Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti


-Bob. Iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning roli Argentina misolida


Download 123.08 Kb.
bet8/11
Sana07.05.2023
Hajmi123.08 Kb.
#1437988
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Zbekiston respublikasi tashqi ishlar vazirligi jahon iqtisodiyot

Davlatning iqtisodiyotga ta’sir qilish usuli (3-rasm)


2-Bob. Iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning roli Argentina misolida


2005-yilda Argentina jahonda mol go`shtini eksport qilish bo`yicha uchinchi o`rinda turardi. Mollar soni muntazam oshib bordi va chorvachilikka investitsiyalar jadal sur’atlarda o`sardi. AQSh Qishloq xo`jaligi vazirligi bunday o`sish va go`sht ishlab chiqaruvchilar samaradorligida bir necha yildan keyin Argentina mol go`shti ishlab chiqarish eksportida mutlaq yetakchi bo`lishi prognozini berdi. Ushbu tarmoqqa investitsiyalar kiritilgani sayin, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari: yem ishlab chiqarish, dengiz va quruqlikdagi transport, mol so`yishning innovatsion usullari, sovutkichlar sanoati, go`sht mahsulotlarini qadoqlash, dimlangan go`sht hamda kolbasa ishlab chiqarish va hatto konservalar uchun temir bankalar ishlab chiqarish ham tez rivojlana boshladi.
Biroq 2006-yil 8-mart kuni Argentina prezidenti Nestor Kirshner narxlarning tinimsiz oshib borishini to`xtatish maqsadida, mol go`shti eksportini 180 kunga taqiqlash to`g`risida qat’iy qaror qabul qildi. Taqiq “mol go`shtini eksportdan mahalliy bozorga yo`naltirish orqali, oddiy argentinaliklar uchun go`shtni hamyonbop qilish” i lozim edi, deb yozadi “The Economist” jurnali. Bu taqiqga bir lahzada kelingani yo`q. Avval hukumat “Go`sht — hamma uchun” dasturi doirasida mol go`shti narxlari ko`tarilishning oqibatini yumshatishga urindi va Buenos-Ayresdagi iste’molchilar uchun o`ndan ziyod turdagi mol go`shti turlarini arzonga sotishni yo`lga qo`ydi. Dasturga ko`ra, 2,5 tonna eksport qilingan go`shtga bir tonna go`sht ichki bozorda, eksport narxining 50 foiziga sotilishi lozim edi. Shu tariqa, fermerlar ichki bozorga imtiyoz berishga majbur edilar. Lekin, kutilganidek, dastur samara bermadi. Shu bilan birga, hukumat mol go`shtiga eksport bojini 5 foizdan 15 foizga ko`tardi. Bu Argentina mol go`shti raqobatbardoshligini Merkosur (Braziliya, Urugvay va Paragvay) dagi savdo sheriklarinikiga qaraganda susaytirdi — u mamlakatlarda mol go`shtiga eksport boji solinmaydi. Narxlar prezident kutganchalik miqyosda pasaymadi va 2005-yil oxiridan boshlab hukumat va go`sht ishlab chiqaruvchilar, shuningdek, sotuvchilar o`rtasida uzoq muzokaralar boshlandi. Hukumat siyosiy bosimdan foydalanib eksport hajmini 2005-yil ko`rsatkichlariga nisbatan 20 foizga tushirish bo`yicha kelishuvga erishdi, lekin amalda bu ro`y bermadi. Taqiq kiritildi. Lekin, dahshatli oqibatlar yuzaga kela boshlagani sababli, hukumat taqiqni yumshata bordi va 26-mayda eksportga taqiq olib tashlanib, uning o`rniga kvotalar kiritildi. Taqiq va keyingi kvotalar natijasida 2005—2013-yillar orasida mol go`shti eksporti 76 foizga qisqardi. Tabiiyki, bu tarmoqqa investitsiyalar to`xtadi va qaytib tiklanmadi, 2006-yildan 2010-yilga qadar chorva boshi qariyb 28 foizga qisqardi. Eksport taqiqlanganidan 11 yil o`tib ham chorva soni 2006-yil ko`rsatkichiga chiqa olmagan. Yirik shoxli qoramol sonining qisqarishi mol go`shti narxining keskin ko`tarilishiga olib keldi. Bozor o`sib borayotgan talabni qondira oladigan ahvolda emasdi va vaziyatga narxlarning yanada ko`tarilishi bilan javob berdi. Shunday vaqt ham bo`ldiki, Argentina mol go`shtini chetdan sotib ola boshladi. Investitsiyalarning to`xtashi, korxonalarning yopilishi, ish o`rinlari qisqarishi, yondosh sanoatlarning yo`q bo`lib ketishi — prezident va hukumat tomonidan qabul qilingan, bir qarashda “xalqparvar” ko`ringan chora-tadbirlari tufayli yuzaga kelgan.
Sociedad Rural Argentina Iqtisodiy tadqiqotlar instituti rahbari Luis Migel Etchevere so`zlariga ko`ra, keyingi o`n yillik “yo`qotilgan o`n yillik” bo`ldi, uning davomida sun’iy arzon mol go`shti “tarmoq raqobatbardoshligini barbod qildi” va 12 million bosh qoramolni yo`qotishga olib keldi. Bugunga kelib ham, Argentinada mol go`shti arzonlashmadi, bir paytlar eng yirik eksportchilardan sanalgan mamlakat esa, bu ro`yxatda 12-o`ringa tushib qoldi.
Bu intervensiyaning iqtisodiy oqibatlari halokatli bo`ldi: mol go`shti eksportining o`zida yo`qotishlar o`nlab milliard dollarga teng. Iste’molchi ortiqligi, ishsizlik va korxonalar yopilishidan ko`rilgan zararlarni hisoblab chiqish murakkab masala, umumiy iqtisodiyotga yetkazilgan zarar nihoyatda katta, uni tiklash uchun ancha vaqt talab qilinadi. Hukumatning bu harakatlari, ya’ni shartnomalarning bajarilmasligi, investorlarning tikkan puliga kuyib qolishlari sababli mamlakat obro`siga yetgan putur “haqi”ni argentinaliklarning yana bir qancha avlodi to`lashga majbur.
Qandaydir cheklovlar, davlatning aralashuvi yoki narxlarning nazorat qilinishi mamlakat farovonligi uchun uzoq yillar ayanchli oqibatlarga sabab bo`lishi mumkin.


Download 123.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling