchilik tamoyillari asosida rivojlanmoqda. Bu yerda hali ham besh yillik davlat rejalari mavjud bo‘lib, taraqqiyot shu reja asosida yuksalmoqda. Shu sababdan ham Xitoy dunyoda eng yirik sanoat korxonalariga ega davlat, deya ta’riflanadi. Umumiy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha Xitoy dunyoda 4-o‘rinni, korxonalar soni ko‘pligi jihatidan esa 8-o‘rinni egallaydi. Xitoy iqtisodiyotida energetika kompleksi (ko‘mir sanoati) yetakchi rol o‘ynaydi. Mamlakatning neft o‘chog‘i sanalgan – Datsan hududida Xitoyning teng yarim nefti qazib olinadi. Elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi GES va GRESlar esa asosan Yanszi va Xuanxe daryolarida qurilgan. 1980 yillardan boshlab ximiya sanoati, mineral o‘g‘itlar (azot) mahsuloti, kimyoviy va farmatsevtikaga oid tovarlar ishlab chiqish rivojlana boshlandi. Xitoy yengil sanoatida to‘qimachilik (ipakchilik va paxtani qayta ishlash) sohasi asosiy tarmoq bo‘lib hisoblanadi. Shuningdek, Xitoy iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi ham yetakchi rol o‘ynaydi. Asosiy dehqonchilik qilinadigan yerlar mamlakatning sharqiy hududlari hisoblanib, u yerlarda ko‘p miqdorda sholi, g‘alla, makka va choy yetishtiriladi. Xitoy mamlakati hududi uch xil iqtisodiy mintaqaga bo‘linadi. 1. Sharqiy (dengizbo‘yi) mintaqa. Bu mintaqada iqtisodiy munosabatlar ancha taraqqiy etgan. Bu yerda yirik sanoat markazi, erkin iqtisodiy hududlar (EIH), dengiz portlari, trans-milliy korporatsiya (TMK)larning xalqaro ofislari joylashgan. 2. Markaziy mintaqada issiqlik va energiya ishlab chiqarish, kimyoviy mahsulotlar, xomashyo va yarim fabrikat tovarlar hamda savdo-sotiq rivojlangan. 3. G‘arbiy mintaqa. Bu yerda esa chorvachilik tarmoqlari rivojlangan. Shuningdek, g‘arbiy mintaqada xilma-xil mineral xom ashyolar qayta ishlanadi. XXR – barcha qadimiy ishlab chiqarish texnologik usullarini saqlab qolgan davlat sanaladi. Masalan, qishloq xo‘jaligida asosan qo‘l kuchi bilan mahsulot tayyorlanadi. Ayniqsa, qishloq joylarda bu juda ommalashgan. Faqat shaharlardagina mahsulotlarni tayyorlash mashinalashtirilgan, xolos. Hozirgi paytda Xitoy iqtisodiyoti yiliga 7-10 % gacha o‘smoqda. Bu yutuqning asosiy omillari bo‘lib ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirish va tizimli siljish holatlarida ko‘rinadi. Ayniksa hozirgi davrda Xitoyda yengil sanoatda qayta ishlash va sifatli xizmatlar ko‘rsatish sohalari benihoya ravnaq topmoqda. 2004 yilda umumiy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmida yangi tarmoqlar hissasi qariyib 30 foizgacha oshdi. (1990 yillar boshida u -10 % edi). Xitoy dunyodagi eng erkin iqtisodiy hududlar yaratgan mamlakatlardan biri sanaladi. Ayni paytda bu yerda 2100 dan ziyod xorij firmalari samarali faoliyat yuritmoqda. XXIasrningdunyosanoatmahsulotlariYAIMtayyorlashdagiulushiyildanyilgaortibbormoqda. Ammo, aholi jon boshiga mahsulot ishlab chiqarilishini hisoblaganda Xitoy rivojlangan mamlakatlar ko‘rsatkichidan birmuncha past ekanligi ma’lum bo‘ladi. Har holda Xitoy o‘zida mavjud imkoniyatlardan uzoq kelajakni o‘ylagan holda foydalanilmoqda. Uning yalpi milliy mahsulot (YAMM) hajmida Yaponiyadan keyingi o‘rinda turishi ham bundan dalolat beradi. Xitoyda iqtisodiy islohatlarning kechishi 1967 yildan boshlab Xitoy madaniyatidagi o‘zgarishlar uning iqtisodiyotiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Aslida 1958 yilda Mao Szedun tomonidan taklif etilgan «Katta sakrash» yo‘nalishi Xitoyni 5-10 yil ichida dunyoning iqtisodiy rivojlangan mamlakatlari qatoriga olib chiqishi kerak edi. Mamlakat xalq xo‘jaligi oldiga amalda bajarib bo‘lmaydigan – cho‘yan va po‘lat eritish, ko‘mir-u, neft qazib chiqarishdek og‘ir vazifalar yuklatildi. O‘sha davr iqtisodiy siyosatiga ko‘ra, yer, suv, hatto hovli, uy-joylar ham jamoat mulki bo‘lib sanalardi. Xullas, sotsializm qurishning xitoycha usuli xalq xo‘jaligini batamom izdan chiqardi. Sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi pasayib ketdi, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida jiddiy muammolar ko‘paydi. Mao Szedunning o‘limi (1976) dan so‘ngina Xitoy iqtisodiy taraqqiyotida ijobiy siljishlar ro‘y beraboshladi. 1978 yilda Xitoy kommunistik partiyasi esa «katta sakrash» ga milliy falokat deb baho berdi. Shu yildan boshlab mamlakatda iqtisodiy islohatlar amalga oshirila boshlandi. Islohatlardan ko‘zlangan asosiy maqsad har bir kishi boshiga olinadigan daromadni o‘rtacha rivojlangan mamlakatlar darajasiga yetkazilishidan iborat edi. Download 242.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling